3-savol: Yuridik javobgarlik tushunchasi, prinsiplari va turlari.
Huquqiy adabiyotlarda yuridik javobgarlikka turlicha ta`rif beradilar. Ba`zi huquqshunos-olimlar yuridik javobgarlik deganda huquqqa xilof xatti-harakati uchun javob berish (yoki hisob berish) majburiyatini tan oladilar;
boshqa mualliflar ma`lum bir mahrum bо`lishlarga duchor bо`lish majburiyatini, huquqqa xilof qilmish uchun salbiy oqibatlarni hisoblaydilar;
uchinchilari huquqni buzish fakti emas, balki huquqni qо`llash akti qabul qilinishi munosabati bilan kelib chiqadigan majburiyat, deb tushunadilar;
tо`rtinchi guruhdagi mualliflar yuridik javobgarlik – davlat majburlov xususiyatiga ega bо`lgan tadbirlarning amalga oshirilishi deb qaraydilar;
Do'stlaringiz bilan baham: |