Xalqaro savdoda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning
tutgano‘rni Rivojlangan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muvaffaqiyati asosan ushbu davlatlarning tashqi iqtisodiy faoliyatining erkinlashtirilishi, ochiq iqtisodiyotning yaratilishi bilan bog‘liqdir.
Jahonning barcha rivojlangan davlatlari boshqa davlatlar bilan, birinchi o‘rinda, o‘zaro doimiy tashqi savdo aloqalarni olib borishadi. Shunday qilib, rivojlangan mamlakatlarning dunyo eksportidagi ulushi oxirgi o‘n yil ichida qat’iy 70-75% darajasida turibdi. XXI asr boshida rivojlangan davlatlarning eksport kvotasi 27 %ni tashkil qilgan (rivojlanayotgan davlatlarda 12%, o‘tish davri iqtisodiyoti davlatlarida esa 5,5 %ni tashkil etgan). G‘arbiy Yevropaning kichik rivojlangan davlatlarida (Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) eksport kvotasi 40- 50% atrofida bo‘lgan. 90-yillardagi tovar va xizmatlar eksportining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati rivojlangan davlatlar umumiy mahsulotining o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lgan.
Jahon iqtisodiyotida rivojlangan davlatlarning eksport tarkibida ilmiy texnologik xarakterga ega bo‘lgan mahsulotlar birinchi o‘rinda turadi, eksport sanoat tovarlari orasida esa asosiy o‘rinda axborot texnologiyalari va elektronika sanoat mahsulotlari, elektr aloqa uskunalari va elektron mikrosxemalar turadi. 90- yillar o‘rtasida rivojlangan davlatlar ushbu mahsulotlarning 70 %ni jahon bozoriga chiqarishgan bo‘lsa, XXI asrning dastlabki o‘n yilligida bu ulush 75 foizni tashkil etdi.
Jahon iqtisodiyotida rivojlangan davlatlarning eksport xizmatlari hozirgi kunda tez sur’atlar bilan o‘sib rivojlanib bormoqda. Oxirgi o‘n-o‘n besh yillar ichida ushbu mamlakatlarda eksport xizmatlari tovar olib chiqilishiga nisbatan tezroq o‘sdi va uning eksportdagi umumiy ulushi 23 foizdan 30 % ga o‘zgardi. Bu jarayonga 90-yillarning o‘rtalarida INTERNET va axborot uzatishning boshqa aloqa tizimlarida kuzatilgan kuchli rivojlanish turtki bo‘ldi. Ularga bevosita bog‘liq ravishda eksportning kasbiy xizmat ko‘rsatish turi ham rivojlanib bormoqda.
Jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan davlatlar turli xildagi tovarlarning yirik importyorlari ham hisoblanadi. 80-yillar bilan taqqoslaganda, rivojlangan davlatlar aholisining oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari va boshqa predmetlari bilan ta’minlanishida importning roli ancha o‘sgan edi. Shu bilan bir qatorda bu mamlakatlarning jahon importidagi (ruda, yoqilg‘i va metallardagi)
ulushi ancha qisqardi. Rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining ochiqligiga qaramasdan ushbu davlatlarning hukumat rahbarlari o‘zlarininig eksportyorlarini faol qo‘llab-quvvatlashadi, ya’ni, davlat eksport kreditlarini kafolatlaydi. Ular o‘zlarining jahon bozoridagi mahsulotlarini yuqori raqobatbardoshligiga erishmaguncha, asosan, eng yuqori texnologiya sohalarini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksportini subsidiya qiladi. Xo‘jalik tarmoqlarining baynalmilallashuv darajasi keskin tebranadi.
Qator tarmoqlar yuqori darajada eksportga yo‘naltirilgan. AQSh qishloq xo‘jalik mahsulotlarining taxminan ¼ qismini, uning ayrim turlari bo‘yicha – yarmidan ortiq qismini eksport qiladi. AQSh sanoatida tashqi bozor bilan chambarchas bog‘langan 7 ta qayta ishlash sanoati tarmoqlaridan iborat sektor hosil bo‘lgan, ularning hissasiga jami sanoat mahsulotlari eksportining ¾ qismi to‘g‘ri keladi. Umumiy mashinasozlik mahsulotining 30 % ga yaqini, dvigatellar va turbinalar bo‘yicha 20 % dan ortig‘i, samolyotlar bo‘yicha 40 % dan ortig‘i, kompyuterlar va elektronikaning 46 % eksport qilinadi. Umuman olganda, qayta ishlash sanoati mahsulotining 20 % eksport qilinadi.
Shu bilan birga, qayta ishlash sanoatining qator tarmoqlari: bosmaxona, rezina-texnika, oziq-ovqat, to‘qimachilik, mebelsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish xalqaro mehnat taqsimotida nisbatan kam ishtirok etadi. Bu tarmoqlar asta-sekin xorijiy raqobatchilarga nafaqat ichki bozorlarning katta qismini, balki xalqaro bozorlarni ham topshirib qo‘ydi.
Tovarlar va xizmatlar importi mamlakat ishlab chiqarishida muhim o‘rinni egallaydi. Uning hisobiga ichki talabning 14-15 %, shu jumladan, qayta ishlash sanoati mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning 26 %, ayrim tovarlar bo‘yicha esa undan ham yuqori qismi qondiriladi. Masalan, AQSh har yillik avtomobillar sotuv hajmining 30 % i import ulushiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi yillarda import ulushi dastgohlar va asbob-uskunalar sotuvlarining 50 % gacha, maishiy elektronika, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa ayrim tovarlar sotuvlarida 60-80 % gacha o‘sdi. Amerika energiya iste’molining importga o‘rtacha qaramlik darajasi 59 %ni tashkil etadi. Neft importi ahamiyatining o‘sishi AQSh oldiga uzluksiz yetkazib berishlar va shunga bog‘liq holda yetkazib berish hududlarini diversifikatsiyalash
vazifasini qo‘yadi.
AQSh tashqi savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi (1988-1990 yillardan tashqari). 2000-yillarda AQShning jahon eksportidagi ulushi 1990-yillardagi 13-14 %ga qaraganda 10 %gacha pasaygan bo‘lsa, jahon importidagi ulushi 16-18 % gacha ko‘tarildi102.
102 Ломакин В.К. Мировая экономика: учебник для студентов вузов. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007.
AQSh tashqi savdo aloqalarining xarakterli xususiyati – ularning kamomadga egaligidir. 1971 yildan beri AQSh tashqi savdosi kamomad bilan yakunlanadi, bu kamomad qator tarmoqlarda raqobat ustunligining zaiflashuvi natijasi va amerika iqtisodiyotining o‘sib borayotgan baynalmilallashuvi ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Yaponiya xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Jahon eksportining 5,3 % i uning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eksport kvotasi miqdoriga ko‘ra u yarim ochiq iqtisodiyotlar qatoriga kiritilishi mumkin, chunki YaIMning 12 % i eksport qilinadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u AQShga yaqin turadi, lekin YeI ko‘rsatkichidan 1,5 marta orqada. Ba’zi sanoat tarmoqlari (soatlar, magnitofonlar, kassa apparatlari, nusxa ko‘chirish mashinalari ishlab chiqarish) deyarli butunlay eksport uchun ishlaydi.
So‘nggi yillarda Yaponiya eksporti tarkibida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Avtomobillar (16,3 %) va maishiy elektrotexnikaning yuqori ulushga egaligi bilan birga kapital vositalar eksporti ko‘payib bordi. Umumiy mashinasozlik mahsulotlari, ilmiy asbob-uskunalar ulushi katta miqdorda o‘sdi.
Import tarkibi sanoatning xalqaro ixtisoslashuvi, xo‘jalikning baynalmilallashuvi jarayonlarini aks ettiradi. Ko‘pgina mineral va qishloq xo‘jalik xomashyo tovarlari bo‘yicha u dunyoning eng yirik xaridori hisoblanadi. Jahon neft, toshko‘mir, paxta va jun importining 10 %i Yaponiyaga to‘g‘ri keladi. Mashinasozlik mahsuloti importda asosiy o‘rinni egallaydi, uning ulushi jiddiy ko‘payib, 32 % ni tashkil etmoqda.
Yaponiya tashqi savdosida rivojlanayotgan mamlakatlar muhim o‘rin egallaydi: uning eksportining deyarli yarmi va importining 40 % dan ortig‘i ular hissasiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, Yaponiya uchun XXR, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari va Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan savdo katta ahamiyatga ega.
Yevropa Ittifoqining tashqi savdoga qaramligi boshqa rivojlangan mamlakatlardan yuqori emas: jahon tovar aylanmasi hamda xizmatlar savdosining 18 %ini tashkil qiladi103.
Yevropa Ittifoqi mashinasozlik, kimyo sanoati mahsulotining yetakchi eksportchisidir. Ushbu tovarlar guruhi eksportining 20-23 % uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Biroq so‘nggi yillarda qator ilg‘or va istiqbolli tovarlar eksportida tutgan o‘rnining pasayishi kuzatiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga qayta ishlash sanoati mahsulotlari eksportida yuqori texnologiyali tovarlar ulushi 17 %ni, AQSh va Yaponiyada esa mos ravishda 31 va 24 %ni tashkil etadi.
Yevropa Ittifoqi qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti bo‘yicha AQShdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi (jahon eksportining 13 %). Don mahsulotlari eksportidagi ulushi 8 %ni tashkil etadi. Eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarga sut
103 Ломакин В.К. Мировая экономика: учебник для студентов вузов. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007. С. 443.
mahsulotlari va tuxum, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sabzavotlar, mevalar va shakar kiradi.
Yevropa Ittifoqi jahon importida ham katta o‘ringa ega. U mashina va uskunalarning, qator qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yirik importyori hisoblanadi. Importda, shuningdek, mineral xomashyo va nometall yarim tayyor mahsulotlar muhim ahamiyatga ega. U iste’mol qilinadigan energetik xomashyoning 2/5 va boshqa xomashyo mahsulotlarining ¾ qismini import qiladi. Yevropa Ittifoqining asosiy savdo sherigi AQSh – uning ulushi jami tovar aylanmasining 20 % dan ortig‘ini tashkil qiladi. So‘nggi o‘n yillikda AQSh bilan savdo kuchaydi, Yaponiyaning ulushi ham ortib bormoqda. 1990-yillar Yevropa Ittifoqi tashqi savdosida tub burilish davri bo‘ldi, chunki u ijobiy saldo bilan yakunlana boshladi, 2000-yillarning birinchi o‘n yilligida ijobiy saldo YaIMning 0,1-0,2 % atrofida bo‘ldi va asosan tovarlar va xizmatlar savdosi bilan ta’minlanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar orasida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) yalpi ichki mahsulotning miqdori bo‘yicha dunyoda AQShdan so‘ng 2-o‘rinda turadi. XXR jahon xo‘jaligida o‘z nufuziga ega bo‘lgan davlatlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
YaIMning yillik o‘rtacha o‘sishi 1995 yildan 2003 yillargacha o‘rtacha yiliga 8,5 %ni, 2003 yilda esa 14 %ni tashkil etib, 1980-2005 yillarda YaIM hajmi deyarli 5 marotaba o‘sdi. Islohotlarni o‘tkazishning 30 yillik davri mobaynida Xitoyda tashqi savdo hajmining yillik qo‘shimcha o‘sishi 18 % dan ortiq, ya’ni YaIM o‘sishiga nisbatan 2 barobar ortiq bo‘ldi. JSTga qo‘shilgandan so‘ng, eksportning o‘rtacha yillik qo‘shimcha o‘sishi 27 %ni tashkil qildi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida Xitoy, shuningdek Sharqiy Osiyo mamlakatlari eksporti rivojlangan mamlakatlar talabining pasayishiga tez munosabat bildirdi. Xususan, inqiroz boshlangan yilning o‘zidayoq Xitoy eksportining o‘sish sur’ati sekinlashdi - 2007 yildagi 25,7 %dan 2008 yilda 17,3
%gacha pasaydi (6.8-jadval).
Xitoy va boshqa Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining o‘sish manbai bo‘lgan eksport hozirda ular iqtisodiyotining zaiflik manbalaridan biriga aylandi. So‘nggi 12 yil mobaynida tashqi savdoga qaramlikning o‘sishi bilan mintaqa mamlakatlari eksportining geografiyasi ham o‘zgarib bordi. Shu bilan birga, mintaqaning o‘z eksport ulushini va yuqorida ko‘rsatilgan shakllanayotgan bozorlarga qaramligini ko‘paytirgan boshqa mamlakatlarining bozorlarida ham o‘xshash o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mazkur tendensiya ko‘pchilik ekspertlarning Osiyo rivojlangan mamlakatlar bozoriga qaramlikni kamaytirish yo‘liga o‘tganligi to‘g‘risidagi fikrlarni aytishiga asos bo‘lmoqda.
6.8-jadval Xitoy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida eksport dinamikasi104, o‘tgan yilga