Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana11.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#351542
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
bxarajatlar hisobining maqsadi vazifalari va tamoyillari

Davr  xarajatlari 

deganda  bevosita  ishlab  chiqarish  jarayoni  bilan  bog’liq 

bo’lmagan xarajatlar va sarflar: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari 

va umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar tushuniladi

13



Davr xarajatlari – 



“Xarajatlar tarkibi… to’g’risida”gi Nizomga binoan joriy 

etilgan  korxonaning  xarajatlar  hisobi  tizimidagi  ko’rsatkich.  Davr  xarajatlari 

toifasiga  bevosita  ishlab  chiqarish  jarayoni  bilan  bog’liq  bo’lmagan  xarajatlar, 

ya’ni  boshqaruv,  tijorat  xarajatlari,  umumxo’jalik  maqsadidagi  boshqa  xarajatlar, 

shu  jumladan  ilmiy-tadqiqot  va  tajriba-konstruktorlik  ishlanmalari  xarajatlari 

kiradi.  Ushbu  xarajatlar  korxonaning  mahsulot  ishlab  chiqarish  faoliyati  bilan 

bog’lanmagani, lekin mahsulot (ish, xizmat) sotish bo’yicha asosiy faoliyati bilan 

bog’langanligi uchun ular 



operatsion xarajatlar

, shuningdek 



umumiy

 va 


ma’muriy 

xarajatlar

  ham  deb  ataladi.  Ular  ishlab  chiqarilgan  yoki  sotilgan  mahsulot  yoki 

tovarlar  hajmiga  deyarli  bog’liq  emas,  aksincha  xo’jalik  faoliyatining  davomiylik 

vaqti bilan ko’proq bog’liqdir. Ushbu xarajatlar ular paydo bo’lgan davrda yig’ib 

boriladi va hisobdan chiqariladi

14



Davr  xarajatlari  ham  korxona  molyaviy-xo’jalik  faoliyatida  muhim 

ko’rsatkich  hisoblanadi,  mahsulot  tannarxiga  bevosita  ta’sir  qilmasada,  bilvosita 

ta’sir etadi. Mahsulot narxini belgilashda bu tur xarajatlarga ham e’tibor beriladi, 

korxonaning jami xarajatlari formulasida buni yaqqol ko’rishimiz mumkin: 



y=ax

+

bu yerda: 



y

 – korxonaning jami xarajatlari; 



x

 – ishlab chiqarish hajmi; 



a

 – bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar; 



b

 – o’zgarmas xarajatlar. 

 

O’zgarmas  xarajatlar  tarkibida  davr  xarajatlari  ham  mavjud  bo’lib, 



korxonaning shu davrdagi daromadlari   

y

 (korxonaning jami xarajatlari) dan ko’p 

bo’lishi  lozim.  Chunki,  davr  xarajatlari  xarajatlarga  berilgan  ta’rifga  ko’ra  (

1.-


bo’limga qaralsin

)  iqtisodiy nafni kamaytiradi, ya’ni hisobot davri daromadlaridan 

qoplanadi. 

Davr  xarajatlar  “Xarajatlar  tarkibi  …  to’g’risida”gi  Nizom  va  21-sonli 

BHMS ga muvofiq quyidagi xarajat moddalaridan tashkil topgan  

 



9410 “Sotish xarajatlari”; 

                                                           

13

 

“Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy 



natijalarni shakllantirish to’g’risida Nizom”, 2-qismi.

 

14



 

F.G’.G’ulomova. Buxgalteriya hisobini mustaqil o’rganish uchun qo’llanma. T.: “NORMA”, 2009. 376-bet.

 



 

 



9420 “Ma’muriy xarajatlar”; 

 



9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”; 

 



9440 “Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan 

xarajatlari”. 

Sotish  xarajatlarining  sintetik  hisobi 

9410

  “Sotish  xarajatlari”  schotida 

yuritiladi,  ushbu  schot  aktiv  xarakterli  vaqtinchalik  (tranzit)  schot  bo’lib,  uning 

debetida yil davomida amalga oshirilgan sotishga doir xarajatlar yig’iladi. Ushbu 

schotga olib boriladigan xarajatlarning aniq turlari va tarkibi “Xarajatlar tarkibi … 

to’g’risida”gi  Nizomning  “Sotish  xarajatlari”  nomli  bo’limida  to’lig’icha 

keltirilgan,  shulardan  ayrimlarini  keltiradigan  bo’lsak,  sotish  bilan  bo’gliq 

mehnatga  haq  to’lash  xarajatlari,  ijtimoiy  sug’urta  xarajatlari,  amortizatsiya 

xarajatlari,  reklama  xarajatlari,  o’rash-joylash  xarajatlari  va  boshqalar  tashkil 

qiladi.  Xarajatlarning  aniq  turlari  ushbu  schotning  debetida  va  bu  xarajatlarni 

ifodalovchi  schotlarning  kreditida  (5110,  5010,  6710,  6520,  6990  va  boshqa 

schotlar)  aks  ettiriladi.  Hisobot  davri  (yil)  oxirida  9410-  schot  shu  schotning 

debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” 

schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. 

Ma’muriy xarajatlarning sintetik hisobi 

9420 

“Ma’muriy xarajatlar” schotida 

yuritiladi,  ushbu  schot  aktiv  xarakterli  vaqtinchalik  (tranzit)  schot  bo’lib,  uning 

debetida  yil  davomida  amalga  oshirilgan  korxona  boshqaruviga  doir  xarajatlar 

yig’ib boriladi. Ushbu schotga olib boriladigan xarajatlarning aniq turlari va tarkibi 

“Xarajatlar  tarkibi  …  to’g’risida”gi  Nizomning  “Ma’muriy  xarajatlar”  nomli 

bo’limida  to’lig’icha  keltirilgan,  shulardan  ayrimlarini  sanaydigan  bo’lsak, 

boshqaruvga  tegishli  bo’lgan  mehnat  haqi  xarajatlari,  ijtimoiy  sug’urtaga 

ajratmalar,  amortizatsiya  xarajatlari,  har  xil  xo’jalik  boshqaruvi  uchun  zarur 

bo’lgan inventar va xo’jalik anjomlari uchun ketgan xarajatlar, shuningdek vakillik 

xarajatlari,  turli  xil  xizmatlardan  foydalanganlik  haqlari  va  shu  kabi  boshqa 

xarajatlar tashkil qiladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu 

xarajatlarni  ifodalovchi  schotlarning  kreditida  (0200,  0500,  1000,  5110,  5010, 

6710,  6520,  6990  va  boshqa  schotlar)  aks  ettiriladi.  Hisobot  davri  (yil)  oxirida 

9420-  schot  shu  schotning  debetida  to’plangan  summa  uning  kreditiga  va  9910- 

“Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. 

Boshqa  operatsion  xarajatlarning  sintetik  hisobi 

9430 

“Boshqa  operatsion 

xarajatlar”  schotida  yuritiladi,  ushbu  schot  aktiv  xarakterli  vaqtinchalik  (tranzit) 

schot bo’lib, uning debetida yil davomida sotish va boshqaruvdan tashqari amalga 

oshirilgan umumfaoliyatga doir davr xarajatlari yig’ib boriladi. Ushbu schotga olib 

boriladigan  xarajatlarning  aniq  turlari  va  tarkibi  “Xarajatlar  tarkibi  … 




 

to’g’risida”gi  Nizomning  “Boshqa  operatsion  xarajatlar”  nomli  bo’limida 

to’lig’icha keltirilgan, shulardan, auditorli xizmat haqi, moddiy yordam, mol-mulk, 

yer,  suv  va  boshqa  davr  xarajatlariga  olib  boriladigan  soliqlar,  mulkni  sotishdan 

ko’rilgan  zararlar,  operativ  ijaraga  berilgan  asosiy  vositalarning  amortizatsiyasi, 

jarima  va  penyalar,  gudvilni  hisobdan  chiqarish  summasi  va  shu  kabi  boshqa 

xarajatlar tashkil qiladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu 

xarajatlarni  ifodalovchi  schotlarning  kreditida  (1000,  5110,  5010,  6400,  6710, 

6520,  6990,  9210,  9220  va  boshqa  schotlar)  aks  ettiriladi.  Hisobot  davri  (yil) 

oxirida  9430-  schot  shu  schotning  debetida  to’plangan  summa  uning  kreditiga  va 

9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. 

Hisobot  davrining  kelgusida  soliq  solinadigan  bazadan  chiqariladigan 

xarajatlarining  sintetik  hisobi  esa 

9440

  “Hisobot  davrining  kelgusida  soliq 

solinadigan  bazadan  chiqariladigan  xarajatlari”  schotida  yuritiladi,  ushbu  schot 

aktiv  xarakterli  vaqtinchalik  (tranzit)  schot  bo’lib,  uning  debetida  yil  davomida 

korxonaning  kelgusi  faoliaytini  rivojlantirishga  sarflangan  davr  xarajatlari  aks 

ettiriladi.  Ushbu  schotga  olib  boriladigan  xarajatlarning  aniq  turlari  va  tarkibi 

“Xarajatlar tarkibi … to’g’risida”gi Nizomning “Hisobat davrining kelgusida soliq 

solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari” nomli bo’limi va ushbu Nizomning 

“Ushbu  davrning  soliq  solinadigan  bazasidan  chiqarilmaydigan,  biroq  keyingi 

davrlarning  soliq  solinadigan  bazasidan  chiqariladigan  xarajatlar  (vaqtinchalik 

farqalr)”  nomli  2-ilovasida  to’lig’icha  keltirilgan,  shulardan  ayrimlarini 

keltiradigan  bo’lsak,  yangi  ishlab  chiqarishni  va  yangi  texnologiyalarni 

o’zlashtirishga,  boshqaruv  tizimini  yaxshilashga  sarflangan,  yangi  tashkil  etilgan 

korxonalarda  kadrlar  tayyorlash  xarajatlari,  jadallashtirilgan  amortizatsiya 

hisoblash  usullari  bilan  hisoblangan  summa  bilan  belgilangan  normalar  bo’yicha 

hisoblangan  amortizatsiya  summasi  o’rtasidagi  farq  va  boshqa  shu  kabilar  tashkil 

qiladi.  Ushbu  turdagi  davr  xarajatlari  soliq  qonunchiligiga  ko’ra  kelgusi  10  yil 

ichida,  biroq  xo’jalik  yuriruvchi  subyekt  faoliyati  davridan  ko’p  bo’lmagan  davr 

mobaynida  bir  maromda  soliq  bazasidan  maxsus  hisob-kitob  asosida  chiqarib 

boriladi.  Xarajatlarning  aniq  turlari  ushbu  schotning  debetida  va  bu  xarajatlarni 

ifodalovchi  schotlarning  kreditida  (0200,  0400,  5110,  5010,  6010,  6710,  6520, 

6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9440- schot shu 

schotning  debetida  to’plangan  summa  uning  kreditiga  va  9910-  “Yakuniy 

moliyaviy  natija”  schotining  debetiga  yozilishi  orqali  yopiladi.  Mazkur 

xarajatlarning o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar balansdan tashqari 012 “Hisobat 

davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari” schotida 

belgilangan muddat ichida aks ettirib boriladi.  



 

Korxonaning  xarajatlari  tarkibiga  ishlab  chiqarish  xarajatlari  va  davr 

xarajatlaridan  tashqari,  moliyaviy  faoliyat  bo’yicha  xarajatlar  va  favqulodda 

zararlar ham kiritiladi. Korxonalar o’zining moliyaviy-xo’jalik faoliyati davomida 

chetdan pul mablag’lari jalb qilishga, chet el valutasi bilan operatsiyalarni amalga 

oshirishga  hamda  qimmatli  qog’ozlar  chiqarishga    ehtiyoj  sezadilar,  Shunday 

holatlarda  korxonaning  moliyaviy  faoliyati  bo’yicha  xarajatlari  yuzaga  keladi. 

Ushbu  tur  xarajatlari  “Xarajatlar  tarkibi…  to’g’risida”gi  Nizomning  “Moliyaviy 

faoliyat bo’yicha xarajatlar” deb nomlanuvchi 3-bo’limida to’liq aks ettirilgan. 21-

son  BHMSga  binoan  korxonaning  moliyaviy    faoliyat  bo’yicha  xarajatlari  tarkibi 

quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

 



9610 “Foizlar korinishidagi xarajatlar”; 

 



9620 “Valuta kurslari farqidan zararlar”; 

 



9630 “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar”; 

 



9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”. 

Foiz  ko’rinishidagi  xarajatlar 



9610

  “Foizlar  korinishidagi  xarajatlar” 

schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, 

uning debetida yil davomida amalga oshirilgan olingan qarzlar va kreditlariga doir 

hisoblangan  xarajatlar  (foizlar)  shuningdek  uzoq  muddatli  ijara  uchun  foizlar 

yig’iladi.  Xarajatlarning  aniq  turlari  ushbu  schotning  debetida  va  6920 

“Hisoblangan foizlar” schotining kreditida aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 

9610-  schot  shu  schotning  debetida  to’plangan  summa  uning  kreditiga  va  9910- 

“Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. 

Valuta  kurslari  farqidan  zararlar 



9620

  “Valuta  kurslari  farqidan  zararlar” 

schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, 

uning debetida yil davomida balansning valuta moddalarini ifodalovchi schotlarga 

doir operatsiyalar bo’yicha kurslar o’rtasidagi salbiy farqlardan ko’rilgan zararlar 

yig’ib boriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu zararni 

ifodalovchi  schotlarning  kreditida  (4010,  4310,  5020,  5210,  5220,  5500,  6010, 

6310 va boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9620- schot shu 

schotning  debetida  to’plangan  summa  uning  kreditiga  va  9910-  “Yakuniy 

moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. 

Qimmatli  qog’ozlarni  chiqarish  va  tarqatish  bo’yicha  xarajatlar 

9630

 

“Qimmatli  qog’ozlarni  chiqarish  va  tarqatish  bo’yicha  xarajatlar”  schotida 



yuritiladi,  ushbu  schot  aktiv  xarakterli  vaqtinchalik  (tranzit)  schot  bo’lib,  uning 

debetida  yil  davomida  aksiya  va  boshqa  qimmatli  qog’ozlarni  chiqarish  hamda 

joylashtirish  bilan  bog’liq  xarajatlar  yig’ib  boriladi.  Xarajatlarning  aniq  turlari 

ushbu  schotning  debetida  va  bu  xarajatlarni  ifodalovchi  schotlarning  kreditida 




 

(1000,  5010,  5110,  6710,  6520,  6990  va  boshqa  schotlar)  aks  ettiriladi.  Hisobot 

davri  (yil)  oxirida  9630-  schot  shu  schotning  debetida  to’plangan  summa  uning 

kreditiga va 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali 

yopiladi. 

Moliyaviy  faoliyat  bo’yicha  boshqa  xarajatlar 



9690

  “Moliyaviy  faoliyat 

bo’yicha  boshqa  xarajatlar”  schotida  yuritiladi,  ushbu  schot  aktiv  xarakterli 

vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning debetida yil davomida moliyaviy faoliyat 

bo’yicha boshqa xarajatlar, masalan moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashdan 

ko’rilgan  zararlar  yig’ib  boriladi.  Xarajatlarning  aniq  turlari  ushbu  schotning 

debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (0600, 5800, 6990 va 

boshqa  schotlar)  aks  ettiriladi.  Hisobot  davri  (yil)  oxirida  9640-  schot  shu 

schotning  debetida  to’plangan  summa  uning  kreditiga  va  9910-  “Yakuniy 

moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. 



Xulosa 

     Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  va  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  sharoitida 

iqtisodiyotni rivojlantirishga bir qancha omillar ta’sir etadi. Mana shu omillardan 

eng  muhimlaridan  biri  bu  xarajatlar  hisoblanadi.  Misol  tariqasida  avtomobil 

transporti korxonalarda xarajatlar hisobini olib xulosa qiladigan bo’lsak: 

Mamlakatimiz transport tarmog’ida avtomobil  transporti strategik ahamiyatga 

ega bo’lgan tarmoq hisoblanadi. Shunday bo’lsada, avtomobil  yo’llarni ta`mirlash 

xizmatlari  va  asfal't  ishlab  chiqarishga  doir  xarajatlarning  hisobi,  auditi  va  tahlili 

bo’yicha adabiyotlar mavjud emas, sohaga doir mavjud adabiyotlarda ham aynan 

ushbu mavzuning o’ziga xos jihatlari etarlicha asoslanmagan. Shu boisdan ham, bu 

yo’nalishda  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  kengaytirish  davr  talabi  sanaladi.  Zero, 

tarmoqlar  bo’yicha  xarajatlarni  optimallashtirish  uchun  eng  avvalo,  maskur 

tarmoqlarda  xarajatlarning  konseptual  va  tashkiliy  xususiyatlarini  yoritib  berish 

lozim. 


 

 



Asfal't  ishlab  chiqarish  tannarxing  asosiy  kompentini  moddiy 

xarajatlar  tashkil  etadi.  Moddiy  xarajatlarning  to’g’ri  hisobga  olinishi  va  nazorat 

qilinishi ta`mirlanayotgan avtomobil' yo’llarining sifatliligini ta`minlaydi. 

 



 

Ishlab  chiqarishga  doir  mehnat  xarajatlarini  hisobga  olish  va 

audit  qilishda  ushbu  xarajatning  rag’batlantiruvchi  funksiyasiga  alohida  e`tibor 

qaratish  lozim.  Zero,  mehnat  xarajatlari  ko’proq  subyektiv  omillarga,  ya`ni 

ishchining mehnatga bo’lgan munosabati bilan belgilanadi. Ushbu munosabnining 

yaxshilanishi  korxonada  mehnat  unumdorligining  oshishiga,  pirovardida  ishlab 




 

chiqarilayotgan mahsulot birligida mehnat xarajatlarining kamayishiga, bu esa o’z 

navbatida mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi. 

 



 

Har  qanday  turdagi  mahsulot  tannarxini  kal'kulyasiya  qilishda 

ustama  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  turlariga 

mutanosib taqsimlash muhim jarayon hisoblanadi va bunda taqsimlashning ilg’or 

(activity based costing) usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.  

 



 

Avtomobil'  yo’llarini  ta`mirlash  xizmatlari  va  asfal't  ishlab 

chiqarish xarajatlari auditini o’tkazishda tarmoqning o’ziga xos  jihatlari auditorlar 

tomonidan etarlicha hisobga olinmaydi.  

 

         Ishlab  chiqarilayotgan  asfal't  tannarxini  kal'kulyasiya  qilishning 



halqaro tajribada keng qo’llanilayotgan usullaridan foydalanish ishlab chiqarishga 

doir xarajatlarni tannarx obyektiga ratsional taqsimlash imkoniyatini beradi.     

  


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish