Xirurgik kasalliklar


O’tkir ichak tutilishida xirurgik va konservativ davolash usullari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

O’tkir ichak tutilishida xirurgik va konservativ davolash usullari. 
O’tkir ichak tutilishi bo’lganda, shuningdek shu kasallikka tahmin qilingan 
hamma bemorlar shoshilinch jarroxlik bo’limiga yotqizilish kerak. 
Ularga og’riq, giperperistaltikaga qarshi kurash, intoksikatsiyani bartaraf 
qilish va gomeostaz buzilishlarini (tsirkulyatsiyadagi qon miqdorini to’ldirish, 
suv-elektrolit va oqsil almashinuvini tiklash) izga solishga qaratilgan 


429 
konservativ davolashni buyurish zarur. Infuzion davolash xajmi bemor 
ahvolining og’ir-engilligi va kasallikning qancha muddatdan buyon borligi bilan 
belgilanadi. 
Diagnoz noaniq bo’lganda promedol va narkotik analgetiklar qo’llanishdan 
saqlanib turish kerak. 
Konservativ davolash bemorni tekshirish bilan
 
parallel holda maksimal 
hajmda o’tkaziladi. Ichak tutilishi og’ir kechayotgan bemorlarda konservativ 
davolash operatsiyadan oldingi tayyorgarlik sifatida, ko’pi bilan
 
30-40 minut 
ichida o’tkaziladi. 
O’tkir ichak tutilishi diagnozi tasdiqlangan bemorlarda konservativ 
davolash ko’pi bilan 2 soat o’tkaziladi. 
Konservativ davolash kompleksi oshqozon ichak traktini yuqori 
bo’limlarini me’daga (yoki yaxshisi o’n ikki barmoqli ichakka) zond kiritish 
vositasida turib qolgan suyuqlikni passiv oqizish yoki past bosim ostida 
(masalan, suv oqimi nasosi yordamida) chiqarishni o’z ichiga oladi. Me’dani 1-
2% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan
 
yuvish maqsadga muvofik. 
Atropin sulfat (teri ostiga 1 ml 0,1% li eritmasi), zarurat bo’lganda 
tayinlanadi; sifon klizmalar yo’g’on ichakning bo’shalishiga, ba’zan esa tutilib 
qolishining yo’qolishiga olib keladi. 
Ayrim hollarda endoskopik tekshirish vaqtida bajariladigan davolash 
muolajalari tutilib qolishni yo’qotishga yordam beradi. Masalan, yo’g’on 
ichakning distal bo’limlarida invaginatsiyaning yoki sigmasimon ichakning 
buralib qolishining ilk bosqichlarida uni havo bilan
 
chiqarib, invaginatning 
yozilishiga, burilishni to’g’rilanishiga muvaffak bo’lish mumkin. 
Venaga 10% li natriy xloridni sutkasiga 1-2 marta 20 ml dan, 500-1000 ml 
dan 5-10% li glyukoza eritmasiga insulin qo’shib (4 g quruq glyukoza 
moddasiga 1 TB xisobida), elektrolit, ayniqsa kaliy almashinuvini normaga 
solish yo’li bilan motorikani tiklasa bo’ladi. Kaliy tanqisligi nerv impulslarining 
sinaptik tuzilmalarga o’tishiga yomon ta’sir qiladi; ichak atoniyasini 
gipokaliemiya natijasida rivojlanishi yaxshi ma’lum. Biroq kaliy darajasining 


430 
o’zigina emas, balki kaliy, natriy va kaltsiy ionlarining normal nisbati ham 
muxim. Shunga ko’ra tegishli analizlar o’tkazish zarur. Ichak devorida 
mikrotsirkulyatsiyani tiklash muvaffakiyatli davolashning shartlaridan biri 
sanaladi. U oqsil miqdorini normaga solish, qon reologik xossalarini yaxshilash, 
qonning tomir ichida ivib qolishining oldini olish va shu kabilarni o’z ichiga 
oladi. Jigar oldi kletchatkasiga va bevosita tomirlar o’zaniga (tomchilab) 100-
150 ml miqdorda 0,25% li novokain eritmasi yuborish ichak motorikasiga 
yaxshi ta’sir ko’rsatadi, nerv impulsining muskul tolasiga uzatilishini 
kuchaytiradi: 0,05% li prozerin eritmasini 1 ml dan 1-1,5 soat o’tkazib 2 marta 
teri ostiga albatta yuborish kerak. Qator hollarda sifonli klizmalar to’g’ri ichak 
ampulasidagi axlatni barmoq bilan chiqarish bilan qo’shib olib boriladi. 
Konservativ davolashning ta’sirchanligiga baho berishga bemorning 
umumiy holati (shikoyatlari, gemodinamika ko’rsatkichlari va b.) va, nihoyat, 
qorin tomonidan bo’lgan o’zgarishlar (o’lchami, peristaltika borligi, qorin 
pardasining ta’sirchanligi, motorika rag’batlantirilgandan keyin ich kelishi va 
boshqalar), davolash jarayonidagi rentgenologik manzara dinamikasi, mezon 
bo’lib hisoblanadi. O’tkazilayotgan davolashning naf bermasligi, ustiga-ustak 
bemor umumiy holatining yomonlashuvi (meteorizm oshishi, intoksikatsiya) 
operatsiya qilishga ko’rsatma bo’ladi. 
Ichakdagi destruktsiya simptomlarida (keskin lokal og’riq qorin pardasi 
ta’sirlanishining lokal simptomlari, defans, meteorizm, qusish, peristaltika 
bo’lmasligi, «chayqalish shovqini» va b.) asosiy davolash tadbiri sifatidagi 
operatsiyaga mutloq ko’rsatmalar vujudga keladi. Konservativ davolash 
operatsiyadan oldingi jadal tayyorgarlik doirasida o’tkaziladi, xolos.

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish