Piktografik yozuv qanday yozuv?
Piktografik yozuv. Bu istiloh lotincha «piktus»-rasm, surat; «grafo»-yozaman qismlaridan iborat bо‘lib, rasm yozuv demakdir. Bu yozuvning dastlabki shakllari mezeolit va neolit davrida paydo bо‘lgan. Odamlar о‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini, xohish-istaklarini turli rasmlar, suratlar orqali bir-birlariga yetkazganlar. Odamlarning о‘zi chizgan bu suratlar harbiy yurishlar, urushlar, tо‘qnashuvlar, majburiyatlar, ultimatumlar, sevgi-muhabbat borasidagi xabarlarni bir joydan ikkinchi joyga yetkazish uchun xizmat qilgan. Yozuvning bu turi juda katta hududda va uzoq muddat ishlatilgan. Lekin yozuvning bu turida konkret narsa-hodisa tо‘g‘risidagi xabar oson yetkazilgan bо‘lsa-da, abstrakt (mavhum) tushunchalarni yetkazish uchun bu yozuvdan foydalanish qiyin bо‘lgan. Shu sababli yozuvning bu turi insonning talabiga tо‘la javob bera olmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |