Xirurgik kasalliklar


Son churrasi (hernia femoralis)



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
Son churrasi (hernia femoralis) 
Kamroq uchraydi va Pupart boylamidan pastda joylashadi, ko’proq 
ayollarda (1:5) va chap tomonda kuzatiladi. 
Son kanali anatomiyasi. 
Chov boylami, yonbosh va son suyaklari (arcus 
femoralis) o’rtasida joylashgan bo’shliq yonbosh fastsiyasi (arcus iliopectoralis) 
tarmoqlari vositasida 2 qismga (lacuna musculorum va lacuna vasorum) 
bo’linadi. 
Muskul lakunasi orqali m. iliopsoas va n. femoralis, tomir lakunasi orqali a. 
et v. Femoralis o’tadi, qov suyagi gorizontal tarmog’i periostidan m. pectineus 
bilan qoplangan fascia pectinea chiqadi. Fascia pectinea va Pupart boylami 
o’rtasidagi burchak biriktiruvchi to’qima plastikasi – lig. lacunare Gimbernati 


298 
bilan to’lgan. Jimbernat boylami bilan son venasi o’rtasidagi bo’shliq, yog’ 
kletchatkasi va Pirogov-Rozenmyuller chuqur chov limfa tuguni bilan to’lgan va 
son halqasi (anulus femoralis) deyiladi. Oldingi tomondan u chov boylami, 
orqadan esa taroqsimon boylam va shu nomli fastsiya bilan chegaralangan. 
Churra ochib boradigan yo’l normada bo’lmaydigan son kanali deb ataladi. 
Kanalning ichki teshigi bo’lib son halqasi xizmat kiladi, u qorin bo’shlig’i 
tomonidan ko’ndalang qorin fastsiyasi bilan yopilgan, bu soxada u limfatik 
tomirlar hisobiga ravoqlangan bo’ladi. Son kanalining tashqi halqasi hiatus 
saphenus hisoblanadi. 
Kanalning o’zi uch qirrali shaklga ega: uning oldingi devori son serbar 
fastsiyasining o’roqsimon chekkasi, lateral devori – son venasi, orqa medial 
devori – yonbosh taroqsimon fastsiyadan tashkil topgan. Son kanali uzunligi 1-3 
sm. 
Son churrasini joylashuviga ko’ra tomir-lakunar, jimbernat-boylam va 
muskul-lakunar turlarga bo’lish mumkin. 
Son churrasining eng ko’p uchraydigan, ya’ni tipik turi tomir-lakunar tur 
hisoblanadi. Son churralari aksariyat churra hosil bo’lishiga anatomik moyillik 
tug’diradigan omillari bo’lgan ayollarda kuzatiladi, chunki ularning chanog’i 
katta, alohida qiyalikka ega, son halqasi o’lchamlari katta (anulus femoralis eni 
ayollarda 1,8 sm, erkaklarda esa 1,2 sm), oval teshik katta va uning yuqori shohi 
kaltalashgan. 
Unutmaslik kerakki, 28,5% hollarda a. obturatoria, a. epigastrica 
inferiordan anomal uzoqlashadi va bunday xollarda son kanalining ichki halqasi 
uchala tomondan tomirlar (v. femoralis, a. epigastrica inferior, a. obturatoria) 
bilan o’ralgan bo’ladi. 
Bunday joylashuv «ajal toji» (corona mortis) degan nom olgan, chunki 
qisadigan xalqani kesish vaqtida a. obturatoria shikastlanganda o’limga sabab 
bo’ladigan qon oqishi ro’y berishi mumkin. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish