FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Biror-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Mana shunday ekan bugungi kunda o’z-o’zimizni anglab milliy qadriyatlarimiz o’z o’rnini topib mustaqilligimiz kun sayin mustahkamlanib borayotgan bir vaqtda ona yurtimizning har bir farzandi o’z Vatanini va tarixini sevish, o’ng asosiy burchimiz bo’lishi kerak. Shuning uchun ham o’tmish tarixiy va moddiy-madaniy yodgorliklarini o’rganish muhofaza qilishning rolini oshirish muammolarini hal qilishga hozirgi kunda katta e’tibor bermoqda.
O’rta Osiyo haqida ilk ma’lumotlar miloddan avvalgi V–IV asrda bu yerlarga sayohat qilgan yunonlar tomonidan yozib qoldirilgan. Ular Sirdaryo va Amudaryo o’rtasidagi yerlarni Transok soniya (Transoxiana) deb ataganlar. Bizga tarixdan ma’lumki, o’lkamiz har xil nomlar bilan atalib kelgan. Qadimda Turon o’lkasi, Arablar bosqini davriga kelib Movaraunnahr, Rus bosqini davriga kelib Turkiston, deb atalib kelgan Turkistondan keyin O’rta Osiyo deb atalib kelmoqda. Bu atamalar bu yer O’zbekiston uchun emas O’rta Osiyo Respublikalarining hammasi shu nomlar atalgan, shu jumladan O’zbekiston ham.
Ushbu kursda o’zbek xalqining tarixiy taraqqiyoti, moddiy-ma’naviy manbalarini «O’lkashunoslikda arxeologiyaning roli», «O’lkashunoslikda etnografiyaning ahamiyati», «O’lkashunoslikni o’rganishda arxivshunoslikning o’rni», «O’lkashunoslikda antropologyaning roli», o’lkaning jo’g’rofik holat, tabiiy iqlim sharoitlari, jo’g’rofik atamalar toponomika o’lka tarixini o’rganishda asosiy manbalardan biri sifatida, xalq og’zaki ijodi va yozma manbalarning o’rni, o’lkashunoslikda muzey eksponatlarining ahamiyati, maktab muzeyi va to’garaklar deb nomlangan qismlar orqali o’rganiladi, Arxeologiya yodgorliklari, bunga qadimgi shaharlar, qo’rg’onlar, qal’alar, qadimiy manzilgohlar, istehkomlar yo’llarining qoldiqlari, mozor qo’rg’onlar, Qoyatosh tasvirlari va boshqalarni o’rganadi.
Arxivshunoslikda, markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlaridan qolgan turli hujjatlar, foto-kino hujjatlari va tovush yozuvlari va hokazolar haqida ma’lumotlar beradi. Hozirgi kunda jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida terang anglanishlar jarayoni kechayotgan bir davri tarixni o’rganish, uni xolis baholash va moziydan meros jamini qadriyatlardan ijodiy foydalanish o’ta muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Antropologiya, arxeologik qazishmalar jarayonini yangi antropologik ma’lumotlar yig’ish va ularni tadbiq etishni talab etadi. Ma’lumki, antropologlar turli tarixiy davrlarga oid odam suyaklarini o’rganish natijasida ularning tashqi qiyofalarini tiklab, qaysi antropologik irqqa oid ekanligini aniqlaydilar.
O’lkaning jo’g’rofiy holatida, o’lkaning geografik joylashuvi, iqlim sharoiti, iqtisodiy-siyosiy, tabiiy sharoitini aholisi va ma’muriy tuzilish xaritasini o’rganamiz.
Jo’g’rofik atamalar va toponomika o’lka tarixini o’rganishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Toponimika geografik nomlar kishi ismlarini o’rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani zamin tili deb atashimiz ham mumkin. Geografik nomlar va zamin qa’rida o’rganilmayotgan nomlar insonlarga qo’yiladigan ismlar toponomikaning asosiy manbai hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |