Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A


-jadval Jahon iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy



Download 0,95 Mb.
bet88/182
Sana05.11.2022
Hajmi0,95 Mb.
#861056
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   182
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,

7.2-jadval Jahon iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy


investitsiyalarning rivojlanish dinamikasi115

Ko‘rsatkichlar

Joriy baholardagi qiymati, mlrd. AQSh doll.

2018 yilda
1990
yilga nisbatan o‘zgarish, marta



1990 yil



2015 yil



2016 yil



2017 yil



2018 yil

Xorijiy investitsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etish

205


2034


1919


1497


1297


6,3


Xorijiy investitsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
chetga chiqarish

244


1683


1550


1425


1014


4,2


To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi

449


3717


3469


2922


2311


5,1





  1. asrning o‘tgan davrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jahonda rivojlanib borayotgan globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Xususan, jalb etilgan, chetga chiqarilgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 2018 yilga kelib 1990 yilga nisbatan 4-6 martaga ortgan. Biroq shu bilan birga, 2018 yilda dunyo miqyosida xorijiy investitsiyalarni



114 Mapping Global Capital Markets. McKinsey Global institute Annual Reports.
115 UNCTAD, World Investment Report 2019. Special economic zones. New York and Geneva, 2019.
to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etish hajmi 2017 yilga nisbatan 13 foizga yoki 200 mlrd. dollariga kamaygan, xorijiy investitsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri chetga chiqarish hajmi esa 411 mlrd. dollarga kamaygan. Shuningdek, dunyo bo‘yicha to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 611 mlrd. dollarga kamaygan.
AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya kabi mamlakatlar xalqaro bozordagi asosiy investorlar bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar taklifini shakllantiradigan mamlakatlar hisoblanadilar. Jumladan, 2018 yilda xorijga chiqarilgan jami to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 24 %i AQSh, 5,4 %i Kanada, 5,7 %i Germaniya, 11,2 %i Yaponiya, 6,9 %i Buyuk Britaniya hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uchun qulay iqtisodiy muhitni yaratgan mamlakat Xitoy hisoblanadi. 2018 yilda Xitoy iqtisodiyotiga jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 139 mlrd. dollarni tashkil etgani holda 2017 yilga nisbatan 5 mlrd. dollarga oshgan.
Jahon moliyaviy arxitekturasi holatiga va xalqaro moliya tizimi barqarorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan yana biri sifatida xalqaro valyuta bozori namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy valyuta bozori milliy iqtisodiyotlarning integratsiyalashuvi va globallashuv sharoitida ular o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning jadal rivojlanishining natijasi hisoblanadi. Iqtisodiyot va axborot muhitida yangi innovatsion texnologiyalar xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasida tezkor o‘tkazmalar hamda hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkon berdi, tovar ayirboshlash jarayonini tezlashtirdi va xalqaro valyuta bozorini jahon miqyosida yanada kengayishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Xalqaro hisob-kitoblar banki (Bank for International Settlements) ma’lumotlariga ko‘ra, 1992 yilda jahonda konversion operatsiyalarning bir kunlik yalpi hajmi 820 mlrd. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib mazkur ko‘rsatkich 6,6 trln. dollarga yetdi.

7.3-jadval 1992-2019 yillarda jahon valyuta bozorining kunlik aylanmasi hajmi116 (mlrd.



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish