ÒA’LIMDA ONGLILIK VA FAOLLIK QOIDASI
1. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatida o‘z oldilaridagi maqsad va
vazifalarning mohiyati hamda ahamiyatini, ya’ni o‘zlari nima
uchun o‘qishlari kerakligini tushunishlari.
2. Bilimlarni o‘zlashtirishga qat’iy intilish, ya’ni o‘qishga ish-
tiyoq.
3. Fanni egallashga olib boradigan yo‘llarni, ya’ni hozirgi za-
mon kishisi uchun zarur bilimlarni qaysi usullar bilan o‘zlashtirish
mumkinligini bilish.
4. Fanning faktlari hamda qonuniyatlarini ravshan va chuqur
tushunish, o‘quv materiallarining bola ongida qayta ishlanishi va
uning o‘z boyligiga aylanishi, olingan bilimlarni hayotda qo‘llay bilish.
Onglilik prinsiðining amalga oshishi, avvalo fan materialining
ongda qayta ishlanishidan iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsda o‘z
nuqtayi nazari va ishonchi shakllanishining, ya’ni dunyoqarash
va onglilik tarkib topishining zarur shartidir.
„Bilim“ va „ishonch“ har xil tushunchalardir. Biz, masalan,
bir kishi haqida „e’tiqodli, o‘zining nuqtayi nazariga ega, musta-
qil fikrlaydi“, desak, boshqa kishi to‘g‘risida „nimani eshitsa, ni-
mani o‘qisa, ishonaveradi, o‘zicha fikr yuritmaydi“, deymiz. De-
mak, ular bir xil kishilar emas.
Donolardan biri ta’kidlaganidek, ishonchni saxiy odamlardan
olib yoki kitob do‘konidan xarid qilib bo‘lmaydi, uni xuddi ovqat
oshqozonda hazm bo‘lganidek, har kim o‘zining kallasida musta-
qil holda vujudga keltirishi kerak.
156
Bilimlar ishonchga aylanishining yagona yo‘li o‘quv materia-
lining o‘quvchilar ongida qayta ishlanishidir.
O‘qituvchining vazifasi o‘zlashtirilgan bilimlar ishonchga ay-
lanishini ta’minlashdir va bunda o‘quvchilarning ta’lim jarayo-
nidagi faolligi juda muhimdir. Shunga ko‘ra pedagogikaning zarur
muammolaridan biri darsda o‘quvchilarning bilishga doir ishlarini
faollashtirishdir.
Dars jarayonida mazkur prinsið qanday qilib amalga oshirili-
shini ifodalash uchun ikkinchi sinf ona tili darsi misolida „pred-
metning belgisi“ mavzusini o‘rganish bo‘yicha ikkita misol kelti-
ramiz.
1. O‘qituvchi ana shu mavzuni o‘tishda doskaga bir necha gap-
ni ketma-ket yozadi, o‘quvchilar bilan ularga ma’lum gapning
bosh bo‘laklarini — ega va kesimini tahlil qiladi, so‘ngra o‘quvchilar-
ning e’tiborini gapning ikkinchi darajali bo‘laklariga — aniqlovchiga
qaratadi. Ko‘rib chiqilgan misollar asosida xulosa chiqarib: „Gap-
ning shunday ikkinchi darajali bo‘laklari borki, ular predmetning
belgisini bildiradi va qanday? qanaqa? qaysi? so‘roqlariga javob
bo‘ladi“, — deydi.
2. O‘qituvchi xuddi shularni boshqacha bayon qiladi.
Dars kirishdan boshlanadi: „Biz bugun grammatika bo‘yicha
yangi mavzuni o‘rganamiz. Men mavzuni aytmayman, uni keyin-
roq o‘zlaringiz aytasizlar. Hozir men sizlarga bir matnni beraman,
uni o‘qing va o‘ylab ko‘ring. Matnda aytilgan odam to‘g‘risida yaqqol
tasavvur hosil qiling“. O‘qituvchi ana shu so‘zlarni aytib, doskaga
bolalar biladigan qahramonning obrazi yozilgan plakatni osib qo‘ydi.
Matnda ham aniqlovchilar tushirib qoldirilgandi. Mana o‘sha matn:
„Men uning ¾ chehrasiga qaradim va u haqiqatan ham hech nar-
sadan qo‘rqmaydi, deb o‘yladim. Shunday ¾ irodali va shunday ¾
so‘zlaydigan bola qorong‘ulikdan ham, bezorilardan va ¾ narsalar-
dan ham qo‘rqmasligiga ishonch hosil qildim“.
O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘ylab olish uchun biroz vaqt berdi
va ulardan shu matnni o‘qib, o‘sha bola to‘g‘risida qanday tasav-
vur hosil qilishganini aytib berishlarini so‘radi.
O‘quvchilar qiynaldilar, ular juda qisqa yozilgan matndagi
odamning qiyofasini tasvirlab bera olmadilar.
Shunda o‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini hikoyaning to‘liq
matni yozilgan plakatga jalb qildi. O‘quvchilar ana shu ta’rifdan
qahramonning qiyofasini yaqqol ko‘z oldilariga keltirdilar. Shun-
dan so‘ng o‘qituvchi ikkala matnni taqqoslashni va ularning farqi-
157
ni aytishni taklif qildi. O‘quvchilar birinchi plakatda predmetning
belgisini bildiradigan so‘zlar yo‘qligini aniqladilar.
Shunday qilib, o‘quvchilarning o‘zlari aniqlovchi nima ekan-
ligi haqida xulosa chiqardilar. Bu esa ularni fikrlashga, faollik
ko‘rsatishga majbur qildi, bilimlarni ongli o‘zlashtirishlarini ta’min-
ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |