Xavf-xatar nima?
Xavf-xatar hayotiy faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo`lib, odam sog`ligiga bevosita yoki bo`shqa yo`llar bilan zarar yetkazadigan; ya'ni ko`ngilsiz hodisalar, oqibat yaratuvchilar tushuniladi. Xavfni ifodalaydigan beigilar soni tajribaning maqsadiga qarab ko`p yoki kam bo`lishi mumkin.
Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalarni (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari) o`z ichiga oladi, chunki hayotiy faoliyat xavfsizligi (HFX) da faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi. Hayotiy faoliyatga to`g`ri kelmaydigan elementlar sistemasi kimyoviy va biologik aktiv moddalar yashirin xavfga egadir.
Xavflar taksonomiyasi
Taksonomiya - bu murakkab hodisalarning tushunchalarini, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni turkumlash (klassifikatsiya) va sistemalash to`g`risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o`rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo`lib, hali to`la ishlab chiqilmagan. Shuning uchun bu to`g`rida taksonomiyaning ishlangan qismi to`g`risida so`z olib boramiz:
1. Kelib chiqishi bo`yicha xavflar tabiiy, texnik, ekologik va aralash bo`ladi.
2. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo`yicha fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy turlarga bo`linadi.
3. Salbiy oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha xavflar impulsiv (beixtiyor harakat) va kumulyativ (to`satdan keluvchi) larga bo`linadi.
4. Xavflarning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha (lokalizatsiya) - litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog`liq bo`ladi.
5. Xavflar kelib chiqadigan oqibatlari bo`yicha - charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong`inlar va o`limga olib boradigan sabablar.
6. Xavflar keltiradigan zarari bo`yicha - ijtimoiy, texnik, ekologik va h.k.
7. Xavfni namoyon bo`ladigan muhiti bo`yicha – maishiy, sport, yo`l transport, ishlab chiqarish va harbiy.
8. Odamga ta'siri bo`yicha xavf - aktiv va passiv, o`ta ta'sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, aroq, sigareta) bo`ladi. Passiv deganda odamning o`zi sababchi bo`ladi.
Xavflar ro`yxati. Bu aniq bir tartiblar bo`yicha qo`yilgan nomlar, atamalar, ro`yxati (o`zgaruvchan harorat, havo tezligi, bosim, yorug`lik, havoni ionizatsiyalash, portlash, gerbetsid, shovqin, tebranish, yong`in, zaharli moddalar, lazer nuri va h.k.).
Har bir tekshiriladigan obyektda o`tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu obyektda (sexda, ish joyida, texnologik jarayonda, kasbda) uchraydigan xavflar ro`yxati tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |