Xarakatsiz to’pni tepish reja



Download 54 Kb.
Sana03.03.2023
Hajmi54 Kb.
#916146
Bog'liq
XARAKATSIZ TO’PNI TEPISH


XARAKATSIZ TO’PNI TEPISH
REJA:

  1. Sportchilar tayyorgarligi

  2. Bazaviy sikllar

  3. Tayyorgariik davri sikli


Sportchilar tayyorgarligi yillik siklini davriylashtirishga oid savollar, sport trenirovka nazariyasi va amaliyotida eng muhim o’rin tutadi. Shuning uchun yoshi, soni va maxorati xilma-xil bo’lgan sport turlarida bajarilgan tadqiqot ishlarining ko’pchiligi aynan shu muammolarga yechim topishga qaratilgan. Futbolda tayyorgarlik davri 2,5-3 oy davom etadi. Jamoalaming chempi-onlar ligasi, OFK Kubogi va terma jamoaning Osiyo o’yinlarida ishtirok etishlari bilan bog’liq bo’lgan bu davr musobaqa davri hisoblanib, 8-8,5 oy davom etishiga qaramay ikki oygacha qisqaradi. Tayyorgarlik davrining murakkabligi ham huddi shundadir. Sport trenirovka nazariyasida, bu davr umum tayyorgarlik va maxsus-tayyorgarlik bosqichlariga ajratiladi. Ulaming birinchisi ancha yuqori texnik-taktik darajaga erishishga olib bomvchi sportchi organizmining fiinksional imkoniyatlari darajasini va jismoniy sifatlarini ko’tarishga yo’naltirilgan funda-mental tayyorgarlik davri hisoblanadi. Ammo, kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki, mamlakat futbol amaliyotida oxirgi yillarda bu bosqich deyarli unutilgan. V.M. Zatsiorskiy (1982), L.V. Matveyev (1999), V.N. Platonov (1995) kabi sport nazariyasi sohasining mashhur mutaxassislari ishlari bir tomonlama trenirovkaning zarari haqida maMumot beradi, chunki tor doiradagi doimiy ish, organizmning plastik ta’minoti qonuniyatiga to’g’ri kelmaydi va patologiyaga olib kelishi mumkin. Bunday g’oya o’zbek futboli amaliyotida ham ko’rib chiqilmoqda. Ikki tomonlama o’yinni ko’payishi, tezlik, kuch, egiluvchanlik ziyoniga asosan chidamkorlik, jismoniy sifatlami rivojlantirishning bir tomon-lamaligi - buning barchasi bizning futbolchilar tayyorgarligi orqada qolib ketishiga sabab bo’ldi. Shuning uchun bizning fikrimizcha, futbolchilaming tayyorgarlik davri trenirovka uslubiyatini qayta ko’rib chiqish talab qilinadi. M.A. Godik (2007) flkricha, ilmiy va amaliy (murabbiylik) nuqtai nazari-dan, tayyorgarlik davrining davomiyligi, o’yin talabi darajasigacha texnik-taktik va davomiy sifatlami yetkazish mumkin bo’lgan vaqt bilan aniqlanishi lozim. Davomiy sifatlar bilan bu muammolarga yechim topish, alohida qiyinchilik talab qilmaydi: 6-8 haftalik tayyorgarlik davri, bazaviy jismoniy sifatlami (masalan, 240 jismoniy ishchanlik qobiliyati va chidamkorlik) tiklanish uchun yetarlidir. Ammo tayyorgarlik davrining asosiy vazifasi: futbolchilar va umuman jamoa tayyorgarligini shunday darajada shakllantirish kerakki, natijada birin-chidan mamlakat chempionatlarining birinchi doirasi musobaqalarida muvaf-faqiyatli o’yin ko’rsata olsin, ikkinchidan musobaqa davrining o’yinlararo siklida katta hajm va intensivlikdagi trenirovkalami o’tkazish imkoniyati tug’ilsin. Tayyorgarlik davrining shaxsiy vazifasi, o’yin samaradorligi va tomoshabop bo’lishiga bog’liq bo’lgan, yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik va maxsus harakat sifatlariga erishish hisoblanadi. Tayyorgarlik davri bir nechta sikllardan iborat bo’lib, har bir siklning o’ziga xos maxsus vazifalari mavjud. Asosiyga jalb qiluvchi sikl: futbolchilaming harakat imkoniyatlarini optimal darajagacha ko’tarish va kelgusi shiddatli ishga tayyorlash. Bazaviy sikllar (boshlang’ich): o’yinchilaming harakat imkoniyatlarini; oshirish, avvalo - aerob imkoniyatlar: tayyorgarlik davrining aynay shu va keyingi bosqichlarida juda katta, intensiv va har doim ham yoqimli bo’lmagan trenirovka yuklamasini bajarish zaruriyatiga ko’rsatmani shakllantirish, jamoa va guruh texnik-taktik harakatlarini asosiy sxemasini tiklash. Bazaviy sikllar (yakuniyj: barcha o’yinchilaming harakat imkoniyatlari darajasini oshirish, awalo - maxsus jismoniy sifatlar: guruh va jamoaning yangi harakat sxemasini o’rganib chiqish; jamoa asosiy tarkibini boshlang’ich bos-qichini shakllantirish. Musobaqa oldi sikli: jismoniy tayyorgarlik tuzilmasini optimallashuviga erishish bo’yicha ishlar: jamoa va guruh bo’lib o’yin olib borishning taktik sxemasini takomillashtirish. Futbolchilaming jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga yo’naltirilgan tayyorgarlik davri yuklamasining umumiy taqsimlanish sxemasi jadvalda keltirilgan. 241 9-jadval Tayyorgarlik davrida yuklamalarni taqsimlanish sxemasi________ Yuklamalar tavsif! Tayyorgariik davri siklida yukiamalar hajmi Maxsuslashtirilishi Yo’nalishi x> Ъ—» 2o 1 < ^ Bazaviy sikllar g, h 3 ° 2 1-chi 2-chi 3-chi Xos mashqlar Aralash Tanlangan 30% y°’q 15% 25% 35% 20% 40% 15% 55% 15% Xos boMmagan mashqiar Tezkorlik Kuch Chidamkorlik Koordinatsiya Egiluvchanlik 5% 20% 20% 10% 15% 5% 10% 25% 10% 10% 5% 15% 10% 5% 5% 10% 10% 10% 2-3% 7-8% 10% 10% 5% yo’q 10% Aerob ishning eng katta hajmini asosiyga jalb qiluvchi mezotsiklda kuzatish mumkin va boshqa mezotsikllarda ish hajmi pasayib boradi. Shu vaqtning o’zida, aralash tavsifdagi yuklamalar, asosiyga jalb qiluvchi mezotsiklga nisbatan bazaviy rivojlanish mezotsiklida ancha o’sadi va keyinchalik bazaviy marom-lashtiruvchi va musobaqa oldi mezotsikllarda asta-sekin oshadi. Anaerob-alaktat va anaerob-glikolitik tavsifdagi ishlarga kelganda, ulardan biri bazaviy rivoj-Iantiruvchi mezotsiklda sezilarli darajada o’sadi, so’ng boshqa mezotsikllarda ahamiyatsiz pasayadi, ikkinchisi esa - mezotsikldan mezotsiklga davomiy o’sib boradi. Tayyorgarlik davrida, fiitbolchilaming trenirovka yuklamasiga moslashuvi, trenirovka jarayonida qoMlaniladigan xilma-xil vositalar yordamida ham amalga oshiriladi. Mezotsikldan mezotsiklga, trenirovka jarayonining xos bo’fmagan vositalarining kamayib borishi va xos vositalaming o’sib borish g’oyasi kuzatiladi. Trenirovka jarayonini aniq davri davomida futbolchilami trenirovka yuklamasiga moslashuv mezonlari, shartsiz jismoniy tayyorgarlik va fiinksional ishlab chiqarish ko’rsatkichlaridir. Mahoratli fiitbolchilar tayyorgarlik davri trenirovka yuklamasining tuzilishi, sikllar va bosqichlardan kelib chiqib tebranadi degan xulosaga kelishga imkon beradi. Demak, mashg’ulotlar hajmining umumiy o’sib 242 borishida, yo’nalishi va maxsuslashtirilganiigi bo’yicha yuklamalar turli nisbatga egadir. Mezotsikldan mezotsiklga xos bo’lmagan vositalarning kamayishi va xos vositalarning o’sib borish g’oyasi ko’rsatilgan. Boshlang’ich sikllarda xos mashqlar 30% dan 40% gacha o’sadi va tayyorgarlik davrining yakuniy sikllarda 60-70% gacha yetadi. Albatta, xos bo’lmagan vositalarda aksincha nisbat saqlanib qoladi. Boshlang’ich siklda trenirovka yuklamasining yo’nalishi bo’yicha asosiy tayanch, avvalo anaerob imkoniyatlami 50% dan 65% ga, yakuniy sikllarda esa 35-50% ga oshirishga qaratilgan. Maxsus jismoniy sifatlarga tegishli nisbatlar aksincha. Mikrotsikl deganda, bir necha kun davomida o’tkaziladigan va ushbu tayyorgarlik bosqichida turgan vazifalarga kompleks yechim topishni ta’minlovchi mashg’ulot seriyalari tushuniladi. Mikrotsikllar davomiyligi 3-4 dan 10-14 kungacha. Tayyorgarlik davrida, yetti kunlik mikrotsikl keng tarqalgan va shug’ullanuvchilar hayotining umumiy tartibiga javob berib, davomiyligi bo’yicha taqvim haftalariga mos keladi. Butun trenirovka jarayonini tashkil qiluvchi, dastlabki zveno, avvalo mikrotsikllar tartibida o’zaro aloqador zvenolar bir butunlik jarayonida ahamiyat kasb etuvchi alohida trenirovka mashg’ulotlarining tizilmalari hisoblanadi. Oxirgilari trenirovka bosqichlarining nisbatan yakunlangan takrorlanuvchi fragmentlarini nazarda tutadi. Mikrotsikllar asosida mashgulot jarayonini tashkil qilish, mashg’ulot jarayonini ma’romlashtirishga, har bir tayyorgarlik bosqichida sportchiga o’z imkoniyatlarini to’liq va maqsadga yo’naltirib qo’llashga, fiinksional moslashuv vazifasini eng qulay yechimiga hamda texnik va taktik maxoratni oshirishga imkoniyat yaratadi. Mikrotsikllar qiymati shundan iboratki, trenirovkaning yuqori chastotasiga qaramay, ularda monotonlik va kutilmagan psixologik ta’sir havfi aniq kamayadi. Mikrotsikllardan bosh tortish, mashqlaming stereotip shakllari ishlab chiqishda yuklamalami uzoq vaqt me’yorlashtiriga olib keladi, bu esa o’z navbatida muvaffaqiyatga erishish uchun to’siq bo’lishi mumkin. L.P. Matveyev fikricha, mikrotsikllar tuzilmalariga ta’sir ko’rsatuvchi ko’pgina omillar va sharoitlar orasida quyidagilar ajratiladi: 243 1. Turli mashg’ulot yuklamalarini bajargandan keyin charchoq va tiklanish jarayonlarining o’zaro ta’siri va bunga bog’liq bo’lgan ancha katta va kichik yuklamalarda, yuklama va dam olishni navbatlashtirish tartibi. 2. Ushbu bosqichda vujudga keluvchi butun kurs vazifalarini qamrab olish maqsadida, turli yo’nalishdagi mashqlarni o’z ichiga olgan mashg’ulotlami muntazam navbatlashtirish zaruriyati. 3. Haftaga (6-8-10-12) yaqin davrda organizm fiinksional holatining bioritmik tebranishi.

4. Sportchi hayot faoliyatining umumiy tartibi (mehnat tartibi yoki o’qish faoliyati va boshqalar) va ularga asoslangan haftalik ishchanlik qobiliyati dinamikasi. 5. Mashg’ulotlaming umumiy tuzilmasida mikrotsikllar o’mi. Boshqacha qilib aytganda, mikrotsikllarning u yoki bu qirralarani o’zgarishi, qoida bo’yicha trenirovka jarayoni bosqichlari va davrlariga bog’liqdir. Mikrotsikllarda o’quv-mashg’ulot jarayonini tartibli rejalashtirish uchun quyidagi yuklamalar tavsifmi hisobga olish zarur: kattaligi, maxsuslashtiril-ganligi, murakkabligi, yo’nalishi. Sport tayyorgarligi bosqichi yoki har bir siklda, o’tkaziladigan trenirovka mashg’ulotlari yoki musobaqalar va nisbatan dam olish kunlari o’tkazadigan kunlarga ajratiladi. Kunlaming o’zaro munosabati yuklama hajmini umumlash-tirib tavsiflashga yordam beradi. Bundan tashqari, yuklama mazmunini trenirovka mashg’ulotlari va musobaqalar tashkil qilganligi sababli, ulaming o’zaro nisbatini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Trenirovka mashg’uloti shaxsiy trenirovka va badan tarbiyaga bo’linganligi uchun, o’quv-trenirovka jarayonini rejalashtirishda ulami ulushini aniqlash o’ta muhim hisoblanadi. Futbolda, tayyorgarlik davri quyidagi mikrotsikllar turlariga ajratiladi: asosiyga jalb qiluvchi, bazaviy va musobaqa oldi. Asosiyga jalb qiluvchi mikro-tsiklning davomiyligi 10-12 kun, bazaviy 8-9 hafta, musobaqa oldi 1-2 hafta. Bu davrida futbolchilaming tayyorgarlik samaradorligi, haftalik mikrotsikl trenirovka mashg’ulotlarining kattaligi, yo’nalishi, maxsuslashtirilganligi va koordinatsiya murakkabligi bo’yicha turli yuklamalar nisbatiga ko’p jihatdan bog’liqdir. 244 Tahlillarga ko’ra, tayyorgarlik davrida oliy liga jamoalari tezkor chidam-korlikni oshirish uchun faqatgina - 6-10% vaqt ajratadilar va 10-23% gacha trenirovka mashg’ulotlarini yuqori yuklama bilan o’tkazadilar, bu esa yetarli emas.


Tayyorgarlik davrida mashg’ulotlaming katta qismi o’rta yuklama (47 dan 54% gacha) bilan o’tkaziladi, bunda YuQCh 150 zar/daq oshmaydi, ikki martalik mashg’ulotlarda esa undan ham kam. Shu bilan birga maMumki, umumiy ishchanlik qobiliyatini optimal rivojlantirish uchun, YuQCh 150 zar/daq yuqori bo’lgan yuklama samarali hisoblanadi. Shunday qilib, an’anaviy g’oyalar, butun tayyorgarlik davri davomida umumiy chidamkorlikni oshirishni ta’minlovchi jismoniy yuklamalami ko’proq qoMlash hisoblanadi. Bunda tezkor chidamkorlik darajasi musobaqa davrini samarali boshlash uchun yetarli emas. Ko’rinib turibdiki, bunga sabab, fiitbol-chilar harakat faoliyatini o’ziga xos bo’lib, tayyorgarlik vositalarini noto’g’ri qo’llanilishi hamda kichik va o’rta kuchga ega bo’lgan katta hajmdagi jismoniy yuklamani sportchi tezkorlik sifatlariga saPbiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqorida keltirilganlarga tayanib quyidagicha xulosa qilish mumkin, davrlashtirish savollari doimo sport trenirovka nazariyasi va amaliyotida markaziy muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammo ayniqsa, hozirgi paytga kelib, futbolda xalqaro rasmiy musobaqalarda mamlakatning yetakchi va terma jamoalari ishtirok etishlari sababli musobaqalar soni hamda musobaqa davrining davomiyligi (8-10 oygacha) o’sib borayotganligi bilan uzviy bog’liqdir. Bu o’z navbatida, tayyorgarlik davrini qisqarishiga olib keladi. Lekin, bunga qaramay, sportchilar tayyorgarligining yillik sikli tuzilmalarini tahlili shuni ko’rsatadiki, tayyorgarlik davrining to’laqonliligi dolzarb hisoblanadi. Tayyorgarlikning har bir bosqichi uchun xos bo’lgan xaftalik mikrotsikllar bayon qilingan. Umumiy tayyorgarlik bosqichining vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 1) funksional imkoniyatlaming umumiy darajasini tiklash va oshirish; 2) harakat, bilim va ko’nikmalar hajmini tiklash va kengaytirish; 3) katta hajmdagi mashg’ulot yuklamasini bajarishda irodaviy tayyorgarlikni shakllantirish. 245 Bu bosqichdagi mashg’ulotlar har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirishga yo’naltiriladi. Mashg’ulotlaming ko’p vaqti chidamkorlik, tezkor-kuch sifatlarini, egiluvchanlik va epchillikni tiklash va keyinchalik takomil-lashtirishga yordam beruvchi mashqlarga ajratiladi. Keng ko’Iamda xos bo’lma-gan vositalar qo’llanildi: ogMrlik bilan mashqlar, kross, sakrash mashqlari, akrobatika, suzish. Maxsus mashqlar, yetakchi texnik usullaming ritmik tizilmalarini va harakat koordinatsiyasini tiklashga yo’naltirilgan: to’pni olib yurish, uzatish, zarbalar, aldashlar. Texnik-taktik mashqlar, ikkilik va uchlikiarda individual bajarildi. Bu bosqichdagi mashg’ulot sikli 6 kun amaliy mashg’ulotlar va bir kun dam olishdan tashkil topdi. Umumiy tayyorgarlik bosqichida haftalik mashg’ulot sikliga xos reja 10-jadvalda keltirilgan. Ko’rinib turibdiki, mashg’ulotlaming yarmi xos boMmagan mashqlar, ulaming hajmi esa barcha mashg’ulotlarda 60-65% ni tashkil qildi. Ular asosan tezkor-kuch, tezkor chidamkorlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan. Koordinatsion murakkablik sodda va o’rtacha. Kattaligi bo’yicha 8 ta mashg’ulot - o’rta, 4 ta - katta yuklamali, kichik yuklamali zsa umuman yo’q. Maxsus tayyorgarlik bosqichi vazifalari: 1) futbolchilar funksional imkoniyatlari darajasini oshirish; 2) musobaqaga yaqinlashtirilgan sharoitda to’pga egalik qilish texnikasini takomillashtirish; 3) jamoa zvenolarida va chiziqlarida o’zaro harakatlanishni yangi taktik variantlarini o’zlashtirish; 4) oldinda turgan mavsumga, jamoaning asosiy tarkibi nomzodlarini aniqlash
Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish