UMUMIY XULOSA
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim tizimining boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi.
Maktabgacha ta’limning vazifalari:
-xalqning boy milliy, madaniy –tarixiy merosi vositasida bolalarni ma’naviy axloqiy sifatlarini tarbiyalash;
-bolalarda milliy vatanparvarlik xislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olishga bo’lgan ehtiyojini,o’qishga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlab berish;
-bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o’zining fikrini erkin bayon qilishi malakalarini shakllantirish hamda bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlashdan iboratdir.
Tadqiqot ishimizdan kelib chiqib amalga oshirilgan ilmiy tahlillar,taqdim etilgan metodik ishlanmalar, tavsiyalarimizni umumlashtirgan holda ularning samaradorlik darajasini baxolab quyidagi xulosalarga keldik:
Tadqiqot ishi maktabgacha ta’lim tashkilotida xalq og’zaki ijodining ertak janri vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda quyidagi tamoyilalrgaasoslanish lozimligini ko’rsatdi:yaxlit yondashuv,tarbiyalanuvchiga yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan xolda yetkazib berish; bolalarga-pedagogik qo’llab –quvvatlashga extiyoj sezuvchi,individual munosabatda bo’lishni talab etuvchi shaxs deb qarash;tarbiyaviy ish mazmuni ,shakl va metodlarini tanlab olishda tabaqalashtirilgan yondashuv;tabiat bilan o’zaro uyg’unlik;madaniyat bialn uygunlik;qadriyatli va mazmunli yondashuv;
Xalq og’zaki ijodi janrlari vositasida maktabgcha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash masalalari maktabgacha ta’lim dasturlaridan ,maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maxsus tuzilgan qo’llanmalar mazmunidan keng o’rin olish.
Maktabgacha ta’lim variativ tizimi sifatini boshqarishni tashkil etish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotida 6-7yoshdagi bolalarni xalq og’zaki ijod namunalarini vositasida axloqiy tarbiyalash yanada takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilar o’rtasida ijtimoiy tadqiqotlar o’tkazish,shu asosida istiqbolli tadbirlarni belgilash.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun xalq og’zaki ijodi ertak janrining vositalari, shakllari asosida axloqiy tarbiya berishga oida metodik asarlar yaratish.
O’zida milliy , madaniy , tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalardan kitob o’qishga qiziqish uyg’otuvchi o’quv metodik , didaktik (o’yinchoqlar yoki ertak qahramonlarining turli rasmlari)materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash xamda maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga joriy etishni taqazo etadi.
Axborot texnologiyalarining globallashuv jarayonida yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda bolalarning ongigagina emas, balki ularning qiziqishlari, xis –tuyg’ulariga ham e’tibor berish, ularda jamiyatning shaxsga qo’yilgan talablariga muvofiq ijobiy xulqiy malaka va odatlarni tarkib toptirish “ong-xissiyot-iroda” birligiga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda oila, maxalla , va nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti xamkorligi samaradorligini oshirish,ularda kitobxonlik va mutoola madaniyatini rivojlantirishda motivatsion faoliyatga oid bo’lgan qadriyatlarga yo’naltirilgan komponentlarning o’zaro bog’liqligini inobatga olish lzim.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangan sifatli o’quv metodik va didaktik materiallar(o’yinlar va o’yinchoqlar ) v badiiy adabiyotlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish,bosma materiallarni turli tillarda ishlab chqiqishning bozoriva turlarini yanada rivojlantirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida 6-7 yoshdagi bolalarni ertaklar vositasida axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda aniq metodologik yondashuv va nazariyalarga asoslanish, tarixiy –falsafiy ,milliy pedagogic –psixologik omillarning yaxlitligi va birligini xisobga olish maqsadga muvofiq.
Bolalar xayolot olamini boyitish va turmush bilan kengroq tanishtirish uchun ertaklar o’qib berish, uning multfilmlarini tomosha qildirish yoki ertaklarni sahnalashtirish yo’llaridan foydalanish juda katta ahamiyatga egadir. O’zbek xalq ertaklari, ular asosida ishlangan milliy multfilmlar, qo’g’irchoq teatrlar, sahnalashtirilgan ertaklar faqat bolalarnigina emas, balki kattalarni aqliy, shuningdek axloqiy jihatdan tarbiyalovchi eng qudratli omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |