Ishlab chiqarish xarajatlari — tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va isteʼmolchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflardir. Ichki xarajatlar — korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan qilingan xarajatlar. Tashqi xarajatlar — tashqaridan jalb qilingan resurslarga toʻlovlarni amalga oshirishga ketgan xarajatlar. Doimiy xarajat — ishlab chiqarish hajmiga taʼsir etmaydigan, u oʻzgarganda ham miqdorini oʻzgartirmaydigan xarajatlar. Oʻzgaruvchi xarajat — ishlab chiqarish hajmining oʻzgarish taʼsir etadigan xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |