Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Klinik manzarasi. 
Gemorroy bemorga sezilmasdan boshlanadi. 
Kasallikning boshida orqa chiqaruv yo’lida vaqti-vaqti bilan yoqimsiz sezgilar 
paydo bo’ladi, to’g’ri ichakda yot jism borga o’xshab tuyuladi. Birmuncha vaqt 
o’tgandan keyin defekatsiyada (xojatga borganda) qon ketish paydo bo’ladi, qon 
bir necha tomchidan to unitaz devorlarigacha sachrab ketadigan oqim 


397 
ko’rinishigacha ketadi. Qon rangi qirmizi-qizil tusda bo’lib, qon yo’qotish 
bemorning umumiy xolatiga ta’sir qilmaydi. Gemorroyda bo’ladigan qichishish 
va achishish anal yoriqning noto’liq bekilishi va shu sababli shilimshiq ajralib 
turishidan sodir bo’ladi. Keyin ichki gemorroidal tugunlarning tushishi 
rivojlanadi. 
Gemorroyning asosiy belgisi bo’lib qon ketishi hisoblanadi. U alvon rangli 
bo’lib, asosan defekatsiya vaqtida va undan so’ng darxol yuzaga keladi. Ba’zida 
qon sizib oqadi, ayrim vaqtlarda uning izchilligi tufayli hatto, kamqonlikka olib 
keladi. Gemorroyga xos qon ketishida qon najasga aralashmagan bo’lib, uni 
ustidan qoplab turadi. 
Keyingi asosiy belgilaridan biri bu – og’riq. U gemorroidal tugunlarning 
yallig’lanishida, trombozida yoki qisilishida, anal teshik yorig’i yuzaga kelganda 
vujudga keladi. Og’riq defekatsiya vaqtida hamda undan keyin ham paydo 
bo’lishi mumkin. 
Orqa chiqaruv teshigi qichishishi ichakdan shilliq ajralishi oqibatida anal 
teshik atrofi terisining ivib shilinishi natijasida paydo bo’ladi. Bu o’z navbatida 
ekzema rivojlanishiga sabab bo’ladi. 
Gemorroy kechishida gemorroidal tugunlarning tashqariga chiqishi 
kuzatiladi va 3 bosqichdan iborat bo’ladi: I bosqichida gemorroidal tugunlarning 
faqat defekatsiya vaqtida tushishi qayd qilinib, o’zicha joyiga kiradi. II 
bosqichida gemorroidal tugunlar defekatsiya vaqtida va jismoniy zo’riqishda 
tushadi, biroq o’zicha joyiga kirmaydi. III bosqichida tugunlar arzimagan 
jismoniy harakatda, yo’talish va aksirishda tashkariga chiqib, o’zicha joyiga 
kirmaydi. 
Shunga ko’ra surunkali gemorroy klinik kechishining 4 bosqich farqlanadi. 
I bosqichda qon ketishi kuzatilib, tugunlarning tushishi kuzatilmaydi. II 
bosqichda faqat kuchanish vaqtida tugunlarning tushishi kuzatilib, mustaqil yana 
to’g’rilanadi. III bosqichda defekatsiya davrida, ba’zida qorin ichki bosimining 
ortishi natijasida tushib qolgan tugunlarni faqat qo’l yordamida to’g’rilanadi. 
Kasallikning IV bosqichida gemorroidal tugunlar vertikal tinch xolatda tushadi, 


398 
ular to’g’rilanmaydi yoki to’g’rilangach darxol, yana tushib qolishi kuzatiladi. 
Bu bosqichda ularning trombozi, anal teshikda og’riq, ko’p miqdorda qon 
ketishi yuzaga keladi. 
O’tkir gemorroyning 3 og’irlik darajasi farqlanadi:
1. Tashqi gemorroidal tugunlar unchalik katta emas, zich-elastik 
konsistentsiyali, paypaslaganda og’riqli; anal teshik atrofi biroz qizargan, 
bemorlar, ayniqsa, defekatsiya vaqtida kuchayadigan kuyish, qichishish hissiga 
shikoyat qiladilar.
2. Anal teshik atrofi keskin shishgan, qizargan, anal teshik sohasida, 
ayniqsa, yurganda va o’tirganda kuchayuvchi kuchli og’riq, paypaslaganda va 
barmoq bilan ko’rganda og’riq kuchli bo’lishi. 
3. Anal teshigi atrofi sohasi yallig’lanish infiltratiga aylangan, 
paypaslaganda kuchli og’riq xissi, orqa chiqaruv teshigi sohasida ko’kimtir-
qizg’ish tusli, fibrin bilan qoplangan ichki gemorroidal tugunlar kuzatiladi; davo 
choralari ko’rilmaganda tugunlar nekrozi,oqibatda shilliq qavati yaraga aylanib, 
o’tkir paraproktit rivojlanishi mumkin. 
Surunkali gemorroy uchun qo’zish va remissiya davrlari xos. Remissiya 
davrida bemorlar hech qanday shikoyat bildirmaydilar. Alkogol yoki o’tkir 
taomlar iste’mol qilish, jismoniy zo’riqishlar qon ketishiga sababchi bo’ladi.
Bemorlarni tekshirish tizza-tirsak xolatida yoki cho’kkalab o’tirib 
kuchangan xolatlarda amalga oshiriladi. Tekshirish to’g’ri ichakni barmoq 
yordamida, anoskopiya va rektoskopiya usullari bilan bajariladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish