Bog'liq xavfsizlik-masalalari-muammolari-va-ularning-kelib-chiqishi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 380
w www.oriens.uz July 2021 atamasi keng tarqaladi. Ekspertlar hamjamiyatida mazkur tushuncha haqida XX
asrning 50-yillarida ilk bor xavfsizlikning
harbiy aspektlarini mujassam etgan tor kategoriya sifatida gapirila boshlandi”
6
. Ikkinchi jahon urushi va “Sovuq urush” ga
qadar davlatlarning siyosiy-iqtisodiy ustunligi ularning harbiy qudrati va qo’l ostidagi
hudud jihatdan bo’ysundirgan birliklar va koloniyalar bilan belgilanar edi. Davlatlar
o’z hududlarini kengaytirish va ta’sir doirasiga kiradigan hududlarni ushlab turishda
bevosita harbiy kuchga tayanar edi. Shunday qilib, mintaqaviy xavfsizlik gegemon
davlatlarning o’z xoxish irodasiga ko’ra dunyoni geografik jihatdan bo’lib olgan
hududlarida harbiy-chegaraviy kuchlar yordamida bevosita ta’minlanar edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoda asosan ikki kuch hukmronligi
boshlandi. Bu kuchlar o’zining kapitalistik va sotsialistik g’oyalari asosida dunyoni
ikki qutb sifatida shakllantirdi. Mazkur davr tadqiqotchilar tomonidan xavfsizlik
sohasida “strategik tadqiqotlar”ning “oltin davri” sifatida baholanadi. Uning doirasida
harbiy soha xavfsizlik muammolarini tadqiq etishning ustuvor yo’nalish, maxsus va
umumiy harbiy kuch esa – milliy xavfsizlikni ta’minlashning yagona samarali
vositasi (quroli) sifatida qaralgan. Shu bois, o’z g’oyalariga nisbatan “dushman
timsoli” va harbiy tahdidning mavjudligi xavfsizlikning boshlang’ich elementi bo’lib
xizmat qilgan. Nazariy va amaliy ma’noda xavfsizlik tahdidlarni boshqarish bilan
uyg’un holda ko’rilgan. Bu davrda endilikda xavfsizlik subyektlari tizimida suveren
davlat markaziy o’rin egallay boshladi. Bu o’rinda milliy xavfsizlik va davlat
xavfsiligi markaziy o’ringa chiqadi.
Davlatning yoki mamlakatning xavsizligi to’g’risida so’z yuritilganda olimlar
fikrlari o’rtasida ko’plab qarama-qarshiliklar mavjud. Bunga sabab, davlat
xavfsizligiga nisbatan qaysi atamani ko’proq mos kelishi va shunga mos uning
faoliyati asosiy prinsiplarini belgilab olishdan iborat. Masalan, “milliy xavfsizik”
atamasi SSSR mafkurasi faoliyati uchun qarama-qarshi tushuncha edi. Chunki,
“milliy xavfsizlik” – bu alohida olingan bir millatning xavfsizligini anglatib
mohiyatan bir millatning manfaati ustunligi bilan xarakterlanadi. Bu esa o’z tarkibiga
kirgan “xalqlarning tengligi” g’oyasini ilgari surgan Sobiq Sovet davlati uchun
o’zining mafkuraviy prinsiplari buzilishiga olib kelardi. V. E. Chekanov SSSRdagi
“milliy xavfsizlik” tushunchasi keng tarqalmaganligini ta’kidlaydi, chunki “bu tarixiy
bosqichda “milliy” tushunchasi mutlaqo boshqacha mazmunga ega bo’lib, unga
ko’ra, birinchi navbatda, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari va o’z hududida
6
Bobokulov I. I., Umarov X. P. Xavfsizlik asoslari. O’quv qo’llanmasi. – T.: JIDU, 2010. – B.7.