Me’da va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalligining asoratlari
329
Yara penetratsiyasi
Bu perforatsiyaning sekin kechadigan turlaridan biri bo’lib,
penetratsiyaning 3 bosqichi farq qilinadi:
I – devorning hamma bo’limlari orqali o’tishi – devor ichi penetratsiyasi;
II – qo’shni a’zo bilan fibroz qo’shilib ketish bosqichi;
III – penetratsiyaning tugallanish va qo’shni a’zoga (kichik charvi, me’da
osti bezi, jigar, ko’ndalangchambar ichak yoki uning ichak tutqichi, diafragma,
taloqqa) kirishi.
Penetratsiyaning o’ziga xos simptomlari og’riqning kuchayishi, uning
doimiyligi, bel sohasiga, kurakka, bo’yinga (penetratsiya ro’y bergan a’zoga
ko’ra) tarqalishi, qattiq, tungi og’riqlar, konservativ davolashning foydasi
yo’qligi yoki kam naf berishidan iborat. Umumiy o’t yo’liga penetratsiya
bo’lishi mumkin, u o’t pufagiga kamdan-kam kiradi. Bu holda biliodigestiv
oqma yara hosil bo’ladi.
Me’da osti beziga penetratsiya orqaga o’rab oladigan og’riq bilan o’tadi,
me’da osti bezi boshchasiga penetratsiya bo’lganda sariqlik paydo bo’lishi
mumkin, me’da yarasi bez tanasiga teshilganda og’riq, kurakka, yurakka
tarqaladi.
Kovak a’zoga penetratsiya oqma hosil bo’lishi bilan
tugallanishi mumkin,
yo’g’on ichakka penetratsiya bo’lganda axlatda ovqat, axlat aralashgan, axlat
hidi keladigan qusish bilan o’tadi.
Penetratsiyali yaralarda, ayniqsa oqma paydo bo’lganda jarrohlik
amaliyotlari qiyinchilik bilan kechadi.
Piloroduodenal stenoz
Uning sababi ko’pincha o’n ikki barmoqli ichak yoki pilorik bo’limi, yoki
pilorik kanalidagi yarada periultseroz infiltrat, shish, spazm va chandiqdanish
bo’lishidir. Yarali anamnez odatda davomliligi, biroq, yoshi ulg’aygan va keksa
odamlarda kasallik paydo bo’lgan vaqtdan boshlab
1-3 oy ichida stenoz
rivojlangan hollar ma’lum.
330
Evakuatsiyaning buzilish darajasiga ko’ra stenozning 3 asosiy bosqichi farq
qilinadi.
Kompensatsiyalangan stenoz biror belgilarsiz o’tadi: ovqatning toraygan
uchastka orqali qiyinlik bilan o’tishi me’daning kuchaygan peristaltikasi bilan
qoplanadi, ya’ni kompensatsiyalanadi. Klinik jihatdan yara kasalligining
odatdagi simptomlari fonida me’daning to’lib ketish sezgisi, epigastriyda,
ayniqsa ko’p ovqat eyilgandan keyin og’irlik paydo bo’ladi. Nordon kekirish,
ba’zan me’da suyuqligi aralash nordon hidli qayt qilish engillik beradi.
Rentgenologik tekshiruvda me’da o’lchami normal, biroq gipermotorika,
bariyning o’rtacha tutilib qolishi aniqlanadi.
Subkompensatsiyalangan stenoz me’dada to’liqlik hissi palag’sa bo’lgan
tuxum hidi keladigan yoqimsiz kekirish, sanchiqsimon og’riq, qorin quldirashi
bilan o’tadi. Qusish ko’prok bo’ladi, bemorlar o’zlarini qusishga majbur
etadilar, u engillik beradi. Qusuq massasida undan oldin yoyilgan ovqat
qoldiqlari bo’ladi. Bemorlarning ahvoli yomonlashadi, holsizlanish, ozib ketish,
suv-elektrolit balansi buzilishlari ifodalangan. Ob’ektiv tekshirishda
epigastriyda «chayqalish shovqini» qayd qilinadi. Rentgenologik nahorga
me’dada suyuqlik, uning peristaltikasi sustlashgan, toraygan piloduodenal kanal
orqali sekinlashgan evakuatsiya qayd qilinib, bariy 6-12 soatgacha tutilib qoladi.
24 soat o’tgach me’dada bariy bo’lmaydi.
Dekompensatsiyalangan stenoz me’dada suyuqlik evakuatsiyasining keskin
buzilishi, umumiy holatning yomonlashishi bilan o’tadi. Me’dada suyuqlikning
turib qolishi me’daning cho’zilib ketishiga, dilatatsiyasiga olib keladi, me’dada
bir necha litrgacha badbo’y suyuqlik to’planib qoladi, palag’sa bo’lgan tuxum
hidi keladigan kekirish paydo bo’ladi. Atayin qo’zg’atilgan qusishdan keyin
bemor ahvoli vaqtinchalik engillashadi, biroq tez-tez qayt qilish, ko’p mikdorda
suyuqlik, xloridlar, kaliy ionlari yo’qotish degidratatsiyaga, qonning
quyuklashuviga, xloridlar kamayishiga, alkaloz, diurez kamayib ketishiga olib
keladi.
331
Bemorlarning umumiy ahvoli yomonlashadi, ular ozib ketadi, teri
qoplamining elastikligi pasayadi, adinamiya bo’ladi. Qorin devorining
turtkisimon chayqalishlarida «chayqalish shovqini», me’dada ko’zga
ko’rinadigan qisqarish aniqlanadi.
Rentgenologik tekshiruvda qabul qilingan kontrast aralashmasi pastga
tushadi va me’da kosacha ko’rinishini oladi, bunda me’daning pastki qutbi
taroqsimon chiziqdan 6-10 sm pastga tushadi, tekshirish vaqtida suyuqlik
evakuatsiyasi bo’lmaydi, me’da peristaltikasi sekinlashadi yoki bo’lmaydi,
me’dada bariy 24 soat va bundan ko’p vaqt tutilib qoladi.
Dekompensatsiya bosqichida bemorda keskin suvsizlanish, kaxeksiya
rivojlanishi mumkin, buyrakda qon oqimi pasayadi, diurez kamayadi, nordon
mahsulotlar siydik bilan chiqarilmaydi, alkaloz atsidozga o’tadi, og’ir hollarda
gastrogen tetaniya rivojlanadi (talvasa, trizm, «akusher qo’li» – Trusso
simptomi).
Bunday asoratlar operatsiyadan oldingi korrektsiyani qunt bilan o’tkazish,
bemorlarni reanimatsion bo’limga yotqizishni taqozo etadi.
Piloroduodenal stenozlarni operatsiya yo’li bilan davolash. Operatsiyaning
maqsadi bir tomondan o’tkazuvchanlikni tiklash va ayni vaqtda yara kasalligini
batamom tuzatib yuborish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Hozirgi
vaqtda piloroduodenal soha stenozlarini davolashning ko’p sonli usullaridan
asosan 3 turi kullaniladi: 1 – radikal operatsiyalar – dekompensatsiyalangan
stenozda me’daning 2/3 qismini rezektsiya qilish gastrodudenoanastomoz
Bilrot-I (72-rasm) yoki gastroenteranastamoz Bilrot-II (73-rasm) usulida
bajariladi (o’n ikki barmoqli ichakning stenozlovchi yarasi va me’da yarasining
qo’shilib kelishi; duodenostaz bo’lganda ham), ikki tomonlama tutam
vagotomiyasi bilan antrumektomiya (o’sha ko’rsatmalar bo’lganda va
kislotalilikning yuqori raqamlarida) utkaziladi; II – palliativ operatsiyalar –
me’dani
drenajlashning
har
xil
turlari
(gastroenteroanastomoz,
gastroduodenoanastomoz, piloroplastika). Biroq operatsiyalarning bu turlari
alohida variantda, juda og’ir yotgan, holsizlangan va keksa bemorlardagina
332
qo’llanilishi mumkin, chunki saqlanib qolgan kislota hosil qiladigan va sekretor
funktsiyalar peptik yaralar paydo bo’lishiga olib keladi; III – a’zoni saqlab
qoladigan operatsiyalar vagotomiyaning turli variantlari (tutam, selektiv,
selektiv proksimal, vagotomiyaning boshqa har xil variantlari) bilan birga
o’tkaziladigan me’dani drenajlovchi operatsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |