171
2. Bolaning atrofidagi muhitni tashkil qilish. Pedagogikaning
eng birinchi vazifasi insondagi biologik va ijtimoiy xususiyatlar-
ning o‘zaro dialektik ichki bog‘lanishiga tayanib bolaning o‘sishiga
sharoitlar yaratishdir.
3. Pedagogik jarayonni amalga oshirishning faol metodi bilan bir-
galikda bolaning shaxsiy tajribasi asosidagi erkin faoliyati va ijodini
rivojlantirish. (Asosiy ishtirokchi shaxs — bola.)
4. Shaxsning hayoti bilan jamiyat hayotini uyg‘unlashtirish va
birlashtirish — tarbiyalanuvchilarni kamol toptirishdagi asosiy maqsad.
Individual pedagogika prinsiðlarini hisobga olib ta’lim-tarbiya ish-
lari tashkil qilinadi. Òa’limning tarbiya jarayoni haqida gap borganida
ko‘z oldimizda avvalo ikkita qiyofa — o‘qituvchi va o‘quvchi gavdala-
nadi. Biz ularni subyekt — obyekt munosabatlarida anglashga odat-
langanmiz. O‘qituvchi — ta’sirning subyekti va o‘quvchi — ta’sirning
obyektidir. Pedagogik jarayonga ham birovning ikkinchi birovga ta’sir
ko‘rsatishi deb qaralgan. Òoshkent shahar
maktablari amaliyoti usti-
da olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ana shu sxema
hozirgi kungacha davom etmoqda. Sinfda o‘qituvchining o‘quvchilar
bilan ishlashining avtoritar uslubi saqlanmoqda. Òa’lim-tarbiya jara-
yonida o‘qituvchi bosh ijrochi shaxs hisoblanadi. U hikoya qiladi,
ko‘rsatadi, buyuradi; o‘quvchi esa passiv kuzatuvchi va o‘qituvchining
xohishini ijro etuvchi rolini o‘ynaydi. Pedagogik jarayonni insonpar-
varlashtirish o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabatlarda
tarkib topgan odatlarni mutlaqo o‘zgartirishdan ham iboratdir. U
o‘qituvchi va o‘quvchiga subyekt — subyekt munosabatlarida qarash-
ni, biri ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatuvchilar sifatida emas, balki o‘zaro
hamkorlik qiluvchilar sifatida qarashni taqozo etadi.
Ana shu asos-
dagina pedagogik jarayonni individuallashtirish mumkin. Bu ma-
salada o‘qituvchi o‘zining ta’lim-tarbiya jarayonidagi rolini, maqsadga
erishish uchun nima qilishi, bolalar bilan ishlashda nimalarga
asoslanishi zarurligini yaqqol tasavvur qilishi kerak.
O‘qituvchining faoliyatida uning talablari emas, balki bolaning
ehtiyoji asosiy o‘rinda turishi lozim.
Binobarin, bolalar o‘qituvchiga
emas, balki o‘qituvchi ularga xizmat qiladi. Ana shularga ko‘ra va indi-
vidual pedagogikaning prinsiðlariga tayanib, bolalar bilan ishlash-
ni tashkil etishimiz kerak.
Bola tabiatan harakatchan bo‘lib, faqat idrok etish uning
uchun mashaqqatdir. U hamma ishni o‘zi qilishga, izlash va topish-
ga, kashfiyot etishga tirishadi. Ijod — uning sevgan ishi, ta’lim va
tarbiyaning ana shu metodi bilan bolaning ishchanlik holatini doimiy
172
ravishda qo‘llab-quvvatlash,
unga tayyor bilimlarni bermay, ularni
o‘zi egallashi uchun sharoit yaratish kerak. Gap bolaning xotirasini
to‘ldiradigan ilmiy faktlarning sonida emas, balki mazkur fanning
metodlarini o‘zlashtirishdadir. Bizlar o‘qituvchi ajoyib hikoyalar bi-
lan bolani qiziqtirishiga, ular oldida artist bo‘lishiga odatlanib ket-
ganmiz. Lekin o‘qituvchi xuddi shu bilan bolani mustaqil intilishdan
va o‘zida tabiiy ravishda tug‘ilgan qiziqishlarni
qondirishdan uzoqlash-
tiradi. Fan bolalar oldida ularning o‘zlari yoki o‘qituvchi qo‘yadigan
qator muammolar sifatida yoritilishi va o‘qituvchi ana shu muam-
molarni hal qilish uchun kerakli materiallarni bilishi lozim.
Shuningdek, u darsga tayyorlanishda bolalarga qaysi hikoyalarni aytib
berish to‘g‘risida emas, balki u yoki bu muammoni hal qilishlari
uchun qanday materialni keltirish haqida o‘ylashi kerak. Materialni
tahlil qilishda xulosalar chiqarishni o‘quvchilarning o‘zlariga tavsiya
etishi maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi uchun o‘zining fani emas,
bolalar, ularning aqliy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirish vazi-
fasi birinchi o‘rinda turishi zarur. Odatda o‘qituvchi bilan o‘quvchining
aloqasini amalga oshiradigan narsa mazkur o‘qituvchi o‘qitadigan pred-
metdir. U o‘qituvchi shaxs sifatida ta’sir ko‘rsatishi lozim bo‘lgan
paytda, birinchi o‘rinda o‘quv
predmetlari emas, balki jonli odam-
lar — o‘quvchi, ularning ma’naviy muloqoti turishi kerak bo‘lgan
paytda uzatish instansiyasi sifatida xizmat qiladi. Haqiqiy o‘qituvchi
o‘quvchilar ustidan hukmronlik qilmasligi va ularga o‘zining teng-
doshlari sifatida muomalada bo‘lishi, o‘zi ham doimiy ravishda o‘qishi,
shu jumladan, o‘quvchilaridan o‘rganish zarurligini unutmasligi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: