Xirurgik kasalliklar


Chov churralarini davolash



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Chov churralarini davolash.
Chov churralarini operatsiya yo’li bilan 
davolashning 100 dan ortiq usuli mavjud. Og’riqsizlantirish ko’pincha mahalliy 
bo’ladi. 
Asoratlangan formalarida, shuningdek bolalarda operatsiya narkoz ostida 
o’tkaziladi. 
Operatsiyaning asosiy bosqichlari: 
1) Pupart boylamiga parallel holda qiyshiq chov kesmasi ochiladi, teri, teri 
osti kletchatkasi, ikkita yuza fastsiya, jumladan Tompson va qorin tashqi qiyshiq 
muskuli aponevrozi tilinadi; 
2) churra xaltachasini ajratish; 
3) churra xaltachasini ochish va ichidagi a’zoni kiritish (to’g’rilash); 
4) churra xaltachasining bo’ynini ikkala tomondan tikish, bog’lash va 
xaltachasini qirqish. Katta churralarda churra xaltachasi ajratilmay, bo’yni 
oldidan ko’ndalangiga kesiladi va kiset chok bilan ichidan tikiladi, bog’lanadi, 
xaltacha periferik qismini esa yorg’oqda qoldiriladi (V.I. Razumovskiy 
bo’yicha); 
5) churra darvozalari plastikasi. 
Churra darvozalari turli usullar bilan berkitiladi. 
Orttirilgan qiyshiq chov churralarida churra darvozalarini plastika qilish 
usullarini ikki guruhga bo’lish mumkin: 
I. Chov kanali oldingi devorini qorin tashqi qiyshiq, muskuli aponevrozini 
ochmasdan mustaxkamlash usullari. 
Cherni usuli – aponevroz oyokchalariga ikkita chok va chov kanali oldingi 
devoriga 3-4 chok qo’yiladi. 


294 
Ru usuli – Cherni usulidan farqli ravishda yuqoridan. aponevrozdan 
tashqari ichki qiyshiq, va ko’ndalang muskullarning pastki chekkasini, pastdan 
esa pupart boylamini chokka qamrab oladi. 
Oppel usuli – tashqi chov halqasi oyokchalarini tikish bilan Ru usulini 
to’ldiradi. Xalkadan ko’rsatkich barmoq uchi o’tishi kerak. 
Churra qirqishning qorindan tashqarida o’tkaziladigan bu usullarining qator 
kamchiliklari bor, ular ko’rmasdan o’tkaziladi va aksariyat bolalarda 
foydalaniladi. 
II. Aponevrozni ochib, chov kanali oldingi devorini mustahkamlaydigan 
usullar: 
Bobrov-Luk-Shampioner usuli – tashqi qiyshiq muskul aponevrozi 
kesmasining yuqori chekkasini ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullar va 
ko’ndalang fastsiya bilan birga tashqi qiyshiq muskul aponevrozi pastki 
chekkasiga urug’ tizimchasining oldingi tomonidan tikiladi 
Martynov usuli – tashqi qiyshiq muskul aponevrozidan dublikatura 
yaratiladi. Qiyshiq chov churralarinii engil formalarida va chov oralig’i baland 
bo’lmaganda qo’llaniladi. 
Jirar usuli – muskullar Pupart boylamini ichki yuzasiga tikilgandan keyin 
tashqi qiyshiq muskul aponevrozidan, urug’ tizimchasi oldingi tomonida yana 
ko’shaloqlanish yuzaga keladi. Bu plastikada ko’pincha Pupart boylami va qorin 
yon muskullarining pastki chekkasi tolasizlanib qoladi.
Spasokukotskiy usuli – Jirar usulidan farqli ravishda choklarning birinchi 
qatoriga aponevrozning yuqori laxtagini va ichki qiyshiq hamda ko’ndalang 
muskullar chekkalarini qamrab oladi va Pupart boylamiga tikadi. Choklarning 
ikkinchi qatori bilan aponevroz dublikaturasi vujudga keltiriladi. 
Kimbarovskiy usuli bir turdagi to’qimalarni (tashqi qiyshiq muskul bilan 
pupart boylami aponevrozi) qo’shilishiga asoslangan, bunda ular yaxshiroq, 
birikadi. Shu maqsad uchun original chok tavsiya qilingan. 


295 
Takrorlanadigan va katta churralarda, shuningdek to’g’ri chov churralarida 
churra darvozalarini plastika qilish uchun chov kanali orqa devorini 
mustaxkamlaydigan usullar qo’llaniladi. 
67-rasm. Chov kanalini Jirar-Spasokukotskiy usulida Kimbarovskiy 
choklari bilan plastika qilish. 
Bassini usuli – urug’ tizimchasi ajratiladi va uni chekkaga surib qo’yiladi. 
Ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullarni pupart boylamiga tikib qo’yiladi va shu 
tariqa chov kanalining orqa devorini vujudga keltiriladi. Urug’ tizimchasini 
joyiga qo’yiladi va uning ustida tashqi qiyshiq muskul aponevrozi chekkalarini 
tikiladi. Medial tomondan, to’g’ri muskul qini chekkasini chov boylamiga va 
qov suyagining suyak pardasi ustiga tikib qo’yiladi. 
Bu usulda chov oralig’i tugatiladi, urug’ tizimchasi uchun yangi joy hosil 
bo’ladi. 


296 
68-rasm. Chov kanalini Bassini usulida plastika qilish. 
Kukudjanov usuli (soddalashtirilgan turi). Bu usulning mohiyati chov 
kanali orqa devorini urug’ tizimchasi orqasida qorin ko’ndalang payini oldindan 
tikish va chov oraligini to’g’ri ichak qinini Kuper boylamiga, ko’ndalang 
fastsiya va qorin ko’ndalang muskuli aponevrozini chov boylamiga fiksatsiya 
qilish hisobiga tugatish yo’li bilan mustahkamlashdan iborat. Eng tashqi chok 
kiset xolida qo’yiladi, unga kichkina uchastkada urug’ tizimchasining qin 
pardasi qamrab olinadi. Bu chok chov kanali chuqur halqasi sathida joylashgan. 
Iplar medial tomondan bog’lanadi. Urug’ tizimchasi yana joyiga qo’yilgandan 
keyin tashqi qiyshiq muskul aponevrozi varaqlaridan duplikatura hosil kilinadi. 
Postempskiy usuli – urug’ tizimchasi ostida ikki qator chok bilan aponevroz 
duplikaturasi hosil qilinadi. Choklarning birinchi qatoriga, aponevrozdan 
tashqari qorinning ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullarining chekkalarini ham 
qamrab olinadi. 
Bu metodikaga binoan urug’ tizimchasi bevosita teri ostida bo’ladi. 
Xozirgi vaqtda chov kanalining ham orqa, ham oldingi devorini 
mustakkamlash uchun biologik (son, teri fastsiyalaridan, oziqlanadigan 
oyoqchadagi muskullardan autolaxtaklar) va sintetik (kapron, neylon, porolon, 
polietilen va b.) materiallar qo’llanilyapti. 


297 
Tug’ma chov churralaridagi operatsiyalar churra xaltachasiga ishlov berish 
va churra darvozalarini plastika qilish bilan farq qiladi. Churra xaltachasi urug’ 
tizimchasi elementlaridan ajratilmaganda xaltacha oldingi devori bo’ylab 
ochiladi va bo’yni oldida qirqiladi. Proksimal qismi ichidan kiset chok bilan 
tikiladi va qorin bo’shlig’iga kiritiladi. Xaltachaning distal qismi uzunasiga 
tilinadi va qisman kesiladi. Qolgan qismi seroz qoplami bilan tashqariga 
ag’dariladi va Vinkelman usulida tikiladi yoki boshidan-oxirigacha uzunasiga 
tilinadi (Bergman operatsiyasi). Bu moyak istisqosidan saqlab qoladi. Go’daklik 
yoshida churra darvozalarini plastika qilish uchun Cherni, Oppel usullari 
qo’llaniladi, katta yoshdagi bolalarda va kattalarda chov kanali oldingi devorini 
mustahkamlash usullaridan foydalaniladi. 
Sirpanuvchan chov churralarida churra xaltachasini ehtiyotlik bilan 
ochilgandan keyin qorin pardasi a’zoi o’tadigan joydan 1-1,5 sm tashlab, churra 
xaltachasi ichida chok solinadi. Kiset chokdan distal tomonda churra xaltachasi 
qirqib olinadi va sirpangan a’zo qorin bo’shligiga solinadi va chov kanali 
oldingi devorining plastikasi bajariladi. 
Hozirga paytda chov churralarida jarrohlik amaliyoti laparoskopik usulda 
bajarilishi keng qo’llanilmoqda. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish