Tо`rtinchidan, huquq buzilishi – xatti-harakat hisoblanib, u fikr, tafakkur timsoli emas. Xulq-atvor huquqqa qarama-qarshi harakatlarda yoki harakatsizlikda namoyon bо`ladi. Qonun buzuvchining ijtimoiy xavfliligi harakatning «moddiyligi»da namoyon bо`ladi. Tafaqqur о`z-о`zidan ijtimoiy xavfning aniq va holis mezoni bо`la olmaganidek, kishi xatti-harakatining qonuniyligi yoki noqonuniyligini ham belgilamaydi.
Gegelning «Falsafa huquqi» asarida kishi о`z harakati uchun javob berishi tо`g`risida ta`kidlangan bо`lsa, e`tiqod uchun, intilish uchun javob bermasligi atroflicha ifoda qilingan.
Beshinchidan, huquq buzilishi – aybli qilmishdir. Agar shaxsning harakatida ayb bо`lmasa, uning harakati huquq buzilishi hisoblanishi mumkin emas, garchi uning holati chetdan qaraganda huquq tartibotga qarama-qarshi kо`rinsa ham. Masalan, zaruriy mudofaa holatida odam о`ldirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |