Xirurgik kasalliklar


O’tkir ichak tutilishini xirurgik davolash



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

O’tkir ichak tutilishini xirurgik davolash. 
Ichak tutilganda yoki unga shubxa qilinganda zarur tadbirlardan biri qorin 
bo’shlig’ining hamma organlariga kiriladigan yo’lni vujudga keltirish 
hisoblanadi. Buni avvalo miorelaksantlardan foydalanib o’tkaziladigan 
endotraxeal narkoz bilan ta’minlanadi.
Bemorning ichagi bitishmadan tutilib qolganda xirurg navbatdagi 
operatsiya qilinishida qiyin ahvolda qoladi. Shunga o’xshash har bir holda 
masala individual xal qilinadi, biroq har qanday yo’l orqali kirishda odatda 
o’zaro va parietal qorin pardasi bilan yopishgan ichak qovuzlogini katta 
masofada ozod qilishga to’g’ri kelishini unutmaslik kerak. Shuning uchun eski 
chandik bo’yicha uni kesib o’rta yo’l bo’ylab kirishdan foydalanish kerak. 
Bunda eng muximi qorin bo’shlig’iga kirish vaqtida ichak qovuzlog’ini 
jaroxatlab qo’ymaslik hisoblanadi. 
Laparotomiya bajarilgandan keyin qorin bo’shlig’i taftish kilinadi. 
Strangulyatsion tutilishda xazm trakti birin-ketin taftish qilishning hojati yo’q. 
To’siqdan pastda ichak puchaygan holatda bo’ladi. 
Kasallik manzarasi tutilib qolishning turi, paydo bo’lgan vaqti, ilgari 
boshdan kechirilgan operatsiyalar yoki peritonitdan keyin bitishma jarayonining 
yuzaga chiqqanligi darajasiga bog’liq holda birmuncha farq qiladi. 
Agar diagnostik hato tufayli laparotomiya ichak funktsional tutilishining 
boshlang’ich bosqichida o’tkazilgan bo’lsa, operatsiyaning faqat diagnostik 
qismi bilan chegaralanib qolish mumkin emas. Bunday operatsiyadan keyin 


433 
bemorlarning ahvoli operatsiyadan keyingi parez xisobiga hamisha 
yomonlashadi. Parezga qarshi kurashish va funktsional tutilib qolishni 
profilaktika qilish maksadida shu sharoitda nazariy asoslangan muolaja – ichak 
dekompressiyasi qilinadi. Ichak tutqichiga 100 ml gacha 0,25% li novokain 
eritmasini yuborish peristaltikaning tiklanishiga yordam beradi. 
Ichakning o’tkir tutilishida operatsiya xajmi quyidagicha bo’ladi: 
1) ichak tutilishini bartaraf etish va tutilib qolishga bevosita olib kelgan 
sababni imkon boricha bartaraf etish; 
2) ichakni dimlangan suyuqlikdan xoli qilish va operatsiyadan keyingi 
davrda uning bemalol okib ketishini ta’minlash – nazoenteral dekompressiiya; 
3) qorin bushlig’ini sanatsiya va drenaj qilish. 
Shunday qilib, eng muximi ichak bo’ylab passajni tiklash lozim. Biroq bu 
tutilib qolishni keltirib chiqargan sababni tugatish degan ma’noni bildirmaydi. 
Tabiiyki, tutilib qolishni tiklash uchun to’siqni bartaraf etish eng ma’kul 
variantdir. Biroq bu shartni bajarish bemor ahvolining og’ir-engilligiga to’liq 
bog’liq. Xar qanday operatsiyaning asosida radikallik yo’lida bemorga ziyon 
etkazmaslik yotishi kerak. Shuning uchun tegishli operatsiya xajmini tanlash 
uchun xirurg bemor ahvoliga ob’ektiv baho berishi lozim. Shubxasiz, ko’pgina 
sharoitlarda xirurg, odatda, ichak rezektsiyasini qilib tutilib qolish sababini 
bartaraf etishga majbur. Biroq operatsiyaning keyingi – tiklanish bosqichini 
bemor ahvolining og’ir-engilligi bilan taqqoslashi va birlamchi anastomoz 
qo’yishi yoki ileostomani bajarishi kerak xolos. Bemorning ahvoli nechog’lik 
og’ir bo’lsa, operatsiya radikalligi shunchalik kamroq bo’lishi kerak. 
Ichakning buralib, tugun hosil qilib, qisilib yashab ketishga layoqatsiz 
qovuzloqlari odatda birlamchi rezektsiya qilinishi kerak. Ichakning yashashga 
layoqatsizligiga shubha bo’lganda, ayniqsa strangulyatsion egatlar, qon quyilgan 
qismlari bo’lganda shubhali qismlarini ham rezektsiya qilish kerak bo’ladi. 


434 
93-rasm. Nazoenteral zond 
Ichakning yashashga layoqatliligini aniqlashning ko’pgina usullari taklif 
qilingan. Klinik amaliyotda ichakni issik izotonik natriy xlorid eritmasiga 
xullangan salfetka bilan 10-15 minutgacha isitishdan foydalaniladi, shuningdek 
ichak tutqichga 20-40 ml iliq novokain eritmasi yuboriladi. Agar ichakning 
yashashga layoqati saqlanib qolgan bo’lsa, hozirgina aytib o’tilgan muolajadan 
keyin ichakning seroz qoplami pushti rangga kiradi, turgor va aniq peristaltika 
paydo bo’ladi, ichak tutqich tomirlarining urib turishi aniqlanadi. 
Ichakning o’tkir tutilib qolishida ichak devoridagi, ayniqsa ko’zdan 
kechirib bo’lmaydigan shilliq pardasidagi degenerativ o’zgarishlar darajasi bir 
hil emas: to’siqdan yuqori joydagi qovuzloqlarda o’zgarishlar hamisha ko’prok. 
Shuning uchun ichak obstruktsiya joyidan 40-50 sm yuqorida va uning pastidan 
10-15 sm olib tashlanganda rezektsiya texnik jixatdan to’g’ri bajarilgan 
hisoblanadi. Ko’rsatib o’tilgan masofalarni ichakning yashashga layoqatli va 
layoqatsiz qismlari orasidagi chegaradan o’lchash kerak. 
Ichakni sog’lom to’qimalar chegarasida rezektsiya qilish anastomozning 
bitib ketishiga kafil bo’ladi. 
Tutilib qolishning strangulyatsion formalari orasida sigmasimon chambar 
ichakning buralishi eng ko’p – deyarli 50% bemorlarda uchraydi. Kasallikning 
eskiligi va morfologik o’zgarishlar, bemorlarning yoshi va ahvolining og’ir-
Dekompressiya uchun teshiklar 
Havoni so’rish uchun 
Aspiratsiya 
uchun 
Havoni tashqarilan kirituvchi teshik 


435 
engilligi hisobga olinganda ba’zan optimal taktik echimni tanlash qiyin bo’ladi. 
Xirurg ko’p uchratib turadigan ayrim hollarni ko’rib chiqamiz. 
Sigmasimon chambar ichak nekrozi yoki qora sigma.
Taktika masalasi 
sog’lom to’qimalar doirasida rezektsiya qilish foydasiga hal qilinadi. 
Nekrozlangan qovuzloqni qorin bo’shlig’idan qorin pardasiga olib chiqib, bemor 
ahvoli imkon berishi bilan rezektsiya qilish yuqori letallikka sabab bo’lganligi 
sababli o’zini oqlamadi va hozir qo’llanilmaydi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish