Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
Kombinatsiyalashgan davo. 
Hozirgi davrda to’g’ri ichakni
 
rak bilan 
mahalliy zararlanishida operatsiya nur terapiyasi bilan qo’llanilishi maqsadga 
muofiq deb hisoblanadi. Natijada o’smani operabelligi imkoniyatlari paydo 
bo’lib, xirurgik davo natijalari yaxshilanadi, bemorlarning operatsiyadan keyingi 
5 yilgacha yashash chastotasi ortib, radikal operatsiyadan so’ng u 40-50% ni 
tashkil etadi. 


417 
O’TKIR ICHAK TUTILISHI 
 
O’tkir ichak tutilishi (ichakning o’tkir tutilishi, ileus, utkir ileus) – ichak 
yo’lidagi tarkibiy qism passajining buzilishi bilan rivojlanuvchi holat. 
Qorin bo’shlig’i a’zolarining o’tkir xirurgik kasalliklari orasida o’tkir ichak 
tutilishi 3,5-9% ni tashkil etadi. Ko’pincha ichak tutilishi 40-60 yoshda 
uchraydi. Ichak tutilishi ayollarga qaraganda erkaklarda ko’proq uchraydi. Yoz 
va kuz oylarida (iyul-oktyabr) o’tkir ichak tutilishi bilan kasallanganlar soni 
ko’proq uchraydi, chunki bu davrda o’simlik ozuqalari tarkibidagi kletchatka 
tushishi hisobiga ichaklar ko’proq zo’riqadi. 
O’tkir ichak tutilishi bilan bemorlarni davolashning natijalari avvalo 
kasallikni o’z vaqtida aniqlashga bog’liq. Operatsiyadan keyingi o’lim 
ko’rsatkichi kasallik boshlanishidan boshlab 6 soatgacha kasalxonaga 
yotqizilgan bemorlar orasida 2,1-3,1% ni, 24 soatdan kechikib yotqizilganlar 
orasida 16,4-19,9% ni tashkil qiladi (V.T. Zaytsev muallifdoshlari bilan, 1989). 
O’tkir ichak tutilishidagi har xil aspektlarni o’rganish uzoq tarixga ega. Bu 
kasallik haqidagi birinchi tushunchani Gippokrat bergan. Uning fikricha, ileus 
ichaklardagi gazlar hisobiga hosil bo’ladigan yallig’lanishlar natijasidagi kelib 
chiqadigan holat. Galen o’z ishlarida ichak tutilishiga yallig’lanish hisobiga 
ichaklar peristaltikasi buzilishi sabab bo’lishiga e’tibor qilgan. Bu olimlar 
laborator, patalogoanatomik tekshiruvlarsiz hamda zamonaviy anatomiya va 
fiziologiya bilimlariga ega bo’lmay, ichak tutilishi patogenezida zaruriy 
elementlar – ichak xarakatini buzilishi, gaz va suyuqliklar yig’ilishi natijasida 
ichaklar kengayishini ko’rsatib o’tishgan. XVII asr boshlarida Riolan o’tkir 
ichak tutilishini mexanik, obstruktiv va strangulyatsion turlari mavjudligini 
isbotladi. Bu esa ileusni operativ davolash urinishlar boshlanishiga olib keldi. 
Hozirgi kunda o’tkir ichak tutilishida V.P. Petrov va I.A. Eryuxin (1985) 
taklif etishgan klassifikatsiyasi qo’llaniladi. 
Utkir ichak tutilishi klassifikatsiyasi: 


418 
1.
Kelib chiqishi bo’yicha – tug’ma va orttirilagan. 
Tug’ma ichak tutilishiga rivojlanish nuqsonlari, ingichka va yo’g’on 
ichaklar atreziyalari sabab bo’ladi. 
2.
Kelib chiqish mexanizmi bo’yicha – mexanik va dinamik. 
2.1. Mexanik ichak tutilishi obturatsion (tutqich tomirlarini siqib 
qo’ymasdan) va strangulyatsion (tutqich tomirlarini siqib) va aralash 
(strangulyatsion va obturatsion kombinatsiyasi) turlarga bo’linadi. 
2.2 Dinamik ichak tutilishi spastik va paralitik turlarga bo’linadi. 
3. Tutilish joyiga qarab – yuqori (ingichka ichak) va pastki (yo’g’on ichak). 
4. Klinik kechishi bo’yicha – to’liq va qisman, o’tkir va surunkali. 
Ichakning dinamik (funktsional) tutilib qolishi deganda ichakning motor 
faoliyati buzilishi bilan o’tadigan patologik holatlar tushuniladi, bunda mexanik 
to’siq bo’lmagani holda uning tutilib qolishi sodir bo’ladi.
Dinamik ichak tutilishiga qorin bo’shlig’idagi o’tkir yallig’lanish 
kasalliklari (appenditsit, xoletsistit, pankreatit, peritonit va boshqalar), qorin orti 
sohasining yallig’lanish kasalliklari (paranefrit), shikastlar va travmatik jarroxlik 
amaliyotlar, qorin bo’shlig’i a’zolarida qon aylanishini o’tkir buzilishlari (taloq 
infarkti, tutqich tomirlarini trombozi) sabab bo’lishi mumkin. Undan tashqari 
dinamik ichak tutilishiga metabolik o’zgarishlar (diabetik, uremik koma), 
zaxarlanishlar (morfin, qo’rg’oshin bilan) olib kelishi mumkin. 
Dinamik ichak tutilishi spastik va paralitik turlarga bo’linadi. 
Spastik ichak tutilishi ichak motor faoliyati kuchayishi ya’ni spazm 
xisobiga paydo bo’ladigan xolat. Spastik ichak tutilishiga eng ko’p bo’lgan 
sabablardan biri og’ir metallar tuzlari xisobiga zaxarlanish xisoblanadi. Undan 
tashqari bu xolat markaziy nerv sistemasining kasalliklarida ham kuzatiladi. 
Bunga misol tariqasida isterik ileusni keltirish mumkin. 
Gipermotor reaktsiyalar ichakning mexanik tutilib qolishi – buralib qolishi, 
tugun hosil qilishi, invaginatsiyasi kabilar rivojlanishida ishga tushiruvchi 
mexanizm bo’lib xizmat qilishi mumkin. 


419 
Paralitik ichak tutilishida ichak motor faoliyati susayishi ya’ni parezi 
kuzatiladi. Ichak tutilishini bu turi spastik ichak tutilishiga qaraganda amaliyotda 
ko’proq uchraydi. Chunki paralitik ichak tutilishini asosiy keltirib chiqadigan 
holat bu jarroxlik amaliyotining o’zidir. Undan tashqari paralitik ichak tutilishi 
qorin bo’shlig’i a’zolarini o’tkir yallig’lanishlarida xamroh bo’lib keladi. Ichak 
tutilishini bu turi qorin orti sohasini yirik gematomalarida, yumshoq to’qimalar 
shikastlarida, og’ir jarroxlik amaliyotlaridan keyin paydo bo’ladi. 
Dinamik (ya’ni funktsional) tutilib qolish avvalo hazm trakti motor 
funktsiyasining buzilishi oqibati bo’lib, buning natijasida ichak bo’ylab passaj 
to’xtaydi. Shuning uchun davolash taktikasi birinchi navbatda ichak 
peristaltikasini tiklashga qaratilishi lozim.
Mexanik ichak tutilishida dinamik ichak tutilishidan farqli ravishda ichak 
bo’ylab tarkibiy qismini passajini buzilishi mexanik to’siq borligi bilan bog’liq. 
Obturatsion ichak tutilishida (5-8% tashkil etadi) jarayonga ichak tomirlari 
qo’shilmagan xolda ichak bo’shlig’ining ichkaridan bekilib qolishi ro’y beradi. 
Uning sabalari o’smalar, gijjalar, fitobezoarlar, o’t toshlari, yot jismlar, najas 
toshlari bo’lishi mumkin. Obturatsion tutilishi ichakni tashqaridan, yaqin 
joylashgan a’zolardan chiqqan o’smalar, kistalar, hamda chandiqlar xisobiga 
ham rivojlanishi mumkin. Lekin bunda tutqich tomirlari siqilmagan holda 
bo’lishi kerak. 
Strangulyatsion ichak tutilishida esa aksariyat ichak bo’shlig’ini 
tashqaridan siqib qo’yishdan tashqari tutqich tomirlari siqilishi kuzatiladi. Bu 
esa ichakning qisilgan qismida qon aylanishini buzilishiga ko’proq olib keladi. 
Ichak tutilishini bu turida ko’proq destruktiv jarayon kuzatildi, endotoksikoz va 
peritonit tezroq rivojlanadi. Strangulyatsion ichak tutilishi ichak tutilishini 
hamma turlari ichida 15-40% holatlarda uchraydi. 
Strangulyatsion ichak tutilishiga ichaklar buralib qolishi, tugun hosil 
bo’lishi, churra darvozasidagi ichak qisilishi kiradi.
Mexanik ichak tutilishining aralash turida obturatsiya hamda 
strangulyatsiya birgalikda keladi. Bu holatga yaqqol misol deb invaginatsiyani 


420 
keltirish mumkin. Invaginatsiya ko’proq yosh bolalarda uchraydi. Unda ichakni 
bir qismi va uning tutqichi yonida joylashgan ichakka kirib qoladi. Bunda ichak 
mexanik to’siq rolida ishtirok etadi, tutqichi qisilib qolishi hisobiga tutqich 
tomirlarida qon o’tishi to’xtaydi.
Ohirgi vaqtlarda aralash ichak tutilishiga ayrim mutaxasisslar chandiqli 
ichak tutilishini ham kirita boshlashdi. Chunki chandiqli jarayonda ham aynan 
aralash ichak tutilishga xos xolat kuzatiladi. 
Ichakning mexanik ayniqsa strangulyatsion o’tkir tutilib qolishida 
kasallikning bir hil og’irlikda kechmasligini hisobga olib, yuqorigi va pastki 
tutilishini farq qilish muhim (yuqori tutilish birmuncha og’ir kechadi). 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish