1-savol.
Ximioterapevtik moddalami qo'llashda quyidagi qoidalarga
rioya qilish kerak.
1. Moddalami qo'llashdan oddin mikrobiologik tashxis qo'yish,
kasallikni qaysi mikroorganizm paydo qilganligini iloji bo'lsa aniq,
iloji bo'lmasa, taxminan bilish.
2. Kasallikni paydo qilgan mikroorganizmlarga eng kuchli
qarshilik ko'rsatadigan ximioterapevtik moddani qo'llash.
3. Ximioterapevtik moddalar bilan davolashni barvaqt boshlash
kerak, chunki kasallik avjiga chiqqanda a’zolarda asliga qaytmas
o'zgarishlar boshlansa, ximioterapevtik moddalarning ta’siri
kamayib ketadi.
4. Organizmda ximioterapevtik moddalar mikroorganizmlar bilan
yaqin bevosita to'qnashishi uchun moddalarning shakllarini, yuborish
yo'llarini to‘g‘ri aniqlash.
5. Davolash davrida xim ioterapevtik moddani kerakli
mikroorganizmlarga qarshi konsentratsiyasini tutib turish kerak.
6. Davolash muddati yetarli bo'lishi, moddalarning klinik belgilari
o‘tib ketgandan keyin yana 3-4 kun davomida qollash kerak.
2-savol.
Antibiotiklar kimyoviy tuzilishi bo’yicha 6 guruhga bo'linadi:
1. b - laktam halqali andbiodklar - penitsillin, sefalosporinlar.
2. Makrolidlar, makrosiklik lakton halqali antibiotiklar -
eritromitsin va oleandomitsin.
3. Kondensatsiyalangan to‘rt siklli sistema - tetratsiklinlar.
4. Dioksiaminofenilpropan unumlari - levomitsetin.
5. Aminoglikozidlar - streptomitsin, neomitsin, gentamitsin,
monomitsin, kanamitsin.
6. Siklik polipeptidlar - polimiksinlar.
3-savol.
Antibiotiklar mikroorganizmlarga qarshi ta’sir doirasi bo‘yicha antibiotiklar
5 guruhga bo‘linadi:
1. Asosan grammusbat mikroorganizmlarga qarshi hamda ayrim
grammanfiy (meningokokk, gonokokk) mikroorganizmlarga qarshi ta’sir
ko‘rsatadigan antibiotiklar: penitsillinlar, stafilakokklarga qarshi
antibiotiklar - ristomitsin, vankomitsin, linkomidin va makrolidlar -
eritromitsin va oleandomitsinlar.
2. Asosan grammanfiy mikroorganizmlarga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan
moddalar - polimiksinlar.
3. Ta’sir doirasi keng antibiotiklar: tetratsiklinlar, levomitsetin,
sefalosporinlar, aminoglikozidlar.
4. Oltkir zaharli, asosan sirtga qo'llanadigan antibiotiklar gramitsitsin,
neomitsin, monomitsin.
5. Zamburug'larga, mikozlargaqarshi qo'llanadigan-nistatin, levorin
va grizeofulvin.
4-savol.
Penitsillinlar biologik yo‘l bilan m og'or zamburug'lar -
penicillinum notatum, penicillinum chrysogeniumlardan hamda yaaim
sintez yo'li bilan olinadi, shu tufayli penitsillinlar 2 guruhga bo’linadi:
biosintetik hamda yarim sintetik penitsillinlar. Kimyoviy jihatdan
benzilpenitsillin bir asosli kislota bo'lib, b -laktamli va tiazolidli
halqadan iborat, tabiatan siklik polipetid (L-sistein, D-vanilin), 6-
aminopenitsillin kislotaning aminoguruhiga bar xil radikallar kirgizib,
sintetik penitsillinlar olinadi.
5-savol.
Biosintetik penitsillinlar: benzilpenitsillinning natriyli, kaliyli,
novokainli tuzi, bitsillin-1, bitsillin-3, bitsillin-5. Ular ichida
benzilpenitsillinning natriyli tuzi ko‘p qo'llanadi, uning misolida
biosintetik penitsillinlar xususiyati ko‘rib chiqiladi. Bu modda asosiy
antibiotik hisoblanadi, mikroorganizmlar qobig'ining hosil bo‘lishiga
to'sqinlik qilib, bakteritsid ta’sir ko'rsatadi, qobiq hosil bo'lishi bo'Iinayotgan, rivojlanayotgan mikroorganizmlarga kerak, shuning
uchun benzilpenitsillinlar asosan bo‘linayotgan mikroorganizmlarga
qarshi ta’sir ko'rsatadi.
Benzilpenitsillinlar asosan grammusbat mikroorganizmlarga:
streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk, qoqshol, kuydirgi, gazli
gangrenani paydo qiladigan, spiroxeta hamda grammanfiy
mikroorganizmlardan gonokokk, meningokokklarga qarshi ta’sir
ko'rsatadi. Benzilpenitsillinlar kislotalarga chidamsiz, shuning uchun
parenteral yo liar orqali-m ushaklar orasiga yuboriladi.
Benzilpenitsillinlar ED (ta’sir birlikda) miqdorlanadi, moddani 1 EDsi
0,6 mkg toza kristallik benzilpenitsillinga teng.
7-savol.
Dastlabki yillarda benzilpenitsillinlar mikroorganizmlarga qarshi
juda kuchli ta’sir qilgan, lekin ximioterapiya qonun-qoidalari buzilishi
tufayli (kam miqdorda ishlatish, davolashni tez to'xtatib qo'yish),
penitsillinga chidamli, penitsillinni parchalaydigan 3 - laktamaza,
penitsillinaza fermentini ishlab chiqaradigan mikroorganizmlar paydo
bo'ladi, (3 - laktamazalar penitsillinni |3 - laktamli halqasini
gidrolizlaydi, natijada benzilpenitsillinlar mikrorganizmlarga qarshi
xususiyatlarini yo'qotadilar. Shu bilan birga benzilpenitsillinlar teztez allergik jarayonlarga sabab bo'lgani, spektr bo'yicha asosan
grammusbat mikroorganizmlarga ta’sir ko'rsatishi, kislotalarga
chidamsiz bo'lgani uchun yarim sintetik penitsillinlar olinadi. Bularga
metitsillin, oksatsillin, ampitsillin, amoksitsillin, amoksiklav,
karbenitsillinlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |