Xi bob. Dars ta’limida rivojlan- tirish texnologiyasi rivojlantiruvchi ta’lim nima?



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/54
Sana21.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#504778
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
pedagogika-1

O‘QIÒISHNING OG‘ZAKI MEÒODLARI
1. Yangi bilimlarni berish metodlari.
Biz o‘qitish metodlarini
tasniflashda yetakchi metodlardan birini ajratdik. U bilimlar
manbayi, ya’ni yangi bilimlar hamda ta’riflarni berish; tushun-
tirish, hikoya, maktab ma’ruzasi metodlari majmuyidir. Quyida
ana shu metodlarning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Òushuntirishni
ayrim tushunchalar, voqealar, harakat prinsið-
larini og‘zaki talqin etish deb anglash lozim. O‘qitishning bu


220
metodida eng asosiy narsa mushohadalarni ilmiy isbotlash
mantiqidir. Ilmiy fikrlash mantiqi tushuntirishga qo‘yiladigan asosiy
talabni belgilaydi. Bu nimani bildiradi, avvalo, o‘qituvchi yangi
materialni o‘tishda foydalaniladigan o‘quv predmetining ilmiy
mazmunini chuqur bilishi, dars uchun zarur materialni tanlay
olishi va tushuntirishning samaradorligini belgilashi kerak. Bundan
tashqari, bolalar mazkur materialni o‘rganishning maqsadini aniq
belgilashi, ularga qiziqarli bo‘ladigan faktli materialni tanlashi
lozim. Buning uchun esa o‘qituvchi o‘quvchilarning psixologik va
yosh xususiyatlarini yaxshi bilishi, tushuntirishda ularning diqqati-
ni tez jalb etishi va bilishga doir ishlarni faollashtirishi zarur.
O‘qituvchining nutqi yorqin, aytgan so‘zlari bolalarga tushunarli
bo‘lishi kerak. Ana shu fikrlarimizning dalili sifatida matematika
darsini olaylik.
Darsning maqsadi: 1. O‘quvchilarni 6 va 7 sonlarini hosil qilish
bilan tanishtirish, sonlarni taqqoslashni, 1—7 sonlari ichida
miqdoriy va tartib sonlardan foydalanishni mashq qildirish, 6 va 7
raqamlari bilan tanishtirish.
2. O‘n ichida sonlar tarkibiga doir bilimlarni mustahkamlash.
YANGI MAÒERIAL USÒIDA ISHLASH
1. O‘qituvchi yangi material ustida ishlashni quyidagi savollar
bilan boshlashi mumkin: „Biz sizlar bilan qanday sonlarni
o‘rgangan edik? (1-2-3-4-5) Shu sonlarning qaysinisi eng katta
son? (5) Hisoblashda 5 dan keyin qanday son keladi? (6) 6 soni
qanday hosil bo‘ladi? 5 ta doiracha bor bo‘lsa (polotnoga qo‘yilgan),
ular oltita bo‘lishi uchun nima qilish kerakligini ko‘rsat“. Chaqirilgan
o‘quvchi buning uchun 5 ta doirachaga yana 1 ta doiracha qo‘shish
kerakligini ko‘rsatadi. O‘qituvchi yana bolalardan so‘raydi: „Bola
sanoq bo‘yicha nechanchi doirachani qo‘shdi? (Oltinchi.)
Doirachalarning hammasi nechta bo‘ldi? (6 ta.) Olti soni qanday
yozilishini biladiganlar bormi? Chaqirilgan o‘quvchi yoki (xohlov-
chilar topilmasa) o‘qituvchining o‘zi 6 raqamini ko‘rsatadi va
polotnoga qo‘yadi. Shundan keyin o‘qituvchi bolalarga 6 sonini
hosil qilish (5 ta bir xil doirachaga yana 1 ta boshqacha rangli
doirachani qo‘shish) amalini narsalar bilan bajarishni, so‘ngra 6
soni qanday hosil qilinganini kesma raqamlar bilan yozishni
buyuradi. 7 sonini hosil qilish ham xuddi shu yo‘sinda bajariladi:
6 ta bir xil rangli uchburchakka yana 1 ta boshqacha rangli
uchburchak qo‘shiladi va kesma raqamlar bilan (6+1=7) yoziladi.


221
2. Shundan so‘ng 5 va 6 (6 va 7) sonlarini taqqoslash ishlari
bajariladi. Buning uchun to‘plam polotnosida 5, 6 va 7 ta narsadan
iborat sonlar pog‘onachasi namoyish etiladi. Bunda 6 ning 5 dan 1 ta
ko‘pligi aniqlanadi. Bolalar tegishli yozuvlarni kesma raqamlar bilan
bajaradilar. Keyin darslikdagi rasmlar bo‘yicha ishlashga o‘tish mumkin.
Parashutchilar tasvirlangan rasmga savollar: „Oldin nechta
parashutchi sakradi? (5) Yana nechta parashutchi sakradi? (1)
Oltinchi parashutchi sakraganidan keyin hamma parashutchilar
nechta bo‘ladi? (6) 6 qanday hosil qilindi? (5 ga 1 qo‘shildi.) Oltinchi
parashutchi sakraganidan keyin parashutchilar ko‘paydimi yoki
kamaydimi? (Ko‘paydi: 6>5 bo‘ldi)“. Keyingi rasmga savollar: „Avval
nechta samolyot ko‘tarildi? (6) Keyin nechtasi ko‘tarildi? (1)
Hamma samolyotlar nechta bo‘ldi? (7) 7 qanday hosil qilindi? (6
ga 1 qo‘shildi.) 6 ta ko‘pmi yoki 7 ta ko‘pmi? (7>6.)“ Uchburchakli
yoki to‘rtburchakli rasmlar bilan ham ana shu yo‘sinda ishlanadi
(birliklarni ayirish bilan 5 va 6 sonlari hosil qilinadi).
Sahifaning yuqorisiga yozilgan qator sonlardan tartib munosa-
batlarini aniqlashda foydalanish mumkin. O‘qituvchi: „Sizlar,
masalan, kinoteatr zalining bir qatoridagi o‘rindiqlarni ko‘z
oldingizga keltiring“, — deydi va bir o‘quvchidan: „Sening o‘rning
oltinchi, ikki yoningdagi qo‘shnilaring nechanchi o‘rinlarda
o‘tirgan bo‘ladi?“ — deb so‘raydi. Boshqa o‘quvchiga murojaat qilib:
„Sening o‘rning yettinchi va sen unga 1 nomerli kreslo tomondan
borasan, bunda nechanchi nomerli kreslolar oldidan o‘tishing
kerak?“ — deydi. Keyin o‘quvchilarga shunday savol tashlaydi: „Bola
qatorning qoq o‘rtasida (to‘rtinchi o‘rinda) o‘tiribdi, uning chap
tomonidagi (5, 6, 7) kreslolar va o‘ng tomonidagi (3, 2, 1)
kreslolarning nomerlarini ayting“. O‘qituvchi namunani ko‘rsat-
gach, bolalar 6 raqamini yozadilar, 6 soni hosil bo‘lishini ko‘rsa-
tadigan nuqtalarni qo‘yadilar (bu ishni darslikda berilgan namunaga
qarab bajaradilar). 2—3 ta tengsizlikni yozadilar.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish