Xinjiang international trading


Do‘konda tovarlar assortimentini shakllantirish



Download 138,28 Kb.
bet2/4
Sana13.07.2022
Hajmi138,28 Kb.
#792052
1   2   3   4
Bog'liq
CHIQARISHGA ABBASOVA BARNOXON

2.Do‘konda tovarlar assortimentini shakllantirish.

Xaridorlarga xizmat ko‘rsatishning zaruriy darajasi va savdo korxonasi faoliyatining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘sishini ta’minlash korxona do‘konlaridagi tovar assortimentini to‘g‘ri shakllantirishga bog‘liq, Assortimentni shakllantirish o‘zi bilan birga do‘konda barcha farqlantiruvchi belgilar bo‘yicha differensiallashtirilgan turli tovar guruhlarini sotish uchun ta’minlash jarayonini namoyon qiladi. Do‘konda tovar assortimentini shakllantirish jarayoni uning tovar ixtisoslashuvi shaklidan, savdo maydonining o‘lchovidan kelib chiqishi kerak va xaridorlar kontingentiga xizmat ko‘rsatish talabini qidirishga va uning faoliyatining yuqori daromadini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Do‘kon uchun tovarning zaruriy assortimentini tanlash jarayonida qator umumiy tamoyillarni boshqarish kerak bo‘ladi.


Tovarlar assortimentini shakllantirishning asosiy tamoyili bo‘lib, xaridorlar kontingentiga xizmat ko‘rsatish uchun tanlangan talab xususiyatiga bog‘liqligini ta’minlash hisoblanadi. Iste’mol bozoriga savdo korxonasining muvaffakkiyatli kirib kelishi va mustaxkamlanishi tovarlar aniq assortimentini shakllantirishda u yoki bu bo‘lakni qidirish va to‘lik egallash bilan bog‘liq.
Do‘konda tovarlar assortimentini ratsional ko‘rish iste’mol bozorida tanlangan segment doirasida xaridorlar talabini kompleks qidirishni nazarda tutadi. Bu tamoyilning amalga oshirilishi aniq iste’mol kompleks yoki mikro kompleks doirasida uni iste’mol kompleksini hisobga olganda tovarlar assortimentini shakllanish prinsipi xaridorlarga qulaylik tug‘diradi, tovarlar bilan tanishish jarayonini osonlashtiradi, harid qilishga ketadigan tavakkalchilik sarfini kamaytiradi.
Do‘konda tovarlar assortimentini shakllantirishning muhim tamoyilining kengligi va chukurligini to‘liq ta’minlash hisoblanadi. Assortiment kengligi deyilganda shakllanayotgan assortiment ruyxatiga kiruvchi tovar guruhlari va guruhchalari tushiniladi: chuqurligi deyilganda esa alohida iste’mol va sifat belgilari bo‘yicha tovarlar turini soni (fason, model, o‘lchamlari va boshqa ko‘rsatgichlarga ko‘ra) tushuniladi. Do‘konda tovarlar assortimentining kengligi va chuqurligi bir qator omillarga bog‘liq, ulardan asosiysi bo‘lib tovar iste’mol bozoriga bo‘lgan talabning ahvoli hisoblanadi.
Tovar assortimentining shakllantirishda muhim tamoyillardan biri uning barqarorligini ta’minlashdir. Kundalik talab bo‘lgan tovarlar sotilishida bu tomoyilning nazorat qilinishi birlamchi ahamiyatga ega. Do‘konda tovarning barqaror assortimentini xaridorlarni tovar qidirishga ketgan tavakkalchilik sarfini kamaytirish, hamda muhim savdo - texnik jarayonlarni standartlashtirish va ularni moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarga minimal harajatlar bilan bajarishni tashkil qilish imkonini beradi.
Va nihoyat, do‘konda tovarlar assortimentini to‘g‘ri shakllantirish tamoyilidan biri uning faoliyatining rentabel sharoitlarini ta’minlash hisoblanadi. Rentabellik bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida istalgan savdo korxonasini zaruriy sharoitlarda funksiyalashtirishdir.
Do‘kon tovarlar assortimentini shakllantirish jarayoni ko‘rib chiqilgan tamoyillarni hisobga olgan holda quyidagi to‘rtta bosqichlarda amalga oshiriladi:
1.Do‘kon sotiladigan tovarlarning asosiy guruh va guruhchalari ro‘yxatini aniqlash;
2.Iste’mol kompleksi va mikrokompleksi doirasida alohida tovar guruhlari va guruhchalarini taqsimlashni amalga oshirish;
3.Alohida iste’mol kompleksi va mikrokomplekslar doirasida tovarlarning turlarini miqdori aniqlanadi;
4.Xaridorlar kontingentlariga xizmat ko‘rsatishda sotiladigan, berilgan do‘kon uchun tovarlar aniq assortimentining ro‘yxati ishlab chiqiladi.
Do‘konda sotiladigan tovarlarning asosiy guruhlari va guruhchalari tovar ixtisoslashuvi shakliga va xaridorlar kontingentiga xizmat ko‘rsatish spetsifikasiga bog‘liq. Bu ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro aloqa savdo zali maydoniga alohida tovar guruhlarini ratsional joylashtirishni ta’minlash jarayonida ko‘rib chiqilgan edi. Iste’mol kompleksi va mikro komplekslar doirasida tovarlarning alohida guruhlari va guruhchalarini joylashtirish jarayonida birinchi navbatda ularning miqdori va nomi aniqlanadi. Bu bosqichda assortimentni shakllantirish univermaglarda olib borilishi katta ahamiyatga ega.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, univermaglarda iste’mol kompleksi bo‘yicha guruhlangan assortiment tovar oboroti savdo zalining 1 kv.metr maydonida 12%dan oshadi, harid qilishga ketgan xaridorlarning vaqti sarfi esa 17% dan kam. Ular kompleksining miqdori va nomini aniqlovchi asosiy omil bo‘lib do‘kon savdo maydonining o‘lchami hisoblanadi.
Bu bilan bir qatorda korxona tovar aylanmasining amaldagi (yoki rejalashtirilayotgan) strukturasi alohida tovar guruhlari savdosi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan boshqa do‘kon turlarini yaqkinda joylashtirish va boshqa bir qancha omillarni e’tiborga olish kerak.
Bu masala bo‘yicha olib borilgan maxsus tadqiqotlar natijalari univermaglar uchun iste’mol komplekslarining quyidagi nominal номенклатурасини тавсия қилишга imkon beradi:
• bolalar uchun tovarlar
• ayollar uchun tovarlar
• erkaklar uchun tovarlar
• uy uchun tovarlar
• uy-ro‘zg‘orda madaniyat va bo‘sh vaqtni rejalashtirishni tashkil etish
• tikish va to‘qish uchun tovarlar.
Iste’mol kompleksining keltirilgan nomenklaturasi taxminiy hisoblanadi, uni aniq sharoitlarni hisobga olgan holda aniqlash mumkin. Iste’mol komplekslari doirasida doimiy hamda falsafiy tashkil etiladigan mikrokomplekslar ajratiladi. Doimiy mikrokomplekslar tashkilotlariga katta ahamiyat berish lozim. Alohida iste’mol komplekslari tashkilotlari doirasida doimiy mikrokomplekslarning misollari keltirilgan:
1. Bolalar uchun tovarlar:
- yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bog‘cha yoshidagi bolalar uchun tovarlar;
- qiz bolalar uchun tovarlar;
- o‘g‘il bolalar uchun tovarlar;
- bolalar mebeli va aravachalar; -o‘yinchoqlar;
- yosh usta.
2. Ayollar uchun tovarlar:
- bahorgi, kuzgi va qishki kiyimlar;
- koftalar va bluzkalar;
- kostyumlar va yubkalar;
- kuylaklar;
- uy va sport kiyimlari;
- poyafzal;
- ayol pardozining buyumlari;
- kelinlar uchun tovarlar;
- ayollar uchun sovg‘a komplektlari.
3. Erkaklar uchun tovarlar:
- bahorgi, kuzgi va qishki kiyimlar;
- kostyumlar va shimlar;
- kuylaklar va puloverlar;
- uy va sport kiyimlari;
- poyafzal;
- erkak pardozining buyumlari;
- erkaklar uchun sovg‘a komplektlari.
4. Uy tovarlari:
- ovkat tayyorlash va saqlash, stolni servirovka qilish uchun tovarlar;
- kvartirani yig‘ish buyumlari;
- kvartirani tozalash va kir yuvish buyumlari;
- oshxona va ko‘rpa-yostiq jildi.
5. Uy-ro‘zgorda madaniyat va bo‘sh vaqtni rejalashtirishni tashkil etish:
-musiqiy-qiziqarli tovarlar, fototovarlar;
-kompyuterli texnika;
-ishlash va o‘qish uchun tovarlar;
-shaxsiy gigiyena buyumlari;
-sport uyinlari.
6. Tikish va to‘qish uchun tovarlar:
-ustki kiyimlar uchun matolar;
-kuylak va koftalar uchun matolar;
-ichki kiyim matolari;
-to‘qish uchun jun sintetika, tugmalar, alohida furnitura;
-tikish va to‘qish uchun jixozlar.
Iste’mol kompleks univermaglarning doirasida doimo fasliy mikrokomplekslar tashkil etilishi mumkin. Ular qoida bo‘yicha bayramlardan oldin yoki kuzgi-qishki yoki bahorgi-yozgi mavsumning doimiy mikrokomplekslar maydoni qisqartirilishi davrida tashkil etiladi. Iste’mol kompleksi doirasining alohida holatlarida fasliy mikrokomplekslarni tashkil etish uchun mahsus maydonlar ko‘rib chiqilgan.
Tovarlar assortimentini ko‘rishning kompleks tamoyili faqatgina nooziq-ovqat tovarlari do‘konida ko‘llanilavermaydi. «Bolalar uchun tovarlar», «Ayollar uchun tovarlar», «Erkaklar uchun tovarlar», (Ximik tovarlari),«Uy-ro‘zg‘orda madaniyat», «Sport va turizm» tovarlar assortimenti do‘kon ixtisoslashuviga muvofiq mikrokompleks to‘lik nomenklaturasi bo‘yicha guruhlanishi mumkin. «Kiyim-kechak», «Galenteriya-parfyumeriya» va boshqa tovar assortimentlari ixtisoslashgan do‘konlarda alohida mikrokomplekslar ko‘rinishida komplekslanishi mumkin.
Assortiment shakllanishining keyingi bosqichi sotilayotgan tovarlar miqdorini ularning ajralib turadigan xususiyatlari bo‘yicha aniqlash hisoblanadi. Tovar ixtisoslashuv shakli turlicha bo‘lgan do‘konlarda turli tovarlar miqdorini aniqlash asosi bo‘lib savdo zali maydonining o‘lchami va regional iste’mol bozoridagi tovar taklifining holati hisoblanadi. Ixtisoslashuv shakli alohida bo‘lgan do‘konlar uchun turli tovarlarning tavsif etilgan miqdori bo‘ladi.
Assortiment shakllanishining oxirgi bosqichi bo‘lib, do‘konda sotiladigan tovarlarning aniq ro‘yxatini ishlab chiqish hisoblanadi. Tovarlarning aniq assortiment ro‘yxatini tovarlar alohida turlarining guruhlari,guruhchalari va aniq miqdorlari doirasida ishlab chiqish asosi bo‘lib, ma’lum regional iste’mol bozoridagi tovarlarga bo‘lgan talabni o‘rganish ma’lumotlari va tovar zahiralari aylanishining ichki guruh tahlili natijalari hisoblanadi. Tovarlar assortimenti ro‘yxati quyidagi shaklda ishlab chiqiladi:

Mikrokompleks nomi(tovar seksiyasi)


Tovarlar nomi
Tovarlar turining miqdori
Savdo davri (oylar)

Tovarlar asortimentini to‘g‘ri shakllantirishning muhim vazifasi bo‘lib, uning barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Do‘kon tovarlar assortimentining barqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri (xaridorlarga xizmat ko‘rsatish darajasini baholashda foydalanadigan) barqarorlik koeffitsiyentidir va u quyidagi formula orqali ifodalanadi:


Op
Ku = 1 - ------
p*a
Bu yerda: Ku - ma’lum davrdagi tovarlar assortimenti barqarorligi koeffitsiyenti.
Oь O2, Op - tekshirish paytida sotuvda bo‘lmagan tovarlar turlarining miqdori.
a - ishlab chiqarilgan assortiment ro‘yxatidan ko‘rilgan tovarlar turlarining miqdori.
p - tekshiruv miqdori.
Assortiment ro‘yxatidan barqarorlik koeffitsiyentini hisoblashda tekshiruv davrida sotilmaydigan mavsumiy talabli tovarlarni chiqarib tanlash lozim.
Do‘konda tovarlar assortimentining barqarorlik koeffitsiyentini optimal ahamiyati kvartal davomida quyidagilar bilan past bo‘lmasligi kerak:
-universam va gastronomlar uchun - 0,90
-univermaglar uchun - 0,80
-poyafzal va kiyim-kechak magazinlari uchun - 0,75
-madaniy tovarlar, sport, xo‘jalik, galantereya tovarlarini sotish magazinlari uchun - 0,85
Do‘konlardagi tovarlar assortimentining keng va barqarorligi tovarlarni sotib olish bo‘yicha tijorat faoliyati sohasidagi chora-tadbirlar kompleksini ta’minlaydi.



Download 138,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish