Xinjiang international trading



Download 138,28 Kb.
bet1/4
Sana13.07.2022
Hajmi138,28 Kb.
#792052
  1   2   3   4
Bog'liq
CHIQARISHGA ABBASOVA BARNOXON


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
«ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV» FAKULTETI
«IQTISODIYOT» KAFEDRASI


Malakaviy amaliyot

Amaliyot o‘tagan joy: “XINJIANG INTERNATIONAL TRADING” MCHJ


Bajardi: 18-19 guruh talabasi
Abbasova Barnoxon
Qabul qildi: ______________________
Farg‘ona – 2022
Reja:
1.Savdo korxonalarida xizmat ko‘rsatish darajasini shakllantiruvchi asosiy elementlar tizimi.
2.Do‘konlarda tovarlar assortimentini shakllantirish.
3.Tovarlarni sotish usullari va qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etish.
4.Ichki do‘kon reklama va axborotini tashkil etish.


1.Savdo korxonalarida xizmat ko‘rsatish darajasini shakllantiruvchi
asosiy elementlar tizimi.

Savdo menejmenti funksiyalari majmuida do‘konda xaridorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini boshqarish yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu funksiyani savdo korxonasi rivojlanishini ta’minlash va uning faoliyati samaradorligini oshirishdagi katta ahamiyatini hisobga olgan holda bu funksiyani amalga oshirishiga katta e’tibor qaratilishi kerak.Bu katta ahamiyat nima bilan belgilanadi? Avvalo, do‘konlarda xaridorlarga savdo xizmat ko‘rsatishning yuqori daraja (saviya)sini ta’minlash savdo korxonasining iste’mol bozoridagi raqobatda ishtirok etishi, uning raqobatlashish afzalligini shakllantirishning amaldagi shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Xaridorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini boshqarish (XXKJB) menejerlarning savdo korxonasining iste’mol bozoridagi raqobatlashish holatini, uning hayotiylik davri bosqichini, uning mavjud mehnat, moddiy va moliyaviy resurslari potensialini hisobga olgan holda ishlab chiqqan qarorlarini murakkab yigindisi sifatida qaraladi. Bunday boshqaruv qarorlari yig‘indisi savdo korxonasining tanlangan bozor bo‘lagini o‘zgartirib olishini asosiy mexanizmlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.


Bundan tashqari, XXKJB savdo korxonasi faoliyatini aks ettiruvchi, uning moliyaviy holatiga katta ta’sir qiluvchi muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlarni boshqarish bilan ajralmas bog‘liq. Bu boshqaruvning samaradorligi savdo korxonasining tovar aylanish hajmiga, daromadlari va savdo summasiga, demak, uning kelgusidagi rivojining moliyaviy ta’minoti imkoniyatlariga tug‘ridan-tug‘ri ta’sir ko‘rsatadi.
Xaridorlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori saviyasi hamda savdo korxonasini iste’mol bozoridagi shu sohada erishgan munosib o‘rni uning «gudvil»i yoki katta obruyini shakllantirishi va muvofiq ravishda korxonaning sezib bo‘lmas aktivlari hisobiga bozor qiymatini oshirishga ham e’tibor qaratish muhimdir.
Nihoyat, do‘konda xaridorlarga xizmat ko‘rsatishning muvofiq saviyasini ta’minlashda savdo korxonasi menejerlarning xo‘jalik faoliyatining oxirgi natijalarini ta’minlashga qaratilgan aqliy idorasi paydo bo‘lishidagina emas, balki ularning savdo xizmati jarayonida xaridorlar huquqini ta’minlash bilan bog‘liq qonunchilik va boshqa normativ aktlar talablaridan kelib chiqadigan majburiyatlari ham hisoblanadi (bu talablar xaridorlar huquqini himoya qilish hakidagi qonunda, savdo faoliyatini tartib bilan amalga oshirishidan, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar sotish foydalaridan va boshqa normativ aktlardan aniqlangan).
XXKJB funksiyasining katta ahamiyati uning savdo menejmentining strategik funksiyalari darajasiga ko‘taradi, qaysiki savdo korxonalarida shu sohadagi strategik maqsadlarni va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan ta’minlanishi kerak.
«Do‘konda xaridorlarga xizmat ko‘rsatish darajasi» ma’nosi umumiy harakterga ega bo‘lgan ham, u shu darajani ta’minlashda turli rol o‘ynovchi aniq elementlar qatori yordamida aniqlanadi. Maxsus tekshirish olib borish jarayonida aniqlangan, savdo ekspertlar fikriga ko‘ra eng muhim elementlar qatoriga quyidagilar kiradi.
1.Xaridorlarga kontingent xizmat ko‘rsatish talabini qondirishni ta’minlovchi yirik va barqaror assortimentli tovarlarni do‘konda mavjudligi. Xaridorlarni do‘konga tashrif buyurishi bilan bog‘langan asosiy ko‘zlangan maqsadi, ushbu do‘konning tovar ixtisoslashuvining tegishli shakli doirasi bilan belgilanadigan muayyan tovar guruhlariga bo‘lgan talabni qondirishdan iboratdir. Xizmat ko‘rsatiladigan xaridorlar ro‘yxatining ixtiyori spetsifikasini hisobga oluvchi tovarlarning keng tanlovini ta’minlash ularning talabini qondirishning muhim sharti bo‘lib hisoblanadi va ular tomonidan xizmat ko‘rsatishning yuqori xizmat ko‘rsatishi saviyasining asosiy sharti sifatida qaraladi. Ushbu do‘konning doimiy xaridorlari uchun, shuningdek, harid qilishning doimiy imkoniyatini kafolatlovchi assortimentning barqarorligi muhim rol uynaydi. Do‘konda tovarlarning keng va barqaror assortimentining mavjudligini, xaridorlarga xizmat ko‘rsatish yuqori saviyasini ta’minlashga ustun elementi sifatida qarash kerak.
2.Do‘konda yanada katta qulayliklarni va harid qilishga sarflanadigan vaqtni minimallashtirishni ta’minlovchi progressiv tovarlarni sotish usullarini qo‘llash.
Sotuvda zaruriy tovarlarni mavjud bo‘lishida xaridorlarning savdo xizmati darajasiga qo‘yilgan asosiy talablarini mohiyati harid qilishda yanada katta qulayliklar va minimal vaqt sarf qilgan holda amalga oshirishdan iboratdir. Xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil etish bilan birga xaridor xatti-harakatining muhim psixologik xususiyatini bilish kerak, chunki xaridor tovarlarni ko‘rish va tanlashga o‘zok vaqt sarflashi mumkin, lekin tovarlarni ko‘rish, tanlash uchun navbatlab kutishda vaqtni yo‘qotish; harid to‘lovini to‘lash kabi narsalarga vaqtini yo‘qotish xaridorlarni g‘azablantiradi. Do‘konda spetsifikaga muvofiq tovarlar sotishning an’anaviy usulida keng foydalanish xaridorlarni harid qilishga ketadigan vaqt sarflarini kamaytirish imkonini beradi. Bu element xaridorlarga xizmat ko‘rsatish yuqori saviyasini ta’minlashni muhim tizimi sifatida
3.Xaridorlarga sotilayotgan tovarlar xususiyati bilan bog‘liq qo‘shimcha savdo xizmatini ko‘rsatish. Tovarlarni harid qilish jarayonida katnashadigan bunday xizmatlar tizimining vujudga kelishi, shuningdek, xaridorlarga sotuvdan so‘ng xizmat ko‘rsatish ularning tovarlarga bo‘lgan talabi bilan qo‘shilgan holdagi xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirishni ta’minlaydi. Bu savdo xizmatining yuqori saviyasini hamda xaridorlarning muvofiq xush ko‘rishliklarini shakllanishini muhim sharti bo‘lib hisoblanadi.
4.Ichki do‘kon reklama va axborot vositalaridan keng foydalanish. Bu vositalar xaridorlarning xabardorligini oshiradi. Tovarlarga bo‘lgan talablarining yangi yo‘nalishlarini shakllanishiga yordam beradi va tovarlarni egallash uchun ketadigan vaqtni tejash imkonini beradi.
5.Savdo zalida xaridorlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni bevosita amalga oshiruvchi personalning yuqori professional malakasi. Do‘kon odatda tovarlarning bitta haridi ham(savdo avtomatlaridan foydalanishdan tashqari) xaridorning personal bilan bevosita mulokotisizamalga oshirilmaydi. Xaridorning do‘kon personali bilan mulokotda bo‘lishi(birinchi navbatda, sotuvchilar, kassirlar, nazoratchi-kassirlar, savdo zalining ma’muriy boshqaruvchilari) tovarlarni tanlash, ularga tulov hakini to‘lash, haridni qadoqlash va boshqa jarayonlarda sodir bo‘ladi. Personalni yuqori professionalligi, uning xaridorlar bilan e’tiborli va shirin muomalaligi, tashqi ko‘rinishining tozaligi xaridorlarga tovarlarni sotish va savdo xizmat ko‘rsatish jarayonida qulay ruxiy muhit yaratishning muhim sharoitlaridan hisoblanadi.
6.Tovarlarni sotish qoidalariga va do‘kon savdo qilish tartibiga to‘lik rioya qilish. Davlat tomonidan qonuniy ravishda xaridorlar huquqlarini himoya qilish o‘z aksini davlat organlari tasdiklagan tovarlar sotish qoidalarini va savdo faoliyatini olib borish tartibi va normativ talablarda topadi. Bu normativ hujjatlarning talablariga to‘liq rioya qilish do‘konda xaridorlarga xizmat ko‘rsatishning zaruriy darajasini shakllantiradi, ya’ni bu xizmat ko‘rsatishning minimal sandarti sifatida karaladi. Ko‘rsatilgan normativ talablarning buzilishi o‘z imidji tug‘risida o‘ylayotgan savdo korxonasi uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holdir.
Do‘konda xaridorlarga xizmat ko‘rsatish darajasini ifodalaydigan har xil element uni aniq ifodalovchi ko‘rsatkichlarga ega va zarur bo‘lganda miqdoriy namoyon bo‘lishi mumkin. Bu miqdoriy baholash uchun do‘konda xaridorlarga savdo xizmati ko‘rsatish darajasini ifodalovchi alohida element kabi shart-sharoit tug‘diradi. Do‘kon faoliyati spetsifikasiga bog‘liq holda bu ko‘rsatkichlar tizimi qisqartirilishi yoki to‘ldirilishi mumkin. Bu ko‘rsatkichlardan alohida hisob usulga keyingi bo‘limlarda ko‘riladi.
Alohida ko‘rsatkichlarni miqdoriy baholash savdo korxonasi menedjerlar bilan do‘konlarning ishlashini davriy tekshiruvini talab qiladi. Bunday tekshiruv kvartalda bir marta bajarish tavsiya etiladi.
Savdo korxonasi tomonidan aniqlanadigan alohida ko‘rsatkich va elementlar ahamiyatini hisobga olganda ushbu korxonaning rivojlanish vazifalari va faoliyatlari sharoitlaridan tashqari alohida do‘konlarda xaridorlarga xizmat ko‘rsatish darajasini murakkab baholash tashkil etiladi. Bu baholashning natijalari xaridorlarga xizmat ko‘rsatish darajasini yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi do‘kon personalini qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun foydalaniladi, shuningdek savdo korxonasini keyingi rivojlanishiga va uning raqobatbardoshliligini oshirishga qaratilgan resurs, zahiralarni qidirish uchun foydalaniladi.



Download 138,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish