Xirurgik kasalliklar


Nekrozlangan ichak rezektsiyasidan keyingi tiklanish bosqichi



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Nekrozlangan ichak rezektsiyasidan keyingi tiklanish bosqichi. 
Ichakning ikkala uchini oqmalar ko’rinishida qorin devoriga chiqarilgandan 
keyin eng yaxshi natijalar kuzatiladi. Ichakning distal uchini tikib qo’yishdan va 
uning proksimal uchini anus ko’rinishida chiqarishdan iborat bo’lgan Gartmann 
operatsiyasi o’zini yaxshi oqlada. Ayrim klinikalardagi ijobiy tajribaga qaramay, 
sigmasimon chambar ichak nekrozida birlamchi anastomoz qo’yish yaxshi natija 
bermadi. 
Sigmasimon chambar ichakning nekrozsiz buralishida, yuqorida ko’rsatib 
o’tilganidek rezektsiya va birlamchi anastomoz ahvoli og’ir bo’lmagan, 
intoksikatsiya belgilari yo’q yoki juda kam yosh bemorlarda qilinishi mumkin. 
Bu operatsiyaga engillashtiruvchi tsekostomiya majburiy qo’shimcha 
hisoblanadi. 
Ichak buralishiga ko’p vaqt bo’lganligi, intoksikatsiya, boshqa organlarning 
birga keladigan patologiyasi, ko’ndalang va pastga tushadigan chambar 
ichaklarda ichak suyuqligining talaygina yig’ilib qolishi sigmasimon ichakni 
rezektsiya qilmasdan buralishi shunchaki to’g’rilab qo’ya qolish uchun asos 
bo’ladi. 
Ichakning obturatsion tutilib qolishidagi taktika. 
Ichak obturatsiyasi 
turli-tuman sabablardan kelib chiqishi mumkin. Ulardan asosiylari: ichak 
buralishi yoki bitishmalar va chandiqli tortmalardan bosilishi, yo’g’on va 
ingichka ichakning xavfli va (kamroq) xavfsiz o’smalari, bo’shlig’ini axlat va 
o’t toshlaridan obturatsiyasi, ichakning gijjalardan bekilib tutilib qolishi, 
ichakning chandiqli strikturasi hisoblanadi. 


436 
Gijja invaziyasidan tutilib qolish ko’pincha askaridalardan bo’ladi, bunda 
to’siq bo’lgan joy odatda yonbosh ichakda joylashadi. Laparotomiya vaqtida 
xirurg gijjalar to’plamini tugatishi va ularni qism va qism ichakning quyi 
kesigiga va ko’richakka surib qo’yishi kerak. Askaridalar eng ko’p to’plangan 
joyda ichak devorining yupkalashib qolganligi yoki unda organik o’zgarishlar 
bo’lishi ichakni qisman rezektsiya qilib, anastomoz qo’yishga ko’rsatma 
hisoblanadi. Odatdagi enterotomiya qilish va teshik orqali askaridalarning 
minimal miqdorini chiqarish ham mumkin. 
Tutilib qolish ingichka ichakning terminal bo’limida joylashgan gijja 
invaziyasidan farqli ravishda o’t toshi tiqilib qolishi och ichakda va hatto uning 
boshlang’ich bo’limida eng ko’p uchraydi. To’siq yuqorida joylashganda 
kasallik tez va og’ir kechadi. Tutilib qolishning bu turida enterotomiya qilinadi 
va o’t toshi olib tashlanadi, bunda tikishni osonlashtirish va shaklini kamroq 
buzish uchun ichakni ko’ndalangiga kesgan ma’qulroq. 
O’sma yo’g’on ichak obturatsiyasiga eng ko’p sabab bo’ladi. 75% hollarda 
tutilib qolish o’sma chambar ichakning chap yarmida joylashganda va ularning 
50% rektosigmoid burchakda rivojlanadi. Bu pastga tushadigan chambar ichak 
diametrining birmuncha kichikligi va unda shakllanib bo’lgan, zich axlat 
massalari borligi bilan izoxlanib, bu tutilib qolish vujudga kelishiga yordam 
beradi. Operatsiya xarakteri to’g’risidagi masalani echishga bemor ahvoliga 
kompleks baho berish, o’sma bor joydagi va ichakning olib keladigan kesigidagi 
lokal o’zgarishlar yordam beradi. Xirurg malakasini, anesteziologik ta’minot va 
shunga o’xshashlarni ham e’tibordan chiqazib bo’lmaydi. 
Radikal operatsiyani ko’tara olmaydagan og’ir bemorlarda ichaklarda turib 
qolgan suyuqlikni chiqarish va intoksikatsiyani yo’qotish uchun avvalgi 
o’smadan yuqorida axlat oqmasi (axlat yo’li) qo’yish kerak. Metastazlar 
bo’lganda yoki o’sma qo’shni organlarga o’sib kirganda operatsiyaning bu 
bosqichi yagona hisoblanadi. 
Bemorning ahvoli engilroq bo’lganda o’smasi bo’lgan ichak birlamchi 
rezektsiya qilinishi, keyin axlat oqmasi chiqarilishi mumkin. 


437 
Operatsiyadan keyingi davrda intensiv davolashning tobora ortib 
borayotgan imkoniyatlari obturatsion tutilib qolishda birlamchi rezektsiyani 
bajarishga ko’rsatmalarni birmuncha kengaytirishga imkon berdi. Biroq 
yuqorida aytib o’tilganidek asosiy operatsiyani ko’richakka engillashtiruvchi 
oqma qo’yish bilan to’ldirish, shuningdek qo’yilgan. anastomozdan yuqorida 
orqa chiqaruv yo’li orqali ichak zondi kiritish yo’li bilan olib keladigan 
bo’limning to’liq dekompressiyasini ta’minlash zarur. Ko’pgina mualliflar 
anastomoz parietal qorin pardasi bilan bekitilganda uning yaxshi bitishini qayd 
qiladilar. 
Stenozga olib keladian o’sma ko’richak yoki yuqoriga ko’tariladigan 
chambar ichakda joylashgan bo’lsa, aksariyat birlamchi rezektsiyadan 
foydalanishga to’g’ri keladi. Biroq chambar ichak o’ng yarmi o’smalari uchun 
xarakterli metastazlanish munosabati bilan ko’pincha yonbosh va yuqoriga 
ko’tariladigan yoki ko’ndalang chambar ichaklar orasiga aylanma anastomozlar 
qo’yiladi. 
Invaginatsiya – obturatsiya bilan strangulyatsiya orasida oraliq holatini 
egallaydigan ichak tutilishining turidir. Katta yoshdagi odamlarda invaginatsiya 
kam uchraydi. Odatda, yonbosh ichak ko’richak ichiga kiradi. Operatsiya 
xarakteri invaginatda operatsiya vaqtigacha ro’y bergan mahalliy o’zgarishlarga 
bog’liq. Invaginatsiyani ko’pincha yuqoriga ko’tariladigan ichak tomonidan 
invaginat boshchasini asta-sekinlik bilan bosib, shunchaki to’g’rilash bilan yo’q 
qilishga muvaffak bo’linadi. Destruktiv o’zgarishlar bo’lganda ichakni 
rezektsiya qilish (qon oqimi bo’zilishi sababli ro’y bergan nekroz) odatda 
ileotranverzoanastomoz qo’yish bilan tugallanadi. 
Ichak buklanishi yoki uning boshqa deformatsiyasi natijasida paydo 
bo’lgan bitishmadan tutilib qolishda ichak o’tkazuvchanligini tiklash uchun 
ko’pincha bitishma yoki tortmani kesishning o’zi kifoya qiladi. Katta 
ko’lamdagi bitishma jarayoni tutilib qolgan joyni hamavaqt to’g’ri aniqlashga 
imkon beravermaydi, shuning uchun bunday sharoitda passajdan ichak 


438 
qovuzloqlari yig’indisini uzib qo’yadigan aylanma anastomoz qo’yish juda 
maqsadga muvofiq. 
Adabiyotda ichakning o’tkir tutilib qolishini bartaraf qilish va Nobl 
operatsiyasini bir vaqtda bajarish to’g’risida axborotlar bor. Bunday taktikani, 
aftidan, bemorlarning bir qismi uchun to’g’riligini tan olish va bu operatsiyani 
katta tajribaga ega xirurglar bajarishi lozimligini ta’kidlab o’tish zarur. 
Ichakni turib qolgan suyuqlikdan xoli qilish va operatsiyadan keyingi 
davrda uning bemalol oqib ketishiga sharoit yaratishga ingichka ichakning 
hammasini, zarur bo’lganda yo’g’on ichakni ham intubatsiya qilish yo’li bilan 
erishiladi. Ichakni dekompressiya qilish va uning parezini dori-darmonlar bilan 
davolash bilan
 
birga ichak tutqichni 0,25% li novokain eritmasi bilan blokada
 
qilish tavsiya etiladi, bu ham peristaltika tiklanishiga imkon beradi. Ichakda 
morfologik o’zgarishlar bo’lmaganda yoki kam yuzaga chiqqanda erta 
bajariladigan operatsiyalar hajmi (bitishmani qirqish, ichak bo’shlig’ini 
ochmasdan stomani chiqarish), qorin bo’shlig’ini drenaj qilishga ehtiyoj 
qolmaydi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish