1.2-jadval
Globallashuvning ta’sir doirasi va chegaralari9
Predmet doirasi
|
Tadqiqot ob’ekti
|
Predmeti
|
Sub’ekti
|
Mega iqtisodiyot
|
Global iqtisodiyot – mega daraja
|
Jahon iqtisodiyoti yagona tizim ko‘rinishida
|
Jarayonli va
ob’ektli yondashuvlar
|
Xalqaro iqtisodiyot
|
Mega iqtisodiyot alohida
mamlakatlar iqtisodiyotining majmuasi – mega daraja
|
Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar
|
Ob’ektli yondashuv
|
Makro iqtisodiyot
|
Alohida mamlakat iqtisodiyoti – makro daraja
|
Alohida mamlakatlar ichidagi iqtisodiy
jarayonlar
|
Jarayonli yondashuv
|
Mezo iqtisodiyot
|
Tarmoqlar, mintaqalar, majmualar va yirik korxonalar iqtisodiyoti –
makro va mezo daraja
|
Mintaqalar, tarmoqlar va majmualar orasidagi iqtisodiy munosabatlar
|
Ob’ektli yondashuv
|
Mikro iqtisodiyot
|
Korxonalar o‘zaro munosabatlari kesimida tarmoq bozorlari iqtisodiyoti
– mikro daraja
|
Korxonalarda resurslarni jalb etish, narx va ishlab chiqarish hajmining shakllanishidagi iqtisodiy
jarayonlar
|
Jarayonli yondashuv
|
Mini iqtisodiyot
|
Bo‘linmalar kesimidagi korxona iqtisodiyoti – mikro
daraja
|
Korxonalar bo‘linmalari orasidagi iqtisodiy
munosabatlar
|
Ob’ektli yondashuv
|
Nano iqtisodiyot
|
Ishlab chiqarish, taqsimot, iste’mol jarayonlarining alohida ishtirokchilari xulq-
atvori – nano daraja
|
Iqtisodiyotning individual ishtirokchilari xulq-atvorini belgilovchi jarayonlar va
omillar
|
Jarayonli va ob’ektli yondashuvlar
|
Globallashuvning ustun ko‘rinishlari sifatida tovarlar, xizmatlar, moliyaviy kapitalning harakati, texnologiyalar diffuziyasi va ishchi kuchi migratsiyasi sohasidagi transchegaraviy tranzaksiyalarning ortishi bilan aloqador davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ortishini tushungan holda globallashuv jarayonining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin (1.4-rasm).
O‘tgan yarim asrdan ko‘proq vaqt mobaynida globallashuv ko‘rsatkichlaridan biri sifatida xalqaro savdo yo‘nalishida sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab
9 Роцеско С. Глобализация: взаимодействия в рамках многообразия. // Сборник научных докладов
«Глобализация и крупные периферийные страны». –Москва: Международные отношения, 2003. – С.45
chiqarishiga qaraganda tezroq o‘sish dinamikasi kuzatilmoqda. Bu davrda jahon tovar va xizmatlar eksporti jahon birlashgan yalpi ichki mahsulotidan qariyb uch barobar oshdi. XX asrning 70-yillaridan boshlab, Bretton-Vuds konferensiyasining asosiy kelishuvlari rad etilgandan so‘ng, tariflar va savdo to‘g‘risidagi Bosh bitim (GATT) bo‘yicha savdoni erkinlashtirishga asoslangan yangi iqtisodiy tartib paradigmasi va Jahon savdo tashkiloti (1995 yil)ning shakllanishi bilan davom etdi. U global iqtisodiy rivojlanish uchun yangi shart-sharoitlar yaratdi. 1947 yili, ya’ni GATT tashkil etilgan vaqtda shartnomada qatnashuvchi rivojlangan mamlakatlar import tariflarining o‘rtacha tortilgan darajasi 40% ga teng bo‘lib, 1970 yilga kelib bu ko‘rsatkich 8-10 %ga, 1990 yilga kelib esa 6,3% ga qisqardi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda import bojxona tarifining o‘rtacha tortilgan darajasi Jahon savdo tashkiloti a’zolari uchun 3,8% ni, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 15,5% ni tashkil etadi10.
1.4-rasm. Globallashuv jarayonini baholovchi asosiy ko‘rsatkichlar11
Shu bilan birga, tashqi savdoni tartibga solish jarayonida amalda qo‘llaniladigan kvotalar, litsenziyalar va boshqa shakldagi tarifsiz cheklovchi to‘siqlarning ahamiyati ortib bormoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, xalqaro savdoni yanada erkinlashtirish jarayonlari aniq emas, chunki ular rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish davri iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun ma’lum
10 Ляменков А.К. Тенденции развития международной торговли в условиях глобализации мирового хозяйства.// В кн. Глобализация мирового хозяйства и место России. -М., 2000. – С. 161.
11 Филипп Р.Лейн и Джан-Мария Милези-Фиретти. Изучение глобальных дисбалансов // Финансы и развитие (МВФ). – 2006. – март. – С.38-41.
darajada xavf tug‘diradi. Shu sababli ular milliy iqtisodiyotning rivojlanish muammosini hal qilish uchun yetakchi iqtisodiy kuchlar bilan farqni kamaytirish uchun proteksionistik chora-tadbirlardan oqilona foydalanish kerak.
Iqtisodiy globallashuvdagi liderlik o‘rniga moliya sektori asosiy da’vogar bo‘lib, uning xalqaro darajada jadal rivojlanishi muayyan muammolar va ziddiyatlar bilan bog‘liq. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida “moliyaviy makon” tushunchasi paydo bo‘ldi. Bu asosan quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
iqtisodiy birjalarni mustahkamlash (TMKlar faoliyati, investitsiyalarni rivojlantirish);
valyuta bozorlari orqali katta miqdorda pul o‘tkazish, transmilliy bitimlar tuzish va bir davlatdan tashqarida mulkiy huquqlarni amalga oshirish;
moliyaviy sektorning real sektordan o‘zib ketishi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining jahon savdosiga nisbatan tez ortib borishi;
valyuta va moliya bozorlaridagi bitimlar hajmining xalqaro savdo hajmidan ortib ketishi va hakazo.
O’tgan asrning oxirgi o‘n yilligining boshida xalqaro kapital transfertlari kuniga 1,3 trln. $ dan oshib ketdi, bu esa 130 yil davomida taxminan 20 barobar o‘sishni anglatdi.
Bu davrda yillik valyuta savdosi 400 trillion $ dan oshib, jahon savdosi yillik hajmining deyarli 80 barobarini tashkil etdi. Oxirgi ikki o‘n yil mobaynida bu ko‘rsatkich 40 barobarga o‘sdi. Bunday operatsiyalarga xizmat ko‘rsatishda eng yangi aloqa va axborot tizimlaridan foydalaniladi.
Jahon moliyaviy oqimlarining salmoqli qismi tovar va xizmatlarning xalqaro harakatiga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, kapitalning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari bilan bog‘liq. Butun dunyo bo‘ylab harakatlanayotgan kapitalning bu qismini turli shakllarda erkinlashtirish iqtisodiyotda yaxshi samara berdi, ko‘plab milliy iqtisodiyotlarga va jahon iqtisodiy munosabatlari tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu hodisalarning barchasi moliyaviy globallashuvning jadal rivojlanayotganligini ko‘rsatadi va u quyidagi ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi (1.5-rasm).
Moliyaviy globallashuv orqali moliyaviy mahsulotlar, xizmatlar va xalqaro kapital oqimlari transchegaraviy bitimlarining ko‘payishi va xilma-xilligi, shuningdek, moliyaviy va telekommunikatsiya texnologiyalarining tez va keng tarqalishi natijasida butun dunyo mamlakatlarining o‘zaro bog‘liqligi kuchayib borishini anglatadi. Yangi moliyaviy vositalarning rivojlanishi, milliy moliya bozorlarining kengayishi, xalqaro banklar va boshqa moliya institutlarining rivojlanishi jahon hamjamiyatining barcha mamlakatlarini o‘z ichiga olgan holda faoliyat ko‘rsatuvchi global moliya tizimini yaratdi.
1.5-rasm. Moliyaviy globallashuvning asosiy ko‘rsatkichlari12
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlarni tizimli ko‘rsatkichlar asosida baholash jahon mamlakatlari, uning ayrim mintaqa va hududlarida globallashuv jarayonining holati va rivojlanish tendensiyalarini aniq baholash hamda jarayonlarni chuqurlashtirish yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilash imkonini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |