Xirurgik kasalliklar


Teshilgan gastroduodenal yaralar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Teshilgan gastroduodenal yaralar
Me’da va o’n ikki barmoqli ichak yaralari perforatsiyasi – yara 
kasalligining eng xavfli asoratlaridan biridir: turli mualliflarning ma’lumotlariga 
ko’ra ular 3
 
dan 30 foizgacha uchraydi. 
Yaralarning teshilish sabablari har xil. Ko’pincha bundan oldin yara 
atrofidagi yallig’lanish jarayoni qo’ziydi, simptomlar kompleksi kuchayadi 
(«prodromal» davr), ba’zan qorin ichidagi bosim oshadi. 
Yara teshilishi mehnatga layoqatli yoshda (20-50 yosh) uchraydi. Yoshi 
ulg’aygan va keksa odamlarda yara perforatsiyasi unchalik ko’p kuzatilmaydi. 
Yarasi teshilgan bemorlarda davomli «yara» anamnezi kuzatiladi, biroq 
yoshlarda (30 yoshgacha) teshilish batamom tinch sharoit fonida paydo bo’ladi 
(«soqov» yaralar teshilishi). 
А Б 


333 


 

В 
72-rasm (А, Б, В). Me’dani Bilrot-I usulida rezektsiyasi. 


Bemorlarning 80-85 foizida o’n ikki barmoqli ichak boshlang’ich 
bo’limining oldingi devoridagi yara, kamroq – me’da pilorik bo’limidagi yara 
teshiladi. 
Kasallik patogenezida me’da va duodenal suyuqlikning ozod qorin 
bo’shlig’iga doimiy oqib turishi katta ahamiyatga ega, u avvaliga shokka olib 
keladi. 
Kichkina teshikning fibrin, charvi, yaqinda joylashgan a’zolar, qattiq ovqat 
bo’lakchalaridan bekilib qolishi jarayonni chegaralaydi: bu holda usti yopiq 
perforatsiya yuz berishi ehtimol. Yara qorin bo’shlig’i orqasiga, kichik charviga, 
ko’ks oralig’iga teshilganda kamdan-kam yuzaga keladigan aturik klinika paydo 
bo’ladi. 
Teshilgan yaralar o’tkir yoki surunkali xarakterga ega, yakka yoki ko’p 
sonli bo’ladi. 


334 
А Б 

 
В 
73-rasm (А, Б, В). Me’dani Bilrot-II usulida rezektsiyasi. 
Yara perforatsiyasi (teshilishi) klassifikatsiyasi. Keyingi yillarda B.D. 
Komarov va V.S. Savelev tomonidan taklif etilgan klassifikatsiya keng 
qo’llanilmoqda. Quyida ushbu klassifikatsiyani keltiramiz: 
I. Etiologiyasi bo’yicha: yarali va gormonal.
II. Joylashuvi bo’yicha: a) me’da yaralari: kichik egrilikdagi, katta 
egrilikdagi, oldingi devordagi, orqa devordagi, kardial, prepilorik, pilorik 


335 
qismlarida. b) o’n ikki barmoqli ichak yaralari: oldingi devoridagi, orqa 
devoridagi. 
III. Kechishi bo’yicha: ozod qorin bo’shlig’iga teshilishi, usti yopiq 
teshilishi, atipik teshilishi. 
Teshilgan gastroduodenal yaralarning klinik manzarasi.
 
Teshilgan 
gastroduodenal yaralarning klassik klinik manzarasi tarixiy rivojlanishga 
uchramagan. Teshilishning asosiy simptomatikasi (G. Mondor triadasi): 
«xanjar» bilan urilgandek to’satdan paydo bo’lgan og’riq, qorin muskullarining 
qattiq taranglashuvi, yara anamnezidan iborat. 
Darhaqiqat, kuchli og’riqlarning to’satdan paydo bo’lishi birorta kasallikda 
ham perforatsiyadagi kabi yaqqol yuzaga chiqqan bo’lmaydi. Bunday bemorlar 
og’riqqa chidab bo’lmaydigan darajadagi shikoyat qayd qiladilar. «Katta 
yoshdagi zabardast» odamning yuz qiyofasidagi g’am-g’ussa u tortayotgan 
cheksiz azob-uqubatlarni ifodalab turadi» (G. Mondor). 
Og’riq avvaliga epigastriyda, bunda o’n ikki barmoqli ichakda ko’prok, 
o’ng tomonda joylashadi, so’ngra qorinning butun o’ng yarmi bo’ylab tarqalib, 
o’ng yonbosh sohani, keyin butun qorinni qamrab oladi. Og’riqning elkaga yoki 
o’ng kurakka, kichik chanoqqa tarqalishi xarakterli. Qusish kamdan-kam, 
peritonit rivojlangandagina kuzatiladi. Stenozlovchi yaralar teshilganda yara 
teshilishidan oldin bemor qayt qiladi. 
Bemor, odatda, chalqancha yoki yonboshi bilan oyoqlarini qorniga tortib 
yotadi, ranggi oqarib ketgan, qo’rquv ostida, sovuq, ter chiqishi mumkin. Tez-
tez, yuza nafas oladi, qon tomir urishi avvaliga siyrak, arterial bosimi pasayishi 
mumkin. 
Tili dastlabki soatlarda nam, keyin quruqlashadi, karash bilan qoplanadi. 
Og’riq, bilan bir vaqtda boshqa simptom – qorin oldi devori mushaklarining 
taranglashuvi paydo bo’ladi («taxtasimon», qayiqsimon ichiga tortilgan qorin), 
taranglanish avval epigastriyda, so’ngra butun qorin bo’ylab joylashadi. 
Kasallikning dastlabki soatlarida rektal tekshiruvda chanoq qorin pardasida 
keskin og’riq borligini aniqlash mumkin. Parietal qorin pardasi nerv oxirlari 


336 
sezuvchanligi buzila borgan sayin og’riq asta-sekin bosiladi, biroq bemor 
avvalgiday harakatsiz yotadi. Umumiy holati yaxshilanadi, oldingi qorin devori 
qattiqlashishi kamayadi, kam og’riydi, o’ng yonbosh soxasida og’riq kamayadi, 
ya’ni «soxta tuzalish» davri boshlanadi (II davr). Yara teshilish vaqtidan 
kechikib 6-12 soat o’tgach operatsiya qilish keyingi davr rivojlanishiga – 
peritonitga olib keladi. Peritonit uning hamma klinik manzarasi – qon tomir 
urishi tezlashuvi, til quruqligi, intoksikatsiya sababli umumiy ahvolning 
og’irligi, qorin dam bo’lishi, el chiqmasligi, ich kelmasligi, ko’p martalab qayt 
qilish yuzaga keladi. Bu davrda diagnoz ham, xirurgik yordam ham odatda 
kechikkan bo’ladi. 
Yara teshilishi uchun xarakterli simptom qorin bo’shlig’ida ozod gaz 
borligi hisoblanadi, u diafragmaning o’ng gumbazi ostida yig’iladi. 
Rentgenologik tekshirishda bir yoki ikkala gumbazlar ostida yo’l-yo’l yorug’ 
chiziq kuzatiladi. 
Usti yopiq teshilish.
 
Teshilgan yaraning to’satdan paydo bo’lgan turik 
klinikasi 1-2 soatdan keyin so’nadi, og’riq kamayadi, mushaklarning 
taranglashuvi bardam topadi, oz-moz og’riq, bo’ladi va mushaklar tarangligi 
epigastriyda kuzatiladi, xolos. Bemorlarning ahvoli shunchalik yaxshilanadiki, 
ular o’zlarini sog’lom deb hisoblaydilar. 
Diagnozi va differentsial diagnozi.
 
Teshilgan gastroduodenal yaraning 
diagnostikasi avvalo anamnezga, bemordan sinchiklab so’rab-surishtirishga, 
fizikal tekshirish ma’lumotlariga asoslanadi va rentgenologik hamda 
laboratoriya ma’lumotlari bilan to’ldiriladi. 
Perforatsiya uzoq vaqtgacha yara kasalligi bilan og’rib yurgan bemorlarda 
(rentgenologik tasdaqlangan); yara kasalligi belgilari bo’lgan (nordon 
kekiradigan, och qoringa yoki ovqatdan keyin og’riq paydo bo’ladigan, 
muntazam soda ichib turadigan), biroq hech qachon tekshirishlardan o’tmagan 
va yara borligi to’g’risida shubha qilinmagan shaxslarda yuz berishi mumkin. 
Uchinchi guruhga «dispeptik o’tmishi» bo’lgan, biroq uni unutib yuborgan va 
hozirgi kasalligini avvalgi hazm buzilishlari bilan bog’liq deb o’ylamagan 


337 
shaxslarni kiritish mumkin. To’rtinchi guruhga «soqov» yarasi teshilgan 
bemorlar kiritiladi. 
Bemorda prodromal davr borlig’iga – jarayonning kuchayishi yoki qo’zishi 
– epigastriyda og’riq, ko’ngil aynishi, subfebril harorat, qusishga ahamiyat 
berish zarur. 
Diagnostika uchun kasallikning o’tkir boshlanishi, bemorning o’ziga xos 
holati, tashqi ko’rinishi, qon tomir urishi va qon bosimi ma’lumotlari katta 
ahamiyatga ega. Qorinni tekshirishda perforatsiyadan keyin o’tgan fursat haqida 
unutmaslik kerak: dastlabki soatlarda ifodalangan «taxtasimon» taranglashuv 
keyinroq, peritonit avj olgandan keyin qorin dam bo’lishi kuzatilishi mumkin. 
Har xil yoshdagi bemorlarda – keksalar, ayollar va boshqalarda qorin devorining 
bo’shashgan bo’lishini nazarda tutish lozim. 
Perkussiyada ozod gaz borligi 50-60 foiz bemorlardagina, rentgenologik 
tekshiruvda esa 75-80 foiz bemorlarda aniqlanadi. Bemor tik turganda yoki chap 
yonboshi bilan yotganida rentgenodiagnostika qilish – bemorni tekshirishning 
asosiy diagnostik usuli bo’lib, diafragma gumbazi ustida ozod gazni aniqlashga 
(o’ngda yoki chapda) qaratiladi. 
Noaniq hollarda bemorga 1-2 qultum suvda eruvchan kontrast modda 
berishga to’g’ri keladi, rentgen tekshiruvida uning me’da konturlari tashqarisiga 
chiqishi 
perforatsiyaning 
absolyut 
belgisi 
hisoblanadi. 
Ba’zan 
pnevmogastrografiya o’tkazib (me’daga havo yuborish) takror rentgenografiya 
qilishdan foydalaniladi. Diagnostika qilish mushkul bo’lgan hollarda 
gastrofibroduodenoskopiya yoki laparoskopiya qilish kerak bo’ladi. 
Laboratoriya tekshiruvida qon va siydik tomonidan biror spetsifik 
buzilishlarni aniqlashga muvaffaq, bo’linmaydi, biroq, peritonit rivojlanganda 
leykotsitoz, eritrotsitlar cho’kish tezligining oshishi, leykotsitar formulaning 
chapga surilishi ifodalangan bo’ladi. 
Teshilgan yarani yara kasalligining qo’zishidan farq kilish zarur, bunda 
og’riq xarakteri unchalik kuchli emas, ruy-rost taranglashish, ozod gaz yo’q. 


338 
O’tkir xoletsistit bilan aksariyat yoshi o’tgan semiz ayollar kasallanadilar, 
ularning anamnezida o’ng qovurg’alar ostida yog’lik ovqat eyish bilan bog’liq 
bo’lgan qaytalanadigan og’riq bo’ladi. Og’riq o’ng qovurg’alar ostida 
joylashadi. Orqaga, elkaga, kurakka beriladi, doimiy bo’ladi. Ko’p marta qusish 
bilan o’tadi. Muskullar tarangligi kam ifodalangan, o’t pufagi paypaslanadi, 
leykotsitoz ifodalangan. 
O’tkir pankreatit uchun o’tkir keskin doimiy og’riqlar xos, biroq ular o’rab 
oladigan xarakterga ega va parhez buzilishi bilan bog’liq (yog’lik yoki kuchli 
ovqat eyish, ichkilik ichish). Bemor bir necha martalab qayt qiladi, u yara 
teshilganidagi kabi harakatsiz emas, muskul taranglashuvi odatda bo’lmaydi, 
Meyo-Robson simptomi yaxshi ifodalangan, qonda amilaza miqdorining 
ko’rsatkichlari oshgan bo’ladi. 
O’tkir appenditsit bilan differentsial diagnostikasi eng qiyin, chunki har 
ikkala holda xam kasallik epigastriyda og’riq paydo bo’lishidan boshlanib, 
keyinroq o’ng yonbosh sohasiga o’tadi. Biroq o’tkir appenditsitda bu og’riqlar 
sustroq, epigastriyda muskullar taranglashmagan, o’ng yonbosh sohada 
simptomatika birmuncha yuzaga chiqqan. Kasallik kuchayib ketgan hollarda 
rivojlanib bo’lgan peritonit fonida dardning sababi aksariyat o’rta 
laparotomiyada aniqlanadi. 
Miokard infarkti (gastralgik formasi), stenokardiyaning boshlang’ich 
bosqichlaridagi o’tkir boshlanish perforativ yara klinikasiga o’xshab ketishi 
mumkin. Bemor yoshining ulug’ligi, anamnezda tez-tez stenokardiya borligi, tez 
aritmik qon tomir urishida bemor holatining og’irligi, arterial bosimning 
pasayganligi, yurak tonlarining bo’g’iqligi, elektrokardiografik o’zgarishlar, 
jigar to’mtoqligining saqlanib qolishi yurak patologiyasidan dalolat beradi. 
Bazal zotiljam va plevrit uchun ham o’tkir boshlanish, qorinning yuqori 
qismida muayyan joylashgan o’rni bo’lmagan og’riq xos bo’ladi. Bemorning 
aktiv hatti-harakati, yuza nafas olish, burun qanotlarining harakati, harorat, 
o’pka tomonidan olinadigan ma’lumotlar, qorin tomonidan o’zgarishlar 


339 
bo’lmasligi – bularning jami rentgenologik tekshiruv yordamida aniqlanadigan 
to’g’ri diagnoz qo’yishga yordam beradi. 
Differentsial diagnostikani kasallik boshlanishidan boshlab dastlabki 
soatlarda o’tkazish mumkin; u birmuncha qiyin va anchagina vaqt o’tgach va 
tutash peritonit klinikasi yuzaga chiqqandan keyin o’rta laparotomiyadagina 
o’tkazilishi mumkin. 
Davolash. Kasalxonaga yotqazilgunga qadar tez yordam ko’rsatish zarur. 
Yara teshilganiga shubha bo’lganda bemorni shoshilinch ravishda statsionarga 
olib borish kerak. Yurak dorilari yuborish, kislorod berilishi mumkin. Kasallik 
klinikasini yashirishi mumkin bo’lgan og’riq qoldiradigan vositalarni sira 
yuborib bo’lmaydi. 
Xirurgik bo’limda bemorni tinchlantirish, unga operatsiya qilish zarurligini 
tushuntirish kerak. 
Konservativ davolash teshilish vaqtidan 2 sutka o’tgach o’tkazilishi 
mumkin, bunda teshik usti bekilgan, bemorning umumiy ahvoli qoniqorli, teshik 
yaxshi chegaralangan bo’ladi, chunki infiltrat bo’lgan sharoitlarda operatsiya 
qilish asossiz shikastlanib qolishga sabab bo’lishi mumkin. 
Vangenstin va Teylorning teshilgan yaralarni davolash uchun me’da 
suyuqligini doimiy aspiratsiya qilish usuli (konservativ usul) o’z vaqtida tanqid 
qilingan edi. Biroq bemor operatsiyadan qat’iyan bosh tortganda yoki uning 
ahvoli nihoyatda og’ir bo’lgan ahyon-ahyon hollarda bu usul qo’llanilishi 
mumkin. 
Operatsiyadan oldingi tayyorgarlik imkon boricha qiska bo’lishi va shokni 
davolash, dezintoksikatsion tadbirlar, me’daga zond qo’yishni o’z ichiga olishi 
kerak. 
Operatsiya xarakteri har kimning o’ziga xos bo’lishi va bemorning 
ahvoliga, yaradagi o’zgarishlar xarakteriga, shuningdek xirurg va yordamchi 
xizmatlarning texnik imkoniyatlariga bog’liq. 
Teshilgan yarani charvi bilan plastika qilib tikish boshqa operatsiyalar 
o’tkazishga ko’rsatmalar bo’lmaganda, tutash peritonitda, yosh bemorlarda yoki, 


340 
aksincha, keksa yoshdagi bemorlarda, zarur instrumentariy, apparatura 
yo’qligida, xirurg malakasi etarlicha bo’lmaganda qo’llaniladi. 
Teshilgan yarani tikish (74-rasm) bemorni peritonitdan qutqarib, yara 
kasalligiga bardam bera olmaydi va keyinchalik bemorlarning 40-50 foizi bu 
kasallikning turli asoratlari sababli takroriy operatsiya qilinishga majbur 
bo’ladilar. 
74-rasm. Teshilgan yarani tikish jarrohlik amaliyoti. 
Teshilgan yarani berkitishning boshqa ko’pgina plastik usullari ham 
palliativ operatsiyalar guruhiga kiradi va ularni qo’llanishning keyingi natijalari 
shuncha qoniqarsiz oqibatlar protsentini beradi. 
Qorin bo’shlig’i mikroflora holati va uning xarakterini yara etiologiyali 
peritonit va boshqa etiologiyali peritonitlar bilan taqqoslab o’rganish shuni 
ko’rsatdiki, me’da-ichak tizimi distal yo’nalishi bo’ylab anaerob 
mikroorganizmlar ko’payib borishi kuzatiladi (75-rasm). Shunga mos ravishda 
bakteriyalar kontsentratsiyasi ham o’zgaradi (76-rasm). Gastroduodenal 
peritonitlarda qorin bo’shlig’ining nisbatan kam miqdorda mikroblar bilan 
ifloslanishi kuzatiladi. O’tkazilgan mikrobiologik tekshiruvlar bunday holatlarda 
radikal jarrohlik amaliyotlarini o’tkazish maqsadga muvofiqligini asoslab berdi.


341 
75, 76-rasmlar. Turli xil peritonitlarda qorin bo’shlig’i mikroflora holati. 


342 
1928 yilda S. S. Yudin joriy qilgan teshilgan yaralarda me’dani birlamchi 
rezektsiya qilish bizning mamlakatimizda ham, chet elda ham talaygina 
olimlarning daqqat-e’tiborini qozondi. Yara kasalligini davolash uchun 
o’tkazilishi mumkin bo’lgan radikal jarrohlik amaliyotlarining ko’rsatmalarini 
aniqlashda qorin bo’shlig’i mikroflora holatini o’rganishdan tashqari quyidagi 
omillar bo’lishi zarurdir: me’da rezektsiya uchun mutloq, ko’rsatmalar borligi 
(stenoz, profuz qon ketishi, malignizatsiyaga shubha bo’lishi); nisbiy 
ko’rsatmalar borligi: yara penetratsiyasi, uning kallyoz xarakteri, antral bo’lim 
va katta egrilikdagi yaralar, yara anamnezining davomliligi, ilgari qaytalanib 
turgan qon ketishlar borligi (perforatsiya vaqtidan operatsiyagacha o’tgan vaqt 6 
soatdan oshmagan taqdirda, tajribali xirurg va texnik jihozlangan operatsiya 
xonasi, og’riqsizlantirish uchun zarur sharoitlar borligi). 
Teshilgan yaralarda me’dani rezektsiyasini bajarish natijalari teshilgan 
yarani tikib qo’yishdan afzaldir, biroq uni o’tkazish uchun ko’p sonli 
sharoitlarning zarurligi birlamchi rezektsiyalar sonini birmuncha kamaytiradi. 
Keyingi hol teshilgan yaralar shoshilinch xirurgiyasiga a’zoni saqlab 
qoladigan va vagotomiya bilan birga qilinadigan operatsiyalarning turli 
variantlari keng joriy qilinishi bilan bog’liq. Yarani kesib qilinadigan tutam 
vagotomiyasi va piloroplastika eng ma’qul usul sanaladi. 
Radikalligi nuqtai nazaridan bu operatsiya me’dani birlamchi rezektsiya 
qilishga tenglashtirilishi mumkin. Ayni vaqtda kamroq shikastlantirishi va 
o’limning birmuncha pastligi, uni xirurglar tomonidan odatdagi sharoitlarda 
qo’llanish mumkinligi bu operatsiyani istiqbolli qiladi.
Teshilgan yaralarda operatsiyaning eng muhim tomoni operatsiya paytida 
qorin bo’shlig’ining to’liq sanatsiyasi hisoblanadi. U nechog’lik puxta 
o’tkazilgan bo’lsa, operatsiyadan keyingi davr shunchalik oson o’tadi va 
yiringliklar hosil bo’lishi uchun imkoniyatlar kamayadi.

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish