Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Davolash. 
Churrasi qisilgan bemorlarni davolashning birdan-bir to’g’ri 
usuli shoshilinch operatsiya. Qisilgan churrani operatsiyasiz, qo’lda 
to’g’rilashga urinish mumkin emas, biroq operatsiya qilishga mutlaq monelik 
bo’lgan hollar bundan mustasno. Qisilishni bartaraf etish va qisilgan a’zolarning 
yashashga layoqatliligini aniqlash zarur. Buning uchun to’qimalarni 
aponevrozgacha qavat-qavat qilib tilinadi va churra xaltachasi ochiladi, uni 
kesiladi va «churra suvi» ni chiqariladi. Bunda xirurg yordamchisi qisilgan 
a’zolarni tutib turadi va qisilgan a’zolar tekshirib chiqilgandan keyingina 
qisadigan xalqa kesiladi va qisilgan a’zolarning yashashga layoqatliligi 
aniqlanadi. Ichakning yashab ketish mezonlari: pushti rang tusda, 
strangulyatsion egatchalar va subseroz gematomalari yo’q, ichak tutqich mayda 
tomirlarida pulsatsiya va ichak peristaltikasi saqlanib qolgan. Ichak yashashga 
layoqatsiz bo’lsa, uni olib tashlanadi. Ichakning olib keladigan kesigidan kam 
deganda 30-40 sm va olib ketadigan kesigidan 15-20 sm ni rezektsiya qilish 
kerak. 
Hazm yo’llari uzluksizligini tiklanadi va churra darvozalarini eng oddiy 
usullar bilan plastika qilinadi. Qari yoshdagi va hamrox og’ir kasalliklari 
bo’lgan bemorlarga qisilgan churralarda churra kesish amaliyoti bajarish 
jarayonida churra darvozasi plastikasi bajarilmaydi, jarohat qavtma-qavat 
tikiladi. 
Churra xaltachasi flegmonasi bilan asoratlangan qisilgan churrada 
operatsiyani o’rta laparotomiyadan boshlanadi, ichakni yashashga layoqatli 
to’qimalar chegarasida rezektsiya qilinadi. Ichaklarning uchlarini tikiladi, olib 
keladigan va olib ketadigan kovuzloqlar orasiga anastomoz qo’yiladi. 
Operatsiyaning qorin ichidagi bosqichi tugallangandan keyingina churra 
flegmonasiga xirurgik ishlov beriladi, qisilgan ichakni va churra xaltachasini 
olib tashlanadi. Churra darvozalari plastikasi qilinmaydi. Operatsiyani 
yordamchi choklar solish va jaroxatni drenajlash bilan tugallanadi. 


317 
Bemorda qisilgan churra o’zicha joyiga tushgan xollarda xirurg taktikasi, 
o’tgan fursatdan qat’iy nazar, shoshilinch operatsiya qilishdan iborat, chunki 
to’g’rilangan a’zolarning xolati qandayligi noma’lum bo’ladi. 
Qorin bo’shlig’ining qator o’tkir kasalliklari qorin devorida churralar 
bo’lganda go’yo qisilish borligidan xabar beradigan simptomlar bilan o’tadi. 
Asoratlarning bu turi adabiyotda «Brok soxta qisilishi» nomi bilan ma’lum. 
Ozod qorin bo’shlig’i bilan tutashmasi bo’lgan churra xaltachasida churra 
xaltachasi bo’shlig’iga yallig’li ekssudat tushishi bilan bog’lik, ikkilamchi 
o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ilgari to’g’rilanadigan churra endi to’g’rilanmaydigan 
bo’lib qoladi, og’riq sezgilari paydo bo’ladi. Soxta qisilishning bu simptomlari 
me’da yarasi teshilganda, xoletsistitda, appenditsit va boshqalarda rivojlanishi 
mumkin. Birgalikda rivojlanadigan bu jarayonlarning diagnostikasi qiyin va 
bemorni qunt bilan sinchiklab tekshirish, anamnezni puxta yig’ishni talab etadi. 
Joyiga solinadigan churrada (surunkali asoratlangan) ilgari to’g’rilanadigan 
churra to’g’rilanmaydigan bo’lib qoladi, biroq bunda og’riq ham bo’lmaydi. 
To’g’rilanmaydigan churralarning ko’p qismi xayotda orttirilgan bitishmalar 
borligi bilan bog’liq. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish