Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Diagnostika
si
 
bemorning
 
shikoyati, anamnezi, rektoromanoskopiya, 
irrigografiya, kolonoskopiya natijalariga asoslanib bajariladi.


387 
Kasallik differentsial diagnozi dizenteriya, proktit, Kron kasalligi bilan 
o’tkaziladi. 
Davolash. 
Konservativ davo oqsilga boy, uglevodlar va sutni cheklovchi 
parhezdan, desensibilizatsiyalovchi va antigistamin dori vositalari (dimedrol, 
pipolfen, suprastin, tavegil), vitaminlar (A, E, C, K, B guruh), bakteriostatik 
preparatlardan (etazol, ftalazol, sulgin, enteroseptol) tashkil topadi. Bundan 
tashqari, salazopiridazin antimikrob va desensibilizatsiyalovchi ta’sir ko’rsatib, 
juda yaxshi natija beradi. Davo natijasiz bo’lgan xolatlarda davoga steroid 
gormonlarni (prednizolon, deksametazon) qo’shish maqsadga muvofiqdir. 
Xirurgik davo kasallik asoratlari yuzaga kelganda, ya’ni, profuz qon 
ketganda, ichak perforatsiyasi va toksik dilyatatsiyasida qo’llaniladi. Bundan 
tashqari, operativ davo kasallikning uzluksiz va retsidivlovchi shakllarida, 
konservativ davo natija bermaganda, rak rivojlanganda ham qo’llaniladi. Ichak 
toksik dilyatatsiyasida ileo- yoki kolostomiya amaliyoti bajariladi. Qolgan 
xolatlarda zararlangan ichak qismi rezektsiyasi, kolektomiya yoki ileostomiya 
bilan yakunlanuvchi koloproktektomiya amalga oshiriladi. 
Chambar ichak divertikullari va divertikulyozi 
Tug’ma divertikullar embrional davrda gistogenezning buzilishi oqibatida 
yuzaga keladi. Orttirilgan divertikullar esa, ichak mushak qavati defektlaridan 
shilliq qavatning bo’rtib chiqishi natijasida rivojlanadi (sohta divertikul). Ichak 
devorida mushak qavati uning ko’ndalang yo’nalgan tasmalari orasida sust 
rivojlanganligi tufayli shu erda paydo bo’ladi. Ayniqsa, ichak devorida qon 
tomirlar kiradigan teshiklari sohasida divertikullar ko’p uchraydi. Divertikullar 
kelib chiqishida ichakdagi yallig’lanish jarayoni, qabziyat muhim rol o’ynaydi. 
Kasallik aksariyat 40 yoshdan oshgan odamlarda ko’p uchraydi. Divertikullar 3-
5 mm li bo’yinchasi va diametri 0,5-1,5 sm bo’lgan tanasiga ega bo’rtmalardan 
iborat. Ko’pincha divertikullar sigmasimon va pastga tushuvchi chambar ichak 
(68%) larda kuzatiladi. divertikul kattalashavergach, uning devori yupqalashib, 


388 
shilliq qavati atrofiyaga uchraydi va natijada najasning shu joylarda turib qolishi 
oqibatida eroziyalar, yaralar hamda divertikulitlar rivojlanadi (83-rasm).
83-rasm. Yo’g’on ichak divertikuli endoskopik ko’rinishi.
Divertikulyoz klinik belgilarisiz kechib, yallig’lanish jaryoni 
(divertikulitlar) rivojlanishi bilan qorin pastida og’riq, qabziyatning ich surishi 
bilan almashinib kelishi, ishtaha pasayishi, ko’ngil aynishi, ba’zan qayt qilish 
bilan ifodalanasa, keskin yallig’lanish jarayoni tana haroratining subfebril 
bo’lishi, qorindagi og’riqlarning intensivliligining ortishi, leykotsitoz bilan 
namoyon bo’ladi. Qorinni paypaslaganda zararlangan soha ustida kuchli og’riq, 
mushaklar biroz tarangligi kuzatiladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish