Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Klinikasi.
Ko’pincha divertikullar unchalik jiddiy buzilishlar keltirib 
chiqarmaydi va rentgenologik tekshiruv vaqtidagina aniqlanadi. 15-20% 
bemorlarda noxush sezgi suyuqlik ichilgandan yoki qoringa bosilgandan keyin 
yo’qoladi. Ba’zan to’sh sohasida og’riq sezgisi, qayt qilish, aerofagiya, yo’tal, 
ishtaha yo’qolishi va ko’ngil aynishi kuzatiladi, qizilo’ngachdan qusish yuz 
berishi ham mumkin. Katta hajmdagi divertikul qizilo’ngachni bosib qo’yishi 
mumkin, shunga ko’ra ko’krakda og’riq (ayniqsa ovqatdan keyin) paydo 
bo’ladi, bu yurak urishi, nafas qisishi bilan o’tadi. Bu simptomlar divertikul 
bo’shalgandan keyin yo’qoladi. 
Divertikullar rentgenologik jihatidan oson aniqlanadi. Bevosita diafragma 
ustida qizilo’ngach devorining turli o’lchamdagi bo’rtib chiqqan yumaloq yoki 
tuxumsimon konturlari aniqlanadi. Kasallik juda sekin kechadi. Ko’p hollarda 
divertikul o’lchami asta-sekin kattalashadi. 
Epifrenal divertikullarni diafragmaning qizilo’ngach teshigi churralaridan 
farq qilish lozim. Kamdan-kam hollarda unchalik katta bo’lmagan 
divertikullarni qizilo’ngach yarasidan farq qilishda qiyinchilik vujudga keladi. 
Divertikul bilan megaezofagus (kardiya axalaziyasi) belgilarining birmuncha 
o’xshashliklari bor. Xalqum-qizilo’ngach divertikullariga davo qilish – 
konservativ. Davolash parhezga qat’iy rioya qilish, divertikulni drenajlash, 
yuvishdan iborat va operatsiya qilib davolashga monelik bo’lgandagina 
qo’llaniladi. Operatsiya qilmasdan davolashda o’lim, divertikuldagi turli xil 
asoratlarga bog’liq va 33%ni tashkil etadi. Operatsiya qilib davolash divertikulni 
kesish yoki invaginatsiya qilishdan iborat. Divertikuldagi yallig’lanish 
hodisalarini to’xtatishga qaratilgan konservativ davolash eng zarur tadbir 
hisoblanadi (qattiq parhez, 7-10 kungacha yallig’lanishga qarshi vositalar va 
antibiotiklar ishlatish). 
To’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon mushakning oldingi cheti bo’ylab kesiladi, 
qalqonsimon bez chap bo’lagini yuqoriga va o’ngga suriladi. Oldin quyi 


273 
qalqonsimon arteriyani bog’lab m. omohyoideus ni yuqoriga suriladi. Shundan 
keyin jarohatda qizilo’ngach va divertikul ko’rinib turadi. Divertikulni hamma 
tomondan bo’ynigacha ajratiladi, choklar bilan tikiladi va kesib olib tashlanadi 
T.A. Suvorova UKL-40 apparati yordamida mexanik chokdan foydalanishni 
tavsiya etadi. Divertikul olib tashlangandan keyin mushaklar va fastsiyalarga 
choklar solinadi. Jarohatni pishiq qilib tikiladi. Ovqat eyish va suyuqlik ichishga 
3-4 sutkalarning oxiriga kelib ruxsat beriladi. 
Divertikul invaginatsiyasi (Girard) – divertikulni qizilo’ngach bo’shlig’iga 
joylashdan iborat. Bunday operatsiyani unchalik katta bo’lmagan 
divertikullardagina qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda qizilo’ngach divertikullarini 
operatsiya yo’li bilan davolashdagi xavf-xatar birmuncha yuqori. Shuning uchun 
divertikullarni taxminan 10-15% bemorlarda operatsiya qilinadi, xolos. Yaxshi 
bo’shalmaydigan, ko’pincha yallig’lanib turadigan va ro’yi rost klinik belgilari 
bo’lgan o’lchami katta divertikul xirurgik davolash uchun ko’rsatma 
hisoblanadi. 
Parabronxial divertikullarni o’ng tomonlama torakotomiya bilan VI 
qovurg’alar orasida, epifrenal divertikullarni chap tomonlama torakotomiya 
bilan VII-VIII qovurg’alar orasida operatsiya qilgan ma’qulroq. Plevra 
bo’shlig’i ochilgandan keyin mediastinal plevra qirqiladi, qizilo’ngach topiladi. 
Qizilo’ngachga burun orqali zond kiritiladi va uni havo bilan kengaytiriladi. Bu 
divertikulni topish va ajratishni birmuncha osonlashtiradi. Divertikulni 
oyoqchasigacha ajratiladi. Diametri 2 sm gacha bo’lgan divertikullar jimjimador 
choklar bilan tikilishi mumkin. O’lchami 2 sm dan katta divertikullar esa olib 
tashlanadi. Divertikul bo’ynini uzluksiz yoki boshqacha chok bilan tikiladi, katta 
divertikullarda mexanik chok qo’llaniladi. Choklarning ikkinchi qatorini 
qizilo’ngachning mushak pardasiga qo’yiladi. Choklarning chizig’ini parietal 
plevra (Depk), o’pka to’qimasi (Nissen), diafragma laxtagi (B.V. Petrovskiy, 
T.A. Suvorova), kapron devor (A.A. Vishnevskiy) va shu kabilar bilan 
mahkamlanadi. Bu tadbirlar choklarning sitilib ketmasligi uchun qilinadi. 


274 
Operatsiyadan keyingi asoratlar qatoriga yana zotiljam va qizilo’ngach 
torayishini kiritish mumkin. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish