C) Sulton Salim I Ismoil Safaviy qo‘shinini tor-mor etdi. - 1514-yili
C) Sulton Salim I Ismoil Safaviy qo‘shinini tor-mor etdi. - 1514-yili
|
698.
|
Buyuk Alfred davridagi yangi qo'shin sabab jamiyatda qanday o'zgarishlar bo’ldi?
Jamiyatda professional Ziroatchilardan tashqari jangchilar toifasi vujudga keladi.
|
Alferd qo'shini sifati bo'yicha avvalgiga nisbatan sezilarli kuchayadi. Yangi qo'shinning paydo bo'lishi bilan jamiyatda ham muhim o'zgarishlar bo'ladi. Jamiyatda professional ziroatchilardan tashqari
|
|
jangchilar toifasi vujudga keladi.
|
699.
|
Yunon-makedon istilolaridan keyin O'rta Osiyo uchun ijobiy oqibatlari? Antik davr boshlandi. yunon yozuvi, yunon og'irlik o'lchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va san'at buyumlari
|
Yunon-makedon istilolaridan keyin O'rta Osiyo tarixida antik davr boshlandi. Bu yurishlar oqibatida G'arb va Sharq o'rtasida madaniy munosabatlar kengayishi sodir bo'ladi.
Baqtriyada yunon yozuvi, yunon og'irlik o'lchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va san'at buyumlari tarqaldi. O'z navbatida yunonlar ham Baqtriyaning binokorlik va hunarmandchilik an'analarini o'zlashtirdilar.
(Bu shaharlar uning nomi bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg'iyona Aleksandriyasi va hokazo tarzida atalgan. Mahalliy va yunon madaniyatlari an'analarining qo'shilishi yuz berdi. Ellinizm)
|
700.
|
Fransiyada Milliy blok qaysi yillarda g'olib bo'lgan? 1919-yil, 1928-yil, 1934-yil.
|
1919-yil noyabrda Milliy blok guruhi tuzildi. Milliy blok saylovlarda 2/3 qismdan ko‘proq ovoz oldi. Bu Fransiyadagi o‘ng kuchlarning eng katta g‘alabasi edi.
Ijtimoiy faoliyatga e’tibor qaratildi: ishsizlik, keksalik, kasallik, nogironlik va homiladorlik uchun pensiyalar joriy qilindi. Shunday holatda bo‘lib o‘tgan 1928-yilgi saylovlarda ham o‘ng kuchlar g‘olib chiqdi.
1934-yili hokimiyatga yana o‘nglar keldi. Fransiyada fashistik rejim o‘rnatilishi real xavfga aylandi.
|
701.
|
Oktaviyan Avgust faoliyati???
|
Rimda Sezarning jiyani Oktavian paydo bo'ldi. U Brut va unung tarafdorlariga qarshi kurash boshladi. Antoniy Misr malikasi Kleopatraga uylanadi. Nikoh sovg'asi tariqasida Antoniy Kleopatraga Rimning sharqiy provinsiyalarini (viloyatlarini) beradi. Bu Oktavianning noroziligiga sabab bo'ladi.
Mil. avv. 31-yilda Yunoniston qirg'oqlarida Antoniy va Oktavian flotlari o'rtasida jang bo'ldi. Jang qizigan bir pallada Kleopatra va Antoniy Aleksandriya shahriga qochadilar. Armiya va flot Oktavianga taslim bo'ladi. Keyingi yili Oktavian qo'shin bilan Misrga yetib keladi. Antoniy va Kleopatra o'z-o'zini o'ldiradi, Misr esa Rim davlati provinsiyasiga aylanadi. Shu tariqa Oktavian butun Rim imperiyasining yakka hukmdori bo'lib oladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |