Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
Diafragma churralari 
Diafragma churrasi deb, qorin bo’shlig’i a’zolarining diafragmadagi tug’ma 
yoki orttirilgan nuqson orqali ko’krak bo’shlig’iga surilishiga aytiladi. 
Klassifikatsiyasi va klinikasi. 
Barcha diafragmal churralar ikkita katta 
sinfga: travmatik va travmatik bo’lmagan churralar turlariga bo’linadi. Churra 
qopining bor yoki yo’qligiga bog’liq holda, churralar soxta va chin churralar deb 
ham nomlanadi. Travmatik diafragmal churralar odatda soxta bo’lib chiqadi, 
biroq chin bo’lishi, ya’ni qorin churrasi qopiga ega bo’lishi ham mumkin, bu 
ko’krak-qorin to’sig’ining jarohati hajmiga bog’liq bo’ladi. Travmatik 
bo’lmagan chin diafragma churralari qaerda joylashganidan qat’iy nazar, tug’ma 
va orttirilgan bo’lishi mumkin. 
Diafragmal churralarining quyidagi tasnifi keltirilgan (B.V. Petrovskiy 
bo’yicha): 
Travmatik churralar: soxta va chin. 
Travmatik bo’lmagan churralar: 
1. Soxta tug’ma churralar. 
2. Diafragma kuchsiz sohalarining chin churralari. 
3. Atipik lokalizatsiyali chin churralar. 
4. Diafragma tabiiy teshiklarining churralari: 
a) qizilo’ngach teshigi churrasi; 
b) diafragma tabiiy teshiklarining kam uchraydigan churralari. 


239 
58-rasm. Diafragmal churralarining turlari. 
а – paraezofageal churra; б – diafragmaning qizilo’ngach teshigining churrasi; в – chin 
diafragmal churra; г 

soxta diafragmal churra. 
Diafragmal churralarning umumiy simptomatikasi.
Diafragmal 
churralarning klinik ko’rinishlari uchta asosiy omilga bog’liq bo’ladi: 
1. diafragmadagi nuqson orqali ko’krak qafasiga tushgan churra 
darvozalaridagi qorin bo’shlig’i a’zolarining ezilishi va buralib qolishi; 
2. churraga tushgan qorin bo’shlig’i a’zolarining o’pkaga kompressiyasi va 
ko’ks oralig’i surilishi; 
3. difragma funktsiyalarining buzilishi va to’xtashi. 
Shunga muvofiq holda diafragmal churralarda uchraydigan barcha 
simptomlar quyidagilarga bo’linishi mumkin: 
a) joyi o’zgargan qorin bo’shlig’i a’zolari faoliyatining buzilish muddati 
bilan bog’liq gastrointestinal belgilar;


240 
b) o’pkaning ezilishi va yurakning surilishiga bog’liq kardiorespirator 
simptomlar. 
Bemorlar to’sh osti sohasida, ko’krak qafasida, qovurg’alar ostidagi og’irlik 
sezgisi va og’riqdan, ayniqsa ko’proq ovqat eyilgandan keyin paydo bo’ladigan 
nafas qisishi va yurak urishiga shikoyat qiladilar. Ko’pincha churra tomondagi 
ko’krak qafasida bilqillagan va quldiragan tovushlar eshitiladi, bemor gorizontal 
holatda yotganda nafas qisishi kuchayadi. 
Ovqatlangandan so’ng bemor egan ovqatini qayt qilgach keyin o’zini 
birmuncha engilroq his qiladi. Qizilo’ngachning ham buralib qolishi bilan 
kechadigan me’da buralishida, paradoksal disfagiya belgilari rivojlanadi (qattiq 
ovqat suyuq ovqatdan ko’ra osonroq o’tadi). Klinik belgilarning yuzaga chiqish 
darajasi, bevosita me’da-ichak yo’llarining to’liqlik darajasiga bog’liq bo’lishi, 
katta diagnostik ahamiyatga ega. 
Ko’krak qafasining tegishli yarmidagi yoki epigastral sohadagi qattiq 
og’riqning orqaga, kuraklarga o’tishi – diafragmal churraning qisilib qolganidan 
darak beradi. Kovak a’zoning qisilib qolishi, uning devorini nekrozga uchrashi 
yoki teshilishi, piopnevmotoraks rivojlanishiga va uning avj olishiga olib kelishi 
mumkin. 
Anamnezda jarohatlanish bo’lgani, yuqorida sanab o’tilgan shikoyatlarning 
borligi, zararlangan tomonda ko’krak qafasi xarakatchanligining pasayishi va 
qovurg’alararo oraliqlarning kengayganligi, uzoq muddatdan beri mavjud 
bo’lgan churralarda – qorinning ichga botishi, ko’krak qafasining tegishli yarmi 
ustida to’mtoq tovush yoki timpanitning aniqlanishi, me’da va ichaklarning 
to’lish darajasiga ko’ra tovush kuchining o’zgarishi, bu sohada ichak 
peristaltikasi yoki chayqalish shovqini eshitilayotganda nafas shovqinlarning 
sustlashishi yoki mutlaqo bo’lmasligi, ko’ks oralig’idagi to’mtoq tovushning 
sog’ tomonga surilishi, diafragmal churra borligiga xaqida dalolat beradi. 
Odatda, uzil-kesil diagnoz rentgenologik teshiruv natijasiga qarab qo’yiladi. 
Rentgenologik manzarada: ko’krak qafasiga surilgan qorin a’zolari tabiati va 
hajmiga, me’da-ichak yo’llarining to’lish darajasiga bog’liq. 


241 
Me’da tushishida ko’krak qafasining chap tomonida suyuqlik ichish va 
ovqat eyishda ko’tarilgadigan katta gorizontal sath ko’rinib turadi. Ingichka 
ichak qovuzloqlari tushganda o’pka maydoni fonida ayrim yorug’langan va 
soyalashgan qismlar ko’rinib turadi. Taloq yoki jigarning surilganligi o’pka 
maydonining tegishli bo’limida qorong’ulanish beradi. Ayrim bemorlarda 
diafragma gumbazi va undan yuqorida joylashgan qorin a’zolari yaxshi ko’rinib 
turadi. 
Me’da-ichak sistemasi a’zolarini kontrast modda yordamida tekshirilganda, 
churraga tushgan a’zolarning tarkibi va tabiati aniqlanadi. Churraga tushgan 
a’zolarni diaframadagi teshik sathida bosib ko’rish asosida (churra darvozalari 
simptomi) churra darvozalarining joylashgan joyi va o’lchamlari aniqlanadi. 
Davolash: diafragmal churralarda siqilish imkoniyati borligini hisobga olib, 
profilaktik niyatda operatsiya qilish kerak bo’ladi. Churra o’ng tomonlama 
joylashganda operatsiyani IV qovurg’alar orasida bajariladigan transtorakal 
kesma (yo’l) orqali qilinadi, parasternal churralarda qulayroq kesma yuqori-o’rta 
laparotomiya, chap tomonlama churralarda esa VII-VIII qovurg’alararo 
transtorakal kesmalar tavsiya etiladi. Amaliyot jarayonida bitishmalar 
ajratilgach, diafragmadagi nuqson chetlari ozod qilingandan so’ng, surilgan 
a’zolar qorin bo’shlig’iga joylashtiriladi va nuqson alohida tugunli choklar 
yordamida dublikatura hosil qilib tikiladi. 
Nuqson o’lchamlari katta bo’lganda diafragmani kapron, neylon, teflon 
kabilardan tayyorlangan protezlar yordamida (alloplastika) mustahkamlash 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Parasternal churralarda (Larrey churrasi, retrosternal 
churra) surilgan a’zolar o’z bo’shlig’iga joylashtiriladi, churra xaltasi kesib olib 
tashlanadi, diafragma nuqsoni chetlariga va qorin mushaklari qinining orqa 
varag’iga, suyak ustki pardasi, to’sh va qovurg’alarga birin-ketin П-simon 
choklar qo’yiladi.
Qisilgan diafragmal churralarda transtorakal yo’l bilan kiriladi, qisib turgan 
halqa kesilgach, churra xaltasining tarkibini tashkil qiluvchi a’zolar sinchkovlik 
bilan tekshiriladi. A’zoning yashashga moyilligi saqlangan bo’lsa, uni qorin 


242 
bo’shlig’iga kiritilib, churra darvozasi defekti bartaraf etiladi. Agarda hayotga 
noloyiq holat topilsa, ya’ni a’zo ortga qaytmas o’zgarishlarga uchragan bo’lsa, 
uni olib tashlash lozim bo’ladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish