bug’lanishiga sarf bo’lishi jarayonida tuproq tarkibida tuz ko’proq to’plana
bordi. Ushbu suvlarning bug’lanishiga sarf bo’lishi jarayonida ularning sho’rlik
darajasi asta-sekin oshib borgan, masalan, bug’lanishdan avval ularning
minerallashish darajasi har litr suvda 1-5 yoki 5-10 gramm bo’lgani holda,
joyning relef va litologik tuzilishiga qarab, ularning bug’lanishiga sarf bo’lishi
mobaynida minerallashish darajasi 2-3, hatto 4-5 barobar oshgan. Shuningdek,
avvalgi gidrokarbonat – sulfat yoki gidrokarbonat – xlorid sulfat tarkibli suvlar
ularning sho’rlik darajasining ko’tarilishi munosabati bilan sulfat – xlorid,
ba’zan xlorid – sulfat, natriy – xlorid toifasiga o’ta boshlagan. Buning natijasida
tuproq tarkibida shu zaylda ushbu tarkibdagi tuzlar to’plandi. Ko’l, botqoqlik,
pastqam joy, botiqlarda sho’rxoklarning tarkib topishi ana shu sabablarga
bog’liq.
80-yillarning
boshlarida
Amudaryo
va
Sirdaryo
deltalarida
sho’rxoklarning umumiy maydoni 60-yillardagiga nisbatan 2-3 barovardan
ko’proq kengaydi. Orol qirg’og’ida avval mavjud bo’lgan son-sanoqsiz ko’llar
(ular dengizdan suvning sizib o’tishi natijasida vujudga kelgan) dengiz sathining
tushib ketishi tufayli ular to’yinib turish manbaidan ajraldi, natijada ko’llar suvi
faqat bug’lanishga sarf bo’lishi oqibatida ularning ostida 0,2 m dan 1,2-1,6
metrgacha bo’lgan qalinlikda tuz qatlami qoldi. Tuz tarkibi bo’yicha ko’pincha
osh tuzi (natriy-xlorid), gips, sulfat – xlorid toifasiga mansubdir. Keyingi
vaqtlarda sho’rxok tuproqlarning vujudga kelishi tezlashmoqda va sho’rxok
tuproqlar borgan sari katta maydonlarni egallamoqda.
Shuni alohida aytib o’tish kerakki, Amudaryo va Sirdaryo deltalaridagi
mavjud o’tloq-taqir tuproqlar avval qayir rejimida rivojlangan bosqichda ular
tarkibida ko’p miqdorda chirindi to’plangan edi. Chirindi asosan zich o’sgan
qamishlarning ildizlari va poyalarining chirib, torfga aylanishi natijasida
vujudga kelgan. Tuproqning yuqori qatlami ostida joylashgan bu qop-qora torfli
qatlamning qalinligi ba’zi joylarda 10-15 sm ga yetadi, chirindi miqdori esa 2-3,
hatto 10 foizgacha boradi. Bu tuproqlar endilikda sho’rxoklarga aylanish
natijasida chirindilar shu muhitda konservatsiyalangan holatga o’tdi. Biroq
tuproqlarning shamol ta’siriga beriluvchanligining oshishi bilan ushbu
chirindilar deflyatsiya natijasida juda ham kamayib ketmoqda, binobarin,
tuproqdagi eng boy torf qatlami to’zib, yo’qolmoqda. Shunday qilib, Orol
dengizi sathining tushib, qurishi natijasida, Amudaryo va Sirdaryo deltasi
rayonlarida sahrolanish (cho’llanish) boshlandi. Faqatgina Sirdaryoning quyi
qismida 1978 yilga kelib 114 ming gektar allyuvial - o’tloq tuproqlar sahrolanib
sho’rxoklarga aylandi, 532 ming gektar botqoq va o’tloq – botqoq tuproqlar
qurib qoldi, 31 ming gektari sahrolandi va 55 ming gektari sho’rxoklarga
aylandi. 732 ming gektarga yaqin yerlar qishloq xo’jaligi aborotidan chiqdi.
Yaylov va pichanzorlarning mahsuldorligi 30-40 sentnerdan 13 s\ga qisqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: