Kindik churralari
Kindik halqasi orqali o’tadigan churralarga kindik churralari deyiladi.
Kindik churralari hamma churralarning 6-8 foizini tashkil qiladi. Quyidagilar
farq qilinadi: 1) kindik kanalchasining tug’ma churralari; 2) go’dak bolalardagi
orttirilgan kindik churralari; 3) kattalarning kindik churralari.
Anatomik ma’lumotlar. Qorin oldingi devori strukturasida kindik sohasini
bo’sh joy deb hisoblash mumkin. Embrional davrda kindikning shakllanishi
murakkab jarayondir. Normada antinatal davrning 6-oyidayoq kindik halqasi
hosil bo’ladi, uning o’lchami asta-sekin kichrayib boradi va tug’ilishdan bir
necha kun o’tgach tushgan kindik o’rnida ichiga botgan yamoqcha xolida uzil-
kesil berkilib qoladi. Bu sohada aksariyat qorin oldingi devorining tug’ma
rivojlanish nuqsonlari, shuningdek katta yoshdagi odamlarda churralar
kuzatiladi.
Hatto normal sharoitlarda kindik sohasi bir muncha beqaror strukturalar –
teri, kindik fastsiyasi va qorin pardasi bilan berkilgan bo’ladi.
Kindik halqasi serbar va fastsiyasi sust rivojlangan bo’lganda churralar
paydo bo’lishi uchun shart-sharoitlar vujudga keladi. Kindik halqasining muskul
pardasi bo’lmagan faqat kindik venasi o’tadigan yuqori bo’limi pastki
bo’limidan kuchsiz bo’ladi. Kindik fastsiyasining to’rtta biriktiruvchi to’qima
tortmalari bilan mahkamlanganligini eslatib o’tish lozim: bitib ketgan kindik
venasi, kindik arteriyalari va obliteratsiyalangan siydik yo’li. Biroq fastsiya
yaxshi rivojlangan qorin to’g’ri muskullari va uning kindik halqasi diametrini
toraytiradigan qin aponevrozlari bo’lgandagina pishiq bo’ladi. Shuning uchun
302
kindik churrasi, odatda, to’g’ri qorin muskullari sust rivojlangan ayollarda
(80%) va bolalarda kuzatiladi.
Kindik tizimchasi churrasi yoki kindik churrasi (omphalocele) rivojlanish
nuqsonidan iborat bo’lib, bunda bola tug’iladigan fursatda qorin bo’shlig’i
qisman qorin pardasidan tashqarida – amnion, Vartanov liqildog’i va birlamchi
oddiy qorin pardasidan tashqil topgan kindik pardalarida joylashadi (ichakning
aylanish jarayoni buzilishi natijasida, qorin bo’shlig’ining o’sib etilmaganligi
yoki qorin oldingi devorining yopilishi buzilishidan). Qorin oldingi devori
rivojlanishining to’xtash vaqtiga ko’ra kindik churralarining 2 turi – embrional
va fetal churralar tafovut qilinadi. Embrional churralarda jigarda Glisson
kapsulasi bo’lmaydi va u kindik pardalari bilan qo’shilib ketadi.
Churra o’lchamlariga ko’ra kichiqroq – 5 sm gacha, o’rtacha – 10 sm
gacha, kattalari – 10 sm dan katta bo’ladi.
Churra pardalari holatiga ko’ra: asoratlangan (pardalarining yirtilishi,
ularning yiringli parchalanishi, ichak oqmalari) va asoratlanmagan (pardalari
o’zgarmagan) turlariga bo’linadi.
Kindik tizimchalarining churralari bo’lgan bolalarning taxminan 65 foizida
rivojlanish nuqsonlari (yurak, me’da-ichak yo’li, siydik-tanosil sistemasining)
birga uchraydi.
Tug’ilishdan keyin dastlabki soatlarda churra xaltachasini hosil qiladigan
kindik pardalari yaltiroq, tiniq, oqimtir rangli bo’ladi. Biroq birinchi sutka
oxirida ular quriydi, loyqa tortadi, so’ngra infektsiyalanadi va fibrin qatlamlari
bilan qoplanadi. Pardalar yupqalashganda va yirtilganda eventeratsiya yuz
beradi.
Davolash operatsiya usulida va konservativ bo’ladi.
Operatsiyaga mutloq monelik qiladigan xollarga tug’ma yurak nuksoni,
bolaning oy-kuni ancha to’lmasdan tug’ilishi va og’ir kalla suyagi-miya shikasti
kiradi.
Diametri 5-7 sm li churralarda qorin oralig’i devori qatlam-qatlam qilib
tikiladi.
303
Diametri 7-9 sm li churralarda faqat teri tikiladi.
Katta o’lchamli churralar qorin ichi bosimining xayot uchun xavfli oshib
ketishi sababli operatsiyaga nisbiy monelik qiladigan xol xisoblanadi. Bunday
xollarda churraga steril bog’lam qo’yiladi va qorin devorini yopishkoq plastir
tilishlari bilan tortib qo’yiladi. Bunday chaqaloqlarning talaygina qismi peritonit
va sepsisdan nobud bo’ladi.
Agar bu kasallar oyi-kuni to’lib va qo’shilib keladigan og’ir rivojlanish
nuqsonlarisiz tug’ilgan bo’lsalar Gross bo’yicha 2 boskichli operatsiya qilish
yoki nuqsonni alloplastik material bilan yopish mumkin.
Go’daklarda kindik churralari xayotining dastlabki oylarida rivojlanadi yoki
keyinchalik hosil bo’ladi. Bolalarda kindik churralari ular yig’laganda, qattiq
yo’talganda va fimozda doimiy kuchanganda, oriqlab ketganda vujudga keladi.
Bolalarda kindik churralari odatda katta o’lchamli bo’lmaydi va oson joyiga
tushadi. Qisilib qolish xollari kamdan-kam uchraydi.
Davolash.
Taktikasi churra turiga va bolaning yoshiga bog’lik. Chaqaloq va
yosh bolalarda qorin pressi o’sishi va rivojlanishi jarayonida odatda bola 3-5
yoshga, ba’zan 5-6 yoshga etganda churraning o’z-o’zidan tuzalib ketishi
kuzatiladi. Bundan kechroq muddatlarda kindik halqasi o’zicha yopilmaydi.
Operatsiya kilib davolash kerak bo’ladi.
Kengaygan kindik halqasi yopilishiga quyidagi tadbirlar imkon beradi:
1) kindik soxasiga paxtaga o’ralgan yassi karton parchasini qo’yib qo’yish.
Uning chekkalari churra teshigi chekkalarini yopib turishi lozim. Bog’lam 1
oycha qo’yiladi, so’ngra alishtiriladi;
2) qorin pressini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan massaj va
gimnastika. Davo bolaning 1 oyligidan boshlanadi;
3) qorin muskullarini doimiy tarang qilib turadigan asosiy kasallikni
davolash;
4) to’g’ri rejim, vannalar, to’g’ri ovkatlanish. Konservativ davo yordam
bermaganda (odatda 2-3 yildan keyin) va churra qisilganda operatsiya qilishga
to’g’ri keladi.
304
Do'stlaringiz bilan baham: |