Xavfsizlik qoidalari



Download 0,53 Mb.
bet10/83
Sana31.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#216925
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
2 5318816941643664342

9-Amaliy ish

Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika va ikkilamchi

zanjirlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar va havfsizlik
1. Barcha releli himoya, ikkilamchi zanjir, elektr avtomatika, elektr ulchash va telemexanika qurilmalari EQTQ ga muvofiq; bo‘lishi shart.

2. Podstansiyalarda yoki taqsimlovchi qurilmalarda o‘rnatilgan RXLvaT qurilmalarining ishlashini tahlil qilish va elektr uzatish havo liniyalarida shikastlangan joylarni aniqlash uchun qo’llaniladigan avariya rejimlarida avtomatik tezlanib yozadigan o‘ziyozar asboblar, avariyaviy yozuvlarshshg avtomatik ossillograflari, shu jumladan, ularni ishga tushuruvchi qurilmalari, qayd qiluvchi asboblar (indikatorlar) va boshqa qurilmalar EQЩ talablariga muvofiq bo‘lishi shart.

3. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan iste’molchiniig aloqa liniyalaridagi, shuningdek energiya bilan ta’min­lovchi tashkilot dispetcherining tezkor bopщaruvidagi yoki tezkor karamidagi iste’molchilar podstansiyalari transfor- matorlarining (avtotransformatorlarining) 5fiatmalari qiymati energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning tegishli RXL xizmati bilan kelishilgan bo‘lishi shart.

Urnatma qiymatini tanlashda, avtomatik ulash va avtomatik kayta ulash qurilmalarining borligi xisobga olinib, harakatning selektivligi ta’minlanishi shart.

Bundan tashqari, selektivlik bo’yicha urnatma qiymatini aniqlashda sexlardagi agregatlar va mexanizmlarning texnologik avtomatikasi va blokirovkasi qurilmalarining ishlashi xisobga olinishi shart.

4. Releli himoya qurilmalarining barcha o’rnatma qiymatlari korxona va energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning minimal elektr yuklamasi sharoitlarida, elektr ta’minotining amaldagi sxemasi uchun tekshirilishi shart.

5. Tezkor tok zanjirlarida himoya apparatlari (saqlagichlar va avtomatik uchirgichlar) harakatining selektivligi ta’minlanishi shart.

6. Ekspluatatsiya qilishda releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlarning normal ipshashi uchun sharoitlar (ruxsat etilgan harorat; namlik, titrash, ishchi parametrlarning nominaldan chetga chikishi va bolщalar) ta’minlanishi shart.

7. Elektr tarmogining ish rejimiga va selektivlik shartlariga, vazifalariga va ishlash prinsiplariga kura ishdan chikarilgan bo‘lishi lozim bo‘lgan qurilmalardan tashqari ekspluatatsiya qilinayottan RXLvaT qurilmalari doimo ulangan ishchi holatida bo‘lishlari shart.

RXLvaT qurilmalarini rejali ishlashdan chiqarish tegishli buyurtma bilan rasmiylashtirilishi va Yuqori turuvchi navbatchi xodimning (mansubligi bo’yicha) ruxsati bilan amalga oshirilishi shart.

Noto‘g‘ri ishlash xavfi tugilgan xolda, RDAvaT qurilmalari yuqori turuvchi navbatchi xodimning ruxsatisiz, lekin keyinchalik unga xabar berib, mahalliy yuriqnomaga muvofiq va buyurtma rasmiylapggirilib, ishlashdan chikarilishi kerak. Bunda ishda kolgan releli himoya qurilmalari elektr uskunalarni va elektr uzatish liniyalarini barcha turdagi shikastlanishlardan tulik himoyalashni ta’minlashi shart. Agar bunday shartga rioya kilinmasa, vaqtinchalik himoya qilinishi yoki ulanma uchirilishi shart.

8. Ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan sozlash ishlari bajarilganda, ularni qabul qilishni RDAvaT qurilmalariga texnik xizmatni amalga oshiruvchi xodimlar amalga oshiradilar.

Yangi montaj kilingan qurilmalarni ekspluatatsiya qilishga ruxsat, releli himoya, avtomatika va telemexanika jurnaliga yozilib, ushbu korxona (yuqori turuvchi tashkilotlar) vakili va sozlash tashkilotining javobgar ijrochisi imzolari bilan rasmiyl ashtiril adi.

Korxonada RXLvaT qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘lmasa, unda ularni yuqori turgan tashkilot xodimlari qabul kiladilar.

9. RXLvaT va signalizatsiya qurilmalari panellari va shkaflarining oldi va orka tomonlarida, shuningdek bopщaruv panellari va pultlarida dispetcherlik nomlariga mos ravishda ularning vazifalarini k)fsatuvchi yozuvlar, ularda o‘rnatilgan apparatlarda esa - sxemalarga muvofiq yozuvlar yoki markirovka bo‘lishi shart.

10. Kiskich yigmalariga (katorlariga) ulangan simlar sxsmalarga mos keluvchi markirovkaga ega bo‘lishi shart.

Nazorat kabellarida markirovka, ularning oxirlarnda, tarmoqpaiishida va kabel okimlarini kesishish joylarida, devor, ship va sh.u. orkali utish joylarida ikki tomonda bo‘lishi shart.

Bush kabel tolalarining oxirlari izolyatsiyalangan bo‘lishi shart.

I. Yerga nisbatan RXAvaT qurilmalarining elektr boglangan ikkilamchi zanjirlarining izolyatsiya qarshiligi, shuningdek elektr boglaimagan turli muljaldagi zanjirlar 5ftasidagi (ulchash zanjirlari, tezkor tok, signalizatsiya zanjirlari) izolyatsiya qarshiligi har bir birikma uchun 1 MOm dan kam bo‘lmasligi, teleboshqaruvning chashki zanjirlarida va telemexanika qurilmalarining 220 V kuchlanishli ta’minlash zanjirlarida esa -10 MOm dan kam bo‘lmasligi ta’minlanishi shart.

RHAvaT qurilmalari zanjirlari, teleboshqaruvning chikish zanjirlari va 220 V ta’minlash zanjirining izolyatsiya qarshiligi 1000-2500 V ga mujallangan megaommetr bilan, ishchi kuchlanishi 60 V va undan kam bo‘lgan RHA qurilmalari zanjirlari va telemexanika zanjirlari 500 V ga muljallangan megaommetr bilan Ulchanadi,

Tarkibida yarim o‘tkazgich va mikroelektronika elementlari bor bo‘lgan RHAvaT qurilmalarining ikkilamchi zanjirlari izolyatsiyasiii tekshirishda, ushbu elementlarning shikastlanishini oldini olish choralari kurilishi shart.

12. RXAvaT qurilmalarini montajdan keyin ulashda va birlamchi profilaktik sinovlarida RXLvaT elektr boglangan zanjirlarining va har bir ulanmani boshqa barcha ikkilamchi zanjirlarining yerga nisbatan izolyatsiyasi, shuningdek bitta panel chegarasida joylashgan elektrli boglanmagan zanjirlar orasidagi izolyatsiya, 60 V va undan past ishchi kuchlanishga xisoblangan elementlar zanjirlaridan tashqari, o‘zgaruvchan tokning 1000 V kuchlanishi bilan 1 minut davomida sinalishi shart.

13. RXLvaT qurilmalarining barcha to‘g‘ri va noto‘g‘ri ishlashi holatlari, shuningdek ularga tezkor va texnik xizmat ko‘rsatish jarayoiida aniqlangan nuqsonlar (nosozliklar) xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan sinchkovlik bilan taxlil qilinishi kerak. Xodi ml ar barcha nuqsonlarni bartaraf qilishlari shart.

122


14. RXLvaT qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar texnik xizmat ko‘rsatishdan utishlari shart, ularning xajmi va davriyligi amaldagi qoidalar bilan belgilanadi.

Noto‘g‘ri ishlab ketishdan keyin, qurilmalarni kushimcha (avariyadan keyin) tekshiruvlari o‘tkazilishi shart.

15. Texnik xizmat ko’rsatishda RXAvaT qurilmalarini tekshirish uchun sinash qurilmalari, ushbu maqsadlar uchun boshqarish shchitlari xonalariga, podstansiyaning taqsimlovchi qurilmalariga va boshqa joylarga o‘rnatilgan shtepsel rozetkalariga yoki shchitchalarga ulanishi kerak.

16. Releli himoya, elektr avtomatika va telemexanika bopщaruv panellarining (shkaflarining) va pultlarining oldi tomonini, ularga o‘rnatilgan apparatlarni davriy ravishda maxsus ukitilgan xodim changdan tozalashi shart.

Ochiq iShlangan apparatlarni, shuningdek ushbu panellar (shkaflar) va pultlarning orka tomonini RXLvaT qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodim yoki yo’riqnoma utgan tezkor xodim tozalashi shart.

17. Nazoratning va boshqa operatsiyalarning davriyligi, shuningdek xodimlarning XLrakat tartibi mahalliy yuriqnomalarga muvofiq, ob’ektlarga xizmat ko‘rsatish tartibi (korxona xodimlari tomonidan, markazlashgan va boshqa) xisobga olingan xolda belgilanadi.

18. RXAvaT qurilmalar boshqaruv pultlari va panellari (shkaflari) yigmalarining (katorlarining) bevosita yaqinida bexosdan ulanishi ulanishni uchirilishini yoki ulanishini, tezkor tok zanjirlarida yoki sinxron generatorning (elektr dvigatelning, kompensatorning) ko‘zgatish zanjirlarida qisqa to‘tashuvni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan kiskichlar bo‘lmasligi shart.

19. Metall kobikli nazorat kabellaridagi shikastlanish- larni bartaraf qilishda yoki ularni o‘zaytirishda, tolalarni birlashtirish germetik muftalar o’rnatish bilan yoki bu maqsad uchun muljallangan kutilar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu muftalar va kutilarni maxsus jurnalda xisobga olinishi yuritilishi kerak.

O’rta xisobda bitta kabelning har 50m ga bittadan K$ta bo‘lmagan yuqorida ko‘rsatilgan birikmalar to’g’ri kelishi kerak.

Polivinilxlorid va rezina kobikli kabellar, odatda epoksidli ulash muftalari yordamida yoki qisqichlarning o’tish qatorlarida ulanishlari kerak.

20. Agar izolyatsiyasi havo, yoruglik va moy ta’siridan emiriladigan nazorat kabellari kullanilgan bo‘lsa, kiskichlardan tugallash muftalarigacha bo‘lgan tola uchastkalarida bu emirilishga tuskinlik qiluvchi kushimcha koplama qilinishi shart.

21. Avariyaviy va oshxlantiruvchi signalizatsiya qurilmalari doimo ishga tayyor holatda bo‘lishi va davriy ravishda sinovdan o‘tkazib turilishi shart.

Asosiy e’tiborni tezkor tokning mavjudligiga, ikkilamchi zanjirdagi avtomatik uchirgichlar va saqlagichlarning ishga yaroqliligiga, shuningdek uchirgichlarning bopщaruv zanjirlariga karatish kerak.

Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish