Partenofobiya – bokiralardan qo’rqish.
46
Tish emali – inson tanasi tomonidan ishlab chiqarilgan eng mustahkam to’qimadir.
47
Agar inson organizmidagi barcha temir to’plansa, u faqatgina soat uchun kichik vint tayyorlashga yetadi.
48
Tumov chaqiradigan 100 dan ortiq turli xil viruslar mavjud.
49
Boshni devorga urib, soatiga 150 kaloriya yo’qotish mumkin.
50
Inson – to’g’ri chiziq chizish qobiliyatiga ega hayvonot olamining yagona vakili.
51
Inson terisi hayoti davomida 1000 marta almashtirilgan.
52
Ayollar erkaklarga qaraganda 2 marta ko’proq ko’z ochib-yumishadi.
53
Inson tanasining tuzilishi faqat 4 mineraldan iborat: apatit, aragonit, kaltsit va kristobalit.
54
Haqiqiy ehtirosli bo’sa, miyada parashyutdan sakrash va miltiqdan o’q otish kabi bir xil kimyoviy reaktsiyaga sabab bo’ladi.
55
Erkaklar 130 smdan past, ayollar esa 120 smdan past bo’lganda mitti deb hisoblanadi.
56
Qo’l barmoqlaridagi tirnoqlar oyoqlarnikiga nisbatan qariyb 4 barobar tezroq o’sadi.
57
Ko’k ko’zli odamlar qolganlarga nisbatan og’riqqa ko’proq sezgirdir.
58
Inson bosh miyasida 1 soniya ichida 100 ming kimyoviy reaktsiya sodir bo’ladi.
59
Bolalar tizza kosachasisiz tug’iladi. Ular faqat 2-6 yoshga kelib shakllanadi.
60
Agar bir tuxum hujayradan hosil bo’lgan egizaklar birining u yoki bu tishi bo’lmasa, odatda, boshqa birida xam huddi shu tish bo’lmaydi.
61
Inson o’pkasining sirt maydoni taxminan tennis kortining maydoniga teng.
62
Kishi hayotining o’rtacha 2 haftasini bo’salar uchun sarflaydi.
63
Sariq sochli erkaklarda soqol qora sochli erkaklarnikiga nisbatan tezroq o’sadi.
64
Inson organizmida leykositlar o’rtacha 2-4 kun davomida yashaydi, eritrositlar esa 3-4 oy.
65
Inson tanasidagi eng kuchli mushak tildir.
66
Insonning yuragi kattaligi taxminan uning mushti kattaligiga tengdir. Katta yoshdagi kishi yuragining og’irligi 220-260 gramm atrofida.
67
Tug’ilganida, inson miyasida 14 milliard hujayra mavjud bo’lib, o’limgacha bu raqam oshmaydi. Aksincha, 25 yoshdan keyin ular kuniga 100 mingtagacha kamayadi. Kitobning sahifasini o’qish uchun sarflangan bir daqiqada insonda o’rtacha 70 ta hujayra nobud bo’ladi. 40 yildan keyin miyaning degradatsiyasi keskin ravishda tezlashadi va 50 yoshdan so’ng neyronlar (nerv hujayralari) qurib, miyaning hajmi kichrayadi.
68
Tug’ilganda, bolaning tanasida taxminan 300 suyak bo’ladi, katta bo’lganida esa ular 206 tani tashkil etadi.
69
Insonning ingichka ichaklari uzunligi tirikligida taxminan 2,5 metrni tashkil qiladi. O’lganidan so’ng, ichak devorining mushaklari bo’shashishi natijasida uning uzunligi 6 metrga yetadi.
70
O’ng o’pkaning chap o’pkaga nisbatan o’ziga ko’proq havo sig’dirishi mumkin.
71
Katta yoshli kishi kuniga 23 ming marta nafar nafas oladi (va chiqaradi).
72
Erkak organizmidagi eng kichik hujayralar – spermatozoidlar hisoblanadi.
73
Inson og’zida 40 ming atrofida bakteriya mavjud.
74
Odamlar organizmida taxminan 2000 ta ta’m bilish retseptorlari mavjud.
75
Inson ko’zi 10 million rangni ajrata oladi.
76
Sevgidan ekstazga mas’ul bo’lgan kimyoviy birikma (feniletilamin) shokoladda ham mavjud.
77
2008-yilda og’riq qoldirish uchun platsebo ta’siri o’rganiladigan bir tajriba o’tkazildi. Ko’ngillilarga og’riqni qoldirish uchun ikki turdagi platsebo berildi – birinchisining narxi 10 sent, ikkinchisiniki esa 2,5 dollar edi. Tajriba birinchisi og’riqni 64 foizga, ikkinchisi esa 85 foizga kamaytirishini ko’rsatdi. Xulosa: qimmat platsebo arzoniga nisbatan samaraliroq ishlaydi.
78
Inson yuragi qonni 4-qavatgacha ko’tarish uchun yetarli bo’lgan bosim hosil qiladi.
79
Tushda odam televizor tomosha qilish vaqtidagidan ko’ra ko’proq kaloriya yoqadi.
80
Bahorda bolalar tezroq o’sadi.
81
Har yili mingdan ortiq chapaqaylar o’naqaylar uchun mo’ljallangan mexanizmlarni ishlatishda xatolik tufayli vafot etadi.
82
Kishi kulganida 17 mushak ishlaydi, xo’mrayganida esa 43 ta.
83
60 yoshga kelib, ko’pchilik odamlar o’z ta’m bilish retseptorlatining yarmini yo’qotadilar.
84
Samolyotda parvoz paytida odamning soch o’sish sur’ati ikki baravar tezlashadi.
85
Insonlarning 1% infraqizil nurlar, 1% esa ultrabinafsha nurlarni ko’rishga qodir.
86
Agar kishi butunlay yopiq xonada qamab qo’yilsa, bu holda u havo yetishmasligi tufayli emas, balki karbonat angidriddan zaharlanish tufayli nobud bo’ladi.
87
Statistikaga ko’ra, har 2 milliard kishidan bittasi 116 yildan ko’proq umr ko’radi.
88
Kishi 24 soat ichida o’rtacha 4 800 so’z gapiradi.
89
Ko’z ichidagi to’r parda taxminan 650 kv. mm.ni qamrab oladi va 137 million fotosensitiv hujayralarni o’z ichiga oladi: oq-qora ko’rish uchun 130 million tayoqcha va rangli ko’rish uchun 7 million kolbachalar.
90
Kishi ko’zlari tug’ilganidan boshlab bir xil o’lchamda qoladi, lekin burun va quloqlar hech qachon o’sishdan to’xtamaydi.
91
Ertalab kishining bo’yi kechqurunga qaraganda 8 mm yuqoriroq bo’ladi.
92
Ko’zning fokus olish mushaklari kuniga 100 ming marta harakatlanadi. Oyoq mushaklarining shuncha marta qisqarishi uchun bir kunda 80 km piyoda yurish kerak.
93
Yo’tal – 100 km / soatgacha bo’lgan tezlikda harakatlanadigan havo portlashi.
94
Nemis tadqiqotchilarining fikriga ko’ra, yurak xuruji xavfi dushanba kuni boshqa kunlarga qaraganda ko’proq ekan.
95
Suyak po’latdan 5 marta mustahkamroq.
96
Ochiq ko’z bilan aksa urish ilojsiz.
97
Tirnoqning et ichiga o’sib kirishi – nasldan-naslga o’tadigan xususiyatdir.
98
Normal odam ochlikdan ko’ra uyqusizlikdan tezroq vafot etadi. Uyqusiz bo’lganda o’lim 10 kun ichida sodir bo’ladi, ochlikdan esa – bir necha hafta o’tgach.
99
O’rtacha umr davomiyligi – 2 475 576 000 soniyani tashkil etadi, bu vaqt ichida odam o’rtacha 123 205 750 so’z aytishga ulguradi.
100
Kulgich bo’lishi uchun operatsiya qilish shart emas. Buning uchun maxsus mashqlar mavjud.
101
Olma va bananlarning hidi ozishga yordam beradi.