Ikkinchisi – odatdagi huquqiy hatti-harakat. U faollikdan farq qilgan holda, ortiqcha xarajat va harakat bilan bog`liq bо`lmaydi. Bu kishining doimiy hizmat va boshqa hayotiy faoliyatidan kelib chiqadi va u odatda huquqiy normalar talabiga mos keladi. Fuqarolar ushbu hatti-harakat doirasida о`zlarining yuridik ahamiyatga molik u yoki bu harakatlarini amalga oshiradilar. Lekin bu ularning faolligini huquqiy talab darajasidan oshirishga olib kelmaydi. Jamiyatda, davlatda, amalda, shaxsiy hayotiy faoliyatda u oddiy va zaruriy hol hisoblanadi. Aynan shunga muvofiq shaxsning moddiy va ma`naviy ehtiyoji qanoatlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |