Xaritalar va ularning turlari haqida ma’lumot


-MAVZU: GAT DASTURLARI. MAP INFO dasturi



Download 160,18 Kb.
bet10/19
Sana23.02.2022
Hajmi160,18 Kb.
#144145
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
2 5255759881071231890

9-MAVZU: GAT DASTURLARI. MAP INFO dasturi


GAT dasturlari
XX asrning 70-yillarida geografik ma’lumotlar tizimi koordinatalar sistemasiga bog‘langan ma’lumotlarni kompyuter monitorida tasvirlash yoki xaritalarni tahrirlash hamda ularni chop etishda keng qo‘llanila boshlandi. XX asrning 60-yillari oxirlarida AQSHning aholini ro‘yxatga olish bo‘limi (U.S. Census Bureau) xodimlari tomonidan ma’lum bir hududga oid ma’lumotlarni kompyuterlashtirish va keyinchalik esa ushbu ma’lumotlar ustida ishlash g‘oyasi vujudga keladi. Ular tomonidan “GBF-DIME” (Geographic Base File, Dual Independent Map Encoding) ya’ni geografik ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi formati ishlab chiqiladi. Bu formatda birinchi marotaba topologiya deb ataluvchi, ob’ektlar o‘rtasidagi hududiy bog‘liqlikni aniqlovchi sxema ishlab chiqilgan. XX asrning 70-yillari davomida AQSHning barcha shaharlari uchun “GBF-DIME” formatidagi xaritalar yaratiladi. Keyinchalik “GBF-DIME” formati “Tiger” nomi bilan o‘zgartiriladi. Bu jarayonga matematik Jeyms Korbett hamda dasturchi Donald Kuklar muhim hissa qo‘shganlar. Hozirgi kunda aynan mana shu texnologiyani zamonaviy geografik axborotlar tizimlari qo‘llab kelmoqdalar. GAT sohasidagi yangi g‘oyalar Massachusets texnologiya instituti “Garvard kompyuter grafikasi va sohaviy tahlil” laboratoriyasida vujudga keladi. Aynan mana shu laboratoriya faoliyati geografik axborot tizimining taraqqiy etishiga muhim hissa qo‘shgan. Ushbu laboratoriya asoschisi Govard Fisher va dasturchi Dana Tomlin tomonidan “Map Analysis Package-MAP”, “PMAP”, “Amap” ya’ni rastr dasturlari vositalari yaratiladi. Ushbu laboratoriyaning eng yaxshi mahsulotlari “SYMAP”, “Calform”, “SYMVU” hamda “ARC Info”ning dastlabki vakili “ODYSSEY” dasturlari hisoblanadi. GIS texnologiyasining jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga AQSH, Kanada, Fransiya, Angliya hamda SHvetsiya davlatlarida geografiya sohasida o‘tkazilgan tadqiqotlar muhim rol o‘ynagan. Gatning yanada taraqqiy etishiga Kanada Geografik axborot tizimining ishlab chiqilishi va yaratilishi ham muhim o‘ringga egadir. Kanada geografik axborot tizimi XX asrning 60-yillarida ishlab chiqilgan va hozirgi kunda ham jadal sur’atlar bilan taraqqiy etmoqda. Kanada geografik axborot tizimi asoschisi Rodjer Tomlinson hisoblanadi. U tomonidan ko‘plab GIS ya’ni GAT sohasidagi konseptual va texnikaviy echimlar ishlab chiqilgan hamda amalga oshirilgan. Agar tarixga murojaat etsak, turli ma’lumotlarni xaritalarda aks ettirish g‘oyasi kompyuterlar ixtiro qilingunga qadar vujudga kelgan. Masalan: 1781 yilda fransiyalik xaritashunos Lui-Aleksandr Berte (Louis-Alexandre Berthier) Yorktaun (Yorktown) ostonasidagi jangda qo‘shinning xarakatlanishi yo‘nalishini asosiy xaritada shaffof qatlamlar asosida aks etirishga harakat qilgan. 1854 yilda vrach Djon Snou tomonidan London markazida xolera tarqalishi yo‘nalishini xaritada aks ettirish orqali infeksiya o‘chog‘ini aniqlashga xarakat qilgan.
1980 yillar ohiri va 1990 yillar boshlarida GAT Rossiya Federatsiyasida ham keng qo‘llanila boshlandi. Bunga qadar esa GAT Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirligi va bir nechta davlat siyosati ahamiyatiga molik bo‘lgan tashkilotlar tomonidan qo‘llanilgan. Biroq shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi bilan GAT yangi hamda arzon platformaga moslashadi va foydalanuvchilar soni orta boshlaydi.
Bugungi kunda GAT “Google”, “NASA”, “Refraction Research”, “Integraph”, “Microsoft”, “Esri (Arc Gis)” va boshqa ko‘plab yirik firmalar ish olib boruvchi yuqori axborot texnologiyalar bozoridagi tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan sohalardan biri hisoblanadi. GAT dasturlaridan asosan “Arc Info” va “Map Info” arxeologiya sohasida ma’lumotlar tahlili uchun boshqa dasturlarga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi. “Arc Info” dasturini ishlab chiqish g‘oyasi Jek Danjermond va uning rafiqasi Laura Danjermondga (Jack va Laura Dangermond) tegishlidir. Ular 1970 yillarning o‘rtalarida “Garvard kompyuter grafikasi va hududiy tahlil” laboratoriyasida faoliyat olib borishgan. Ular Kaliforniyada o‘zlarining kompaniyalariga asos soladilar. Bu kompaniya kartografiya sohasida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullangan va u “Atrof-muhim tizimini tadqiq etish instituti” ya’ni, “Environmental Systems Research Institute” qisqacha ESRI deb nomlangan. Ular tomonidan yaratilgan “Arc Info” hozirgi kunda “Arc Gis” deb ataluvchi dasturning tarkibiy qismi hisoblanadi. Arc Gis quyidagi dasturiy ta’minotlarni o‘z ichiga oladi.

  • SHaxsiyGISdasturlari-ArcInfo, ArcEditor, ArcView, ArcReader, ArcGISExtensions;

  • GISserveri-ArcGIS Server, ArcGIS Explorer, ArcGISImage

  • Server, ArcIMS;

  • Geografik ma’lumotlar bazasi;

  • GIS ishlanmalari uchun asboblar dasturi-ArcGIS Engine;

  • MobilGIS-ArcPad, ArcGIS Mobile, ArcGIS Desktop.

Quyidasanabo‘tilgandasturlarichidantarixfanlarisohasidatadqiqotchiningfoydalanishdarajasivaechilayotganmuammolarmurakkablikdarajasidankelibchiqqanholdako‘proq “ArcView” yoki “ArcInfo” dasturlarihamqo‘llaniladi. “ArcInfo” istalganturdagihududiyaxborotbilanishlashgamo‘ljallanganzamonaviydasturiyta’minotlardanbirihisoblanadi.“ArcInfo” dasturiyta’minotima’lumotlarbazasigayo‘naltirilgandastlabkigeografikaxborottizimidir.Hozirgikundabudasturdan 80 danortiqdavlatlardafoydalaniladi. “MapInfo” dasturiesahuddishunomdagikompaniyatomonidan 1986
yildaishlabchiqilgan.Keyinchalikesabudastur “Pitney Bowes Business Insight” kompaniyatomonidansotibolingan.
Aynan “MapInfo”
dasturiRossiyaFederatsiyadakengqo‘llanilayotgandasturlardanbirihisoblanadi. Ushbudasturbuyruqlarirustiligatarjimaqilingan. “MapInfo” dasturifoydalanuvchiuchunqulayligishundaniboratkiundayaratilaganma’lumotlarnibevosita“ArcInfo” dasturiyordamidahamko‘rishmumkin.Xozirgi kunda GAT sohasida bir nechta dasturlar ishlab chiqilgan:

  • GRASS GIS-1982 yilda AQSH da yaratilgan.

  • ILWIS-1980 yilda Niderlandiyada yaratilgan.

  • MapWindow GIS-1998 yilda AQSH da yaratilgan.

  • SAGA-2001 yilda Germaniyada yaratilgan.

  • Quantum GIS-2002 yilda yaratilgan bo‘lib, xalqaro loyiha hisoblanadi.

  • gvSIG-2003 yilda Ispaniyada yaratilgan.

YUqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda shuni ta’kidlashimiz mumkinki, GAT dasturlarini ishlab chiqishda AQSH etakchi o‘rinni egallab kelmoqda. GAT dasturlaridan foydalanuvchilar maslahatlariga e’tibor qaratsak, ushbu dasturlar ichidan “Quantum GIS” va “SAGA” dasturlaridan foydalanishni tavsiya qilishadi. “QGIS” “Linux” operatsion tizimida geografik ma’lumotlarni tezkor ko‘rib chiqish va foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida 2002 yilda bir guruh tashabbuskorlar tomonidan halqaro loyiha asosida yaratilgan. Hozirgi kunda ushbu dastur yaratuvchilari dastur funksiyalarini kengaytirish ustida ishlamoqdalar. Ushbu dastur “Windows”, “Mac OS X”, “Linux” operatsion tizimlari uchun moslashtirilgan va vektor, rastr ma’lumotlarni, shuningdek ko‘pgina kartografik veb-serverlar taqdim etadigan ma’lumotlar ustida ishlash imkoniyatlariga egadir. “SAGA -System for Automated Geoscientific Analyses” dasturi 2001 yilda Germaniyaning Gettingem universiteti geografiya fakulteti xodimlari tomonidan yaratilgan. Ushbu dastur “C++” dasturlash tilida yaratilgan bo‘lib, rastr ma’lumotlar ustida ishlash uchun mo‘ljallangan.

MapInfo дастурига кириш

Карталар яратишнинг "Қоғозли" деб аталган одатдаги технологияси билан бир қаторда кейинги йилларда Географик ахборот тизимидан (ГАТ, кейинчалик умумий қабул қилинган иборада ГИС сўзи ишлатилади) фойдаланган ҳолда карталар яратишнинг компьютерли технологияси жадал суратлар билан ривожланмоқда.

Оддий қилиб айтганда, ГИСга табиат ва жамият объектлари ва ҳодисалари ҳақидаги топографик, геодезик, ер, сув ресурслари ва бошқа картографик ахборотни йиғиш, уларга ишлов бериш, ЭҲМ хотирасида сақлаш, янгилаш, тахлил қилиш, яна қайта ишлашни таъминловчи автоматлаштирилган аппарат-дастурли комплекс, деб таъриф берса бўлади.

Барча ГИСларда маълумотларни йиғиш, қайта ишлаш, хотирада сақлаш, янгилаш, таҳлил қилиш ва маълумотларни компьютер ёки етарли даражада тасвир хусусиятини қайта ишлай оладиган махсус дастурли техник воситалар орқали ушбу жараёнларни бажариш усуллари эътиборга олинган. Демак, ГИС - турли усуллар билан тўпланган табиий тармоқлар хақидаги кенг мазмунли маълумотлар базасига таянган мукаммал ривожланган тизим ҳисобланади.

Ҳозирги пайтда фойдаланиш соҳаларининг кенглиги жиҳатидан ГИСнинг тенги йўқ - у навигация, транспорт, қурилиш, геология, география, ҳарбий ишлар, иқтисодиёт, экология, мавзули картография ва бошқа соҳаларда кенг қўлланилмоқда.

Бугунги кунда илмий тадқиқотлар ва амалий фаолиятда кўплаб ГИСлар ишлатилиб, улар орасида шахсий ГИСлар кенг тарқалган. Жумладан уларга GeoDraw GeoGraph, (География институти, Россия), AtlasGis ва WinGis (АҚШ), ArcInfo, MapInfo (АҚШ) ва бошқа дастурларни келтириш мумкин.

Биз кенг тарқалган ГИСнинг универсал тизими бўлган MapInfo дастуридан фойдаланиб, мавзули карталарни тузишда олиб бориладиган иш жараёнини кўриб чиқамиз. MapInfo дастури рус тилида тузилгани учун, услубий қўлланмада ушбу дастурни бошқариш элементлари номларининг ўзбек тилидаги таржимаси билан бир қаторда рус тилидаги атамаларини ҳам келтиришни лозим топдик.

MapInfo ГИС дастурининг асосий хусусияти — унинг оммабоплигидадир, яъни бу тизим: график тасвирларни ўқиш (кўриш) ва уларга кайта ишлов бериш; маълумотлар базаси билан ишлаш; маълумотлар базасида кидирув ишларини амалга ошириш, редакторлик ишларини бажариш; картографик белгиларни қуриш; диаграммаларни тузиш; картани нашрга тайёрлаш ва нашр қилиш ишларини бажариш имкониятига эга.

Дастурда-маълумотларни кўриш учун 3 хил дарча мавжуд: матнли, картографик ва графикли. Монитор экранида бир йўла бир неча дарчалар намоён бўлиши мумкин. Масалан: фойдаланувчига шаҳар кўчаларини тасвирловчи планли картографик дарча ва унга хос бўлган жадваллар матни дарчаси. Экранда ҳосил қилинган дарчалар фаол ҳисобланади. Дастурнинг яна бир хусусияти — уларнинг бир-бири билан узвий, бевосита боғланганлигидадир, яъни бирор дарчада ўзгариш бўлса, бошқа дарчаларда ҳам шунга қараб ўзгариш бўлади. Агар график объект ва унга мос келадиган матнли жадвал ёзуви танланса, у картографик дарчада ҳам ёритилади ва аксинча, картографик дарча тасвири танланса - у график дарчада ҳам ёритилади.

Матнли дарча қатор ва устунларга эга бўлган жадвал кўринишдаги электрон дарчадир. Унинг ҳар бир қатори маълум ёзувни акс эттириб, ҳар бир устуни ушбу ёзув майдонини англатади. Дастур ёзувларни қўшиш, таҳрир қилиш, йўқотиш имконини беради. Фойдаланувчи дарчадаги керакли устунларни кўриш учун танлаб олиши, ўлчамларини ўзгартириши мумкин. Картографик дарча бошқа кўпгина ГИСлар каби қатламли тасвирлашдан фойдаланилади. Ҳар бир қатламнинг тавсифи фойдаланувчини талабидек кўрсатилиши, таҳрир қилиниши мумкин. Ташқи картографик дарча матн дарчаси каби жиҳозланган. У бошқа дарчаларни кўрсатиш учун горизонтал ва вертикал айлантириш чизғичига эга. График дарчадан нуқтали, чизиқли, юзали ва бошқа турдаги объектлар билан ишлаш учун фойдаланилади. MapInfo дастури ҳисоботлар тузиш, графиклар ва диаграммалар қуриш, статистик маълумотлар билан карталар ишлаб чиқишнинг ривожланган воситаларига эга.

Дастур мавзули карталар, шартли белгилар ва шрифтлар яратишга қодир. Маълумотлар базаси орқали объектнинг сифат ва миқдорий кўрсаткичларни акс эттирувчи шкалалар тузиш йўлларига эга. Бундан ташқари, дастур карталарнинг шартли белгиларини ҳосил қилиш, уларни тушунтирувчи ёзувлар билан таъминлаш ва энг асосийси, карталарни таҳрир қилиш имкониятига эга. MapInfo дастури ахборот-маълумотномали туркумдаги шахсий ГИС ҳисобланади.

Юқоридаги қайд этилган имкониятлардан келиб чиқиб, MapInfo географик ахборот тизимида мўъжиза яратса бўлар экан, деган фикр пайдо бўлади. Ҳақиқатан ҳам, сўралган заҳоти -"Карта тайёр", деган жавоб чиқади! Лекин, картани тайёрлаш жараёнида қандай технологиялар танланилишидан қатъий назар, жиддий тайёргарлик ишлари олиб борилиши керак.

MapInfo дастурида карта тузиш ишларини
бошлаш йўллари

MapInfo дастурида ишни бошлаш учун 2 марта MapInfo иконасини таъкидлаб кўрсатиш керак.

MapInfo дастурида ишни бошлаш диалоги.

Бир неча секунддан сўнг "Сеанс бошланиши" "Начало сеапса" диалоги пайдо бўлиб, унда Сиздан сеансни нимадан бошлаш керак эканлиги сўралади. Агар Сиз MapInfo билан аввал ишлаган бўлсангиз, сўнгги сеансгача бўлган шакл ҳолатини тиклашингиз мумкин.

Бунинг учун "Аввалги сеансни тикланг" "Восстановить прошлый сеанс" ёки охирги фойдаланган "Аввалги иш йиғиндиси" "Предыдущий Рабочий набор" ёки бошқа иш йиғиндиси "Рабочий набор" ни очишингиз мумкин. Агар Сиз MapInfo билан биринчи марта ишлаётган бўлсангиз, "Жадвални" "Таблицу" шаклни танлашингиз керак. Янги ГИС дастурини тузишда ҳам "Жадвал" "Таблица" ни танлашингиз керак.

Растрли тасвирлар билан ишлаш

Иш бошланишида "Жадвални очиш" "Открить таблицу" диалоги пайдо бўлади (3-расм). Олинган вазифага мувофиқ


Download 160,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish