327
Ko’pincha (60% hollarda) I tipga oid yaralar va 20% da II va III tiplarga
oid yaralar uchraydi.
Me’da yaralarining kelib chiqish sabablari xilma-xil. Bosh sababchilaridan
biri me’dadan passajni buzilishi natijasida ro’y
beradigan duodenogastral
reflyuks, piloroduodenal segment motorikasi buzilishi, pilorusdagi
etishmovchilik hisoblanadi. O’n ikki barmoqli
ichak ichidagi moddalar
(lizoletsitin, o’t kislotalari) me’da shilliq pardasi himoya barerini buzadi,
vodorod ionlarining jadal teskari diffuziyasi esa shilliq pardaning bevosita
jarohatiga, atrofik gastrit boshlanishiga olib keladi.
Mikro- va
makrotsirkulyatsiya buzilishlari, shilliq parda ostidagi qavat chigali bo’lmasligi,
kichik egrilik sohasidagi shilliq parda tomirlarining tugallanish xarakteri me’da
yarasining eng ko’p joylashadigan joyini izohlab beradi. Me’da yaralarida xlorid
kislota miqdorining past ko’rsatkichlari vodorod ionlarining teskari
diffuzlanishi, qoplama hujayralar massasi kamayib ketgan atrofik gastrit bilan
tushuntiriladi.
Me’da va o’n ikki barmoqli ichakning qo’shma yaralari birlamchi duodenal
yara, pilorostenoz va evakuatsiya buzilishlari natijasida antral staz ro’y berishi
bilan bog’lik, bu antral bo’limning cho’zilishiga,
gastrin ajralib chiqishiga,
gipersekretsiyaga va keyinroq, me’da yarasi hosil bo’lishiga olib keladi.
Prepilorik yaralar (III turi) paydo bo’lishining patogenetik mexanizmlari
o’n ikki barmoqli ichak yaralarining paydo bo’lishiga o’xshashdir.
Me’da yara kasalligining klinik manzarasi ko’p jihatdan yara joylashgan
joyga, dastlabki umumiy statusga, yoshga, asoratlar paydo bo’lishiga bog’liq.
Kardial og’riqlar xanjarsimon o’siq sohasidagi og’riq bilan kechadi, u bel
sohasiga,
chap elkaga, yurak sohasiga o’tadi, shu sababli bu og’riqni
stenokardiyadagi og’riq deb o’ylaydilar. Og’riq ovqat eyish bilan bog’lik
bo’ladi, ovqat eyishdan 20-30 minut o’tishi bilan paydo bo’ladi.
Mediagastral yaralar aksariyat 40 dan oshgan kishilarda paydo bo’ladi.
Asosiy belgisi – ovqat eyilgandan keyin 30-60 minut o’tgandan keyin og’riq
paydo bo’lishidir. Og’riq paydo bo’lish muddatining yaraning joylashuviga
328
bevosita bog’liqligi qayd qilinadi. Og’riq odatda 1-1,5 soat, ya’ni ovqat
me’dadan chiqib ketguncha davom etadi. Og’riq
xarakteri, paydo bo’lish
muddati, kuchi va davomliligi ovqatga, uning miqdoriga, sifatiga bog’liq,
keyinchalik esa og’riq ovqat xarakteridan qat’iy nazar, har gal ovqat eyilgandan
keyin paydo bo’ladi.
O’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligidan farqli ravishda me’da
yaralaridagi og’riqlar «ikki fazali» bo’ladi: ovqat – og’riq, tinch sharoit –
engillashuv.
Katta egrilikdagi yaralar kam uchraydi, ko’pincha xavfli bo’ladi, charviga,
yo’g’on ichakka, taloq va jigarning chap bo’lagiga o’tadi.
Pilorus yaralari (III turi) klinik jihatdan o’n ikki barmoqli ichak yaralariga
o’xshash, biroq malignizatsiyalanishga moyil (2-3% hollarda).
Yoshi ulg’aygan va
keksa odamlarda yaralar aturik, ko’pincha asoratlar
rivojlanishi bilan o’tadi. 60 yoshdagi bemorlarda paydo bo’lgan yaralar «eski»,
bu yoshdan keyin paydo bo’lgan yaralar «kechikkan» yaralar deyiladi. Me’da
yaralari uchun «qarilik» yaralari xos, ular o’tkir boshlanadi, yassi, yirik bo’ladi,
yaradan qon ketishiga moyil bo’ladi, ularning sababi – atrofik jarayon,
tomir
patologiyasi.
Me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi simptomatikasi keksa
kishilarda kam ifodalangan – kuchli og’riq
,
bo’lmaydi (diametri 3 sm dan katta
«gigant» yaralardan tashqari), tsikllilik, mavsumiylik yo’q, kamqonlik, ozib
ketish ifodalangan. O’n ikki barmoqli ichakning «kechikkan» va «eski»
yaralarida me’da shirasi kislotaliligining ko’rsatkichlari
saqlanib qolgan yoki
hatto yuqori raqamlarda bo’ladi.
O’smirlarda yara kasalligi og’riq, qusish, duodenal yaraning bir yoki bir
necha asoratlari rivojlanishi: yara teshilishi, penetratsiya, stenoz,
qon ketishi
holatlari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: