Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Davolash.
Diafragmaning qizilo’ngach teshigi asoratlanmagan 
sirpanuvchan churralarida me’da-qizilo’ngach reflyuksini pasaytirishga, ezofagit 
hodisalarini kamaytirishga, qorin bo’shlig’i ichidagi bosim oshishining oldini 
olishga qaratilgan muolajalar olib boriladi. Bemorlarga tanasining bosh 
tomonini baland ko’tarib qo’yib uxlash, gavdani reflyuks paydo bo’lishini 
engillashtiradigan holatlarga yo’l qo’ymaslik, ichak faoliyatini muntazam 
ravishda kuzatib turish tavsiya qilinadi. 
Qizilo’ngach teshigi churrasi borligiga bog’liq holda kasallikning klinik 
manzarasi og’ir bemorlarda terapevtik choralarning natija bermasligi, jarrohlik 
usulda davolash uchun bosh ko’rsatma hisoblanadi. 
Operatsiya qorin a’zolarini joyiga solish va diafragmaning qizilo’ngach 
teshigi defektini bartaraf etishdan iborat. Paraezofagial churra kardiya 
etishmovchiligi bilan birga kelganda Nissen taklif etgan usul bo’yicha 
fundoplikatsiya operatsiya amalga oshiriladi. 
Diafragma relaksatsiyasi 


245 
Diafragma relaksatsiyasi – diafragmaning yupqalashishi oqibatida unga 
yaqin joylashgan qorin bo’shlig’i a’zolarining ko’krak bo’shlig’iga qarab 
surilishi nazarda tutiladi. Bu holatda diafragma yopishadigan chetlari odatdagi 
joyda qoladi. Relaksatsiyaning tug’ma (diafragma mushaklarining to’liq o’sib 
etilmaganligi yoki aplaziyasi zamirida) va orttirilgan (aksariyat diafragmal nerv 
shikastlanishi natijasida) turlari tafovutlanadi. 
Diafragmaning butun gumbazi zararlanib ko’krak qafasiga surilgan bo’lsa, 
relaksatsiya to’liq va uning biror bo’limi (chegaralangan bo’limi) 
yupqalashganda qisman bo’lishi mumkin. Diafragma relaksatsiyasida 
zararlangan tomondagi o’pkaning ezilishi va ko’ks oralig’ining qarama-qarshi 
tomonga surilishi ro’y beradi, me’da yoki ichakning ko’ndalang va uzunasiga 
buralishi yuz berishi ehtimoli ham bo’ladi. 
Klinik manzarasi. Chegaralangan o’ng tomonlama relaksatsiyada belgilar 
diafragmal churradagi singari bo’ladi. Churraning darvozalari yo’qligi hisobiga, 
bu holatda qisilib qolish xavfi bo’lmaydi. Diagnoz – qorin bo’shlig’i 
a’zolarining ko’krak qafasining tegishli yarmiga surilishi, o’pkaning ezilishi, 
ko’ks oralig’i a’zolarining surilish belgilari asosida qo’yiladi. Rentgenologik 
tekshirish diagnozni tasdiqlaydigan asosiy usul hisoblanadi. Ko’krak qafasiga 
surilgan a’zolar ustidan diagnostik pnevmoperitoneum qo’yilganda diafragma 
soyasi aniqlanadi. 
Davolash. 
Aniq ifodalangan klinik simptomlar bo’lganda jarrohlik usulida 
davolash zarur bo’ladi. Operatsiya surilgan qorin bo’shlig’i a’zolarini normal 
holatga keltirish va yupqalashgan diafragmaning dublikaturasini hosil qilish 
yoki uni polivinilalkogol, teri-mushak laxtaklari yordamida plastika qilishdan 
(mustahkamlash) iborat. 


246 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish