Bu gapni eshitgan qarg’a:
Voy qitmir mushuk ayyor,
Hatto yolg’onga tayyor.
Tuzukkina basd bo’ying,
Yashiribsana o’z uying.
Seni oshkor etaman,
Hozir butun o’rmonga ,
Siring ochib ketaman.
Qag’-qag’ eshitinglar hayvonvonlar
Katta chinor ostida
Baroqvoyning uyi bor.
Uyini sir tutadi
Uning yomon o’yi bor.
O’rmonning bir chetida asal yalab o’tirgan ayiq qarg’aning gapini eshitgach ,mushukning uyi tomon boradi. Ayiq mushukka qarab:
Bizdan salom mushukka
Mehmon keldi uyingga.
Do’st bo’laylik ikkimiz,
Birgalikda yashaymiz.
Yemish topamiz birga
Ham bir joyda qishlaymiz.
Shunda mushuk ayiqqa qarab:
Yo’q- yo’q also bo’lmaydi,
Seni tabim suymaydi.
Tumshug’ing beso’naqay biroz,
Yungingchi paxmoq iflos.
Achinma hech ko’yimga
Kiritmayman uyimga
Menga hech do’st kerakmas,
O’zim tinch yashasam bas.
O’rmondan o’tib ketayotgan quyoncha ayiq bilan mushukni suhbatini eshitib mushukning uychasi tomon keladi va deydi:
Hoy mushukjon eshik och,
Bo’ri kelar qorni och.
Yordam bergin sen menga,
Do’st bo’lay o’zim senga.
Men quyoncha bo’laman,
Xizmatingni qilaman.
Mushukjon tez bo’laqol.
Do'stlaringiz bilan baham: |