INSON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR – SIZ BILMAGAN ENG QIZIQ 101+ MA’LUMOT
Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko’pki, ularni bir sahifaga sig’dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo’ladiganlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o’z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin.
ODAM HAQIDA 101 FAKT
1
Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi – ko’zning shox pardasi. U kislorodni bevosita havodan oladi.
2
Inson miyasining sig’imi 4 terabaytdan oshadi.
3
7 oygacha bo’lgan yoshda chaqaloq bir vaqtning o’zida nafas olishi va yutinishi mumkin.
4
Bosh 29 ta turli suyaklardan tashkil topgan.
5
Miyadan chiqqan nerv impulsi 274 km / soat (76 metr/ soniya) tezlikda harakat qiladi.
6
Bitta inson miyasi bir kunda dunyodagi barcha telefonlarga qaraganda ko’proq elektrik impulslar ishlab chiqaradi.
7
Inson tanasi tarkibida o’rtacha: bitta itdagi barcha burgalarni o’ldirish uchun yetarli miqdorda oltingugurt; 900 ta qalam tayyorlash uchun yetarli uglerod; o’yinchoq zambarakdan otish uchun yetadigan kaliy; 7 ta sovun tayyorlash uchun yetadigan yog’ va 50 litrli bochkani to’ldirish uchun yetarli suv mavjud.
8
Inson yuragi hayoti davomida 182 million litrdan ortiq qonni haydaydi.
9
Siz ushbu jumlani o’qishingiz davomida tanangizda 50 mingdan ortiq hujayra o’lib, yangilari bilan almashadi.
10
Homila 3 oyligida barmoq izlariga ega bo’ladi.
11
Ayollar yuragi erkaklarnikiga qaraganda tezroq uradi.
12
Charlz Osborn ismli kishini 68 yil davomida hiqichoq tutgan.
13
O’naqaylar chapaqaylarga qaraganda o’rtacha 9 yil uzoq umr ko’radi.
14
Odamlarning taxminan 2/3 qismi o’pishganda boshini o’ng tomonga egadi.
15
Inson o’z tushlarining 90% ni butunlay unutib yuboradi.
16
Inson organizmidagi qon tomirlarining umumiy uzunligi taxminan 100 ming km.
17
Bahorda nafas olish soni kuzga qaraganda o’rtacha 1/3 martaga ko’proq bo’ladi.
18
Umrining oxiriga kelib, inson o’rtacha 150 trillion bit ma’lumotni eslab qolgan bo’ladi.
19
Shokolad insonni aqlliroq qilishi isbotlangan.
20
Do’slat bilan vaqt o’tkazish immunitetni mustahkamlaydi.
21
Shakar jarohatlarning bitishini tezlashtiradi – agar kichikroq jarohat ustiga shakar sepilsa, u tezroq tuzaladi va og’riq tezroq kamayadi.
22
Inson tanasi issiqligining 80 foizi bosh orqali yo’qotiladi.
23
Yuzingiz qizarganda, oshqozon ham qizaradi.
24
Tashnalik hissi, tana vaznining 1% ga teng bo’lgan miqdorda suv yo’qotilishida yuzaga keladi. 5% dan ko’proq yo’qotish hushdan ketishga, 10% dan ko’proq suv yo’qotish esa o’limga olib kelishi mumkin.
25
Inson tanasida kamida 700 ferment faoliyat olib boradi.
26
Insonlar – chalqancha yotadigan yagona mavjudotdir.
27
4 yoshli bola kuniga o’rtacha 450 ta savol so’raydi.
28
Insonlardan tashqari, koalalar ham unikal barmoq izlariga ega.
29
Yer yuzidagi jami bakteriyalarning atigi 1 foizi odamlarda kasallik chaqiradi.
30
Sayyoradagi barcha insonlarni tomonlari 1000 metr bo’lgan kubga qulaylikcha joylashtirish mumkin.
31
Kindikning ilmiy nomi – umbilikus.
32
Tish – inson tanasining o’z-o’zini tiklashga qodir bo’lmagan yagona qismi.
33
O’rtacha kishiga uxlab qolish uchun 7 daqiqa vaqt kerak.
34
O’naqay kishi ovqatni ko’proq jag’ning o’ng tomonida chaynaydi, chapaqay esa ko’proq chap tomonida.
35
Bo’g’imlarni qirsillatish zararli emas va bu artritga olib kelmaydi.
36
Dunyoda chapaqaylar butun aholining atigi 7 foizini tashkil etadi.
37
Insonning umri davomida boshida o’sadigan sochning jami uzunligi – o’rtacha 725 kilometrni tashkil qiladi.
38
Quloqlarini harakatga keltira oladigan odamlar orasida faqat 1/3 qismi bitta qulog’ini harakatga keltirishi mumkin.
39
Odam butun hayoti davomida o’rtacha miqdorda 8 ta kichik o’rgimchakni yutib yuboradi.
40
Inson organizmida yashovchi bakteriyalarning umumiy og’irligi 2 kg ni tashkil qiladi.
41
Tanadagi umumiy kaltsiyning 99% tishlarda.
42
Inson lablari barmoqlari uchiga qaraganda yuz marta sezgirroq.
43
Bir tomondagi chaynov mushaklarning mutlaq kuchi 195 kg ni tashkil etadi.
44
O’pishish paytida, bir kishidan boshqasiga 278 turdagi bakteriyalar o’tadi. Yaxshiyamki, ularning 95 foizi xavfli emas.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |