Ikkinchi bosqich tajriba sinov ishlari olib borildi. Bu bosqichda biz maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og’zaki ijodi vositasida axloqiy tarbiyalash bo’yicha ishlab chiqilgan ish mazmuni, uni amalga oshirish metodlari sinab ko’rildi. Ishlab chiqilgan metodikani tajribadan o’tkazishda tajriba va nazorat guruhlari ajratib olindi. Tajriba va nazorat guruhlarida ish bir hil sharoitda amalga oshirildi.
Tajriba guruhi – Sh. Rashidov tuman MTBga qarashli “Shirintoy ” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tayyorlov A guruhi: Guruhda jami: 30 nafar bola bo’lib, 10 nafari o’g’il bolalar, 20 nafar qiz bolalar.
Guruh tarbiyachisi: Xolmatova Zilola.
Nazorat guruhi – Sh. Rashidov tuman MTBga qarashli “Shirintoy ” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bog’chaning tayyorlov B guruhi.
Guruhda jami: 24 nafar bola bo’lib, 10 nafari o’g’il bolalar, 14 nafari qiz bolalar.
Guruh tarbiyachisi : Solijonov Maftuna.
Tanlangan guruhimizdagi bolalarning ma’naviy-estetik jixatdan saviyalari deyarli bir-biriga o’xshash.
Biz buni bizning bergan savollarimizga bergan javoblaridan va kuzatishlarimizdan aniqlab oldik.
maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og’zaki ijodi vositasida axloqiy tarbiyalash o’ziga xos o’rni, ahamiyatini yuqorida nazariy asosladik.
Uni amaliy hayotda qay darajada o’z tasdig’ini topishini tajriba guruhida sinab ko’rdik.
Uchinchi bosqich. Tajriba o’tkazilgandan keyin guruhdagi bolalarning bilim darajasi axloqiy qarashlari dunyoqarashlari o’zgardi.
Buni biz, tajribadan so’ng bolalar bilan bo’lgan muloqot va savollarga bolalarning bergan javoblarida o’z tasdig’ini ko’rsatdi.
Pedagogik eksperimentda olingan ma'lumotlar bizga maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlami shakllantirish bo’yicha ularning kelajakdagi rivojlanish dinamikasini kuzatish maqsadida axloqiy tarbiyalanganlik darajasi mezonlarini belgilash imkonini berdi.
Quyidagi hollarda maktabgacha yoshdagi bolaning axloqiy tarbiyalanganlik darajasi yuqori hisoblanadi:
- agar bola ma'naviy merosga oid xalq og’zaki ijodi namunalari haqida (maqol, ertak, doston, topishmoq va h) yetarlicha keng bilimga ega bo’lsa, agar unda do’stlariga ,yaqinlariga, kattalarga nisbatan hurmatda bo’lish , ona tabiatga va hayvonlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish shakllantirilgan bo’lsa.
Quyidagi hollarda bola o’rta darajada axloqiy tarbiyalangan deb hisoblanadi:
- agar xalq og’zaki ijodi namunalariga oid ma’lum bilimlarga ega bo’lsa, biroq har doim ham atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lavermasa, har doim ham e'tiborli va atrofdagilarga hurmatda bo’lmasa.
Axloqiy tarbiyalanganlik darajasi past bo’lgan bolalar o’zbek xalqining folklor namunalar,ma'naviy merosi haqida cheklangan bilimga ega ekanliklari, axloqsiz fazilatlari,ona tabiatga loqaydliklari, ramzlari haqida tasavvurga ega emasliklari bilan ajralib turar edilar.
O’tkazilgan tajriba natijasida maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy sifatlarini shakllanganlik darajasini aniqlash uchun ishlab chiqilgan mezonga ko’ra,kuzatish, bolalar bilan suhbatlashish, tarbiyachining, o’rtoqlarining va har bir bolaning o’z xulqidagi axloqiy sifatlarga baho berishda xalq og’zaki ijodi namunalaridan hisoblangan ertak janridan foydalandik.Biz uchun tarbiyalanuvchi xulqi va munosabatlarida axloqiy sifatlarni tashkil etuvchilarning qanday ro’y berishi, tarbiyalanuvchi qanday talablarga rioya qilishi va qaysi talablarni chetlab o’tganligini aniqlash muhim deb hisobladik.
Eng muhimi, axloqiy sifatlarning o’zaro bog’liqligini, bu bolalarning umumiy axloqiy hislatlarida qanday ifodalanishi, qay darajada uning axloqiy fazilatiga aylanganligini aniqlash kerak edi.Shuning uchun o’quv yilining yarim yilligida tarbiyalanuvchilar bilan anketa yuzasidan og’zaki va yozma javoblar olib bordik. O’zimiz va tarbiyachilar tomonidan bolalarning turli vaziyatlar sharoitida xulqini va o’zaro munosabatini muntazam kuzatib bordik. Shuningdek, mashg’ulotdan tashqari ertaklarni saxnlashtirishning xilma-xil shakllarini uyushtirish orqali tarbiyalanuvchilarni bu faoliyat jarayoniga jalb etib bordik va bajarayotgan rollarida aks ettirayotgan axloqiy sifatlarni aniqlab bordik.Shu yo’l bilan tajriba va nazorat guruhlari bo’yicha olingan natijalarni aniqlab, o’rganib, taqqoslab bordik. Suhbat, tekshirish, kuzatish, anketa materiallari bilan to’ldirib borildi.Olingan natijalar hamisha tajriba guruhlari uchun yuqori ko’rsatkich bilan ifodalandi.
Ertaklardan foydalanish orqali tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllanganligini aniqlash uchun o’lchov mezonini ishlab chiqdik va uch darajani asos qilib oldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |