Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Asoratlari. 
Chambar ichakning uzayishi va kengayishi turli bo’limlarining 
buralib qolishiga sabab bo’ladi va natijada o’tkir ichak tutilishi vujudga keladi. 
Ichak devorida yaralar paydo bo’lishi, uning teshilishi, peritonit, qon ketishi, 
enterokolit rivojlanishi Girshprung kasalligining asoratlaridan hisoblanadi. 
Davolash.
Girshprung kasalligida konservativ davolash operatsiyaga 
tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi, u ichakning bo’shatilishiga qaratilgan chora-
tadbirlardan iborat. Parhezga rioya qilish, ichak motorikasini yaxshilashga 
imkon beradigan yangi sabzavotlar va mevalardan iborat mahsulotlarni iste’mol 
qilish, ichak peristaltikasini fizioterapevtik usullar bilan yo’lga solish, turli xil 
xuqnalar qo’yish shular qatoriga kiradi. 
Xirurgik davolash aganglionar zonani va yo’g’on ichakning 
dekompensatsiyalangan kengaygan bo’limlarini olib tashlab, ichak 
o’tkazuvchanligini tiklashdan iborat. 
Yo’g’on ichakning yallig’lanish kasalliklari 
Nospetsifik yarali kolit 
Nospetsifik yarali kolit chambar va to’g’ri ichaklar shilliq qavatining yarali-
nekrotik o’zgarishi bilan kechuvchi surunkali yallig’lanish kasalligidir. Abu Ali 
ibn Sino asarlarida yo’g’on ichakda yaralar hosil qilish bilan o’tadigan qon 
aralash ich ketishi tasvirlangan. O’zbekiston olimlari bu patologiyani 
o’rganishga (professorlar I.A. Kassirskiy, A.A. Askarov, U.A. Askarov), 
shuningdek nospetsifik yarali kolitni xirurgik davolashga (prof. S.M. 
A’zamxo’jaev) katta hissa qo’shdilar. O’rtacha har 100000 aholidan 1,2 tasi 
kasallanadi.
 
Etiologiyasi etarli o’rganilmagan. Kasallikni chaqiruvchi mikrob yoki 
virusni aniqlash ustida olib borilgan ishlar natijasiz yakunlangan. Shu sababli 
kasallik kelib chiqishida infektsion nazariya o’z ahamiyatini birmuncha 


384 
yo’qotgan. Buning aksi allergik jarayon esa, kasallik rivojlanishida muhim o’rin 
tutadi. Ovqatlanish ratsionidan sut, tuxumga o’xshash allergenlarni olib tashlash 
kasallik klinik kechishini ijobiy tomonga o’zgartirganligi ma’lum. Bundan 
tashqari, immun jarayonlarning ahamiyati ham kasallik rivojlanishida ma’lum 
bir ma’noga ega. Bemor qon zardobida yo’g’on ichak shilliq qavatiga qarshi 
mahsus antitelolarning bo’lishi buning yaqqol dalilidir. Nospetsifik yarali kolit 
kelib chiqishida oilaviy moyillik ham muhim ahmiyat kasb etadi.
Patogenezi. 
Kasallik organizmning sensebilizatsiyasi va autoimmun 
reaktsiya rivojlanishi bilan kechadi. Ichak shilliq qavati antigen ishlab 
chiqaradi va unga qarshi antitelolar paydo bo’ladi. Antigen-antitelo reaktsiyasi 
yuzaga keladi, keyin esa kolit, yaralar kelib chiqadi. Keyinchalik ikkilamchi 
infektsiya qo’shiladi, ichak nerv apparati shikastlanadi, alimentar etishmovchilik 
yuzaga keladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish