Bog'liq Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,
2.2-jadval Rim klubi tomonidan ishlab chiqilgan tahliliy ma’lumotlar
Yil
Ma’ruzanomi
Mualliflar
1972
O‘sish chegaralari
D.Medouz va boshqalar
1974
Insoniyat burilish nuqtasida
M.Mesarovich va E.Pestel
1975
Xalqaro tartibni qayta ko‘rib chiqish
Ya.Tinbergen
1976
Chiqindilar asri chegaralaridan tashqarida
D.Garbor va boshqalar
1977
Insoniyat uchun maqsadlar
E.Laslo va boshqalar
1978
Energiya: teskari hisob
T.Monbrial
1979
Ta’lim olish uchun chegaralar yo‘q
J.Botkin, E.Elmanjra, M.Malitsa
1980
Uchinchi dunyo: jahonning to‘rtdan uch qismi
M.Gerne
1980
Boylik va farovonlik haqida dialog
O.Jiriani
1980
Kelajakka eltuvchi yo‘nalishlar
B.Gavrilishin
1981
Shimol va Janub hamkorligi imperiativlari
J.Sen-Jur
1982
Mikroelektronika va jamiyat
G.Fridrixs, A.Shaff
1984
Uchinchi dunyo o‘zini o‘zi boqa oladi
R.Lenuar
1986
Ummonlar kelajagi
E.Mann-Borgaze
1988
Yalangoyoqlar inqilobi
B.Shnayder
1988
O‘sishdan tashqarida
E.Pestel
1989
Ma’naviy qashshoqlik chegaralari
O.Jarini, V.Siel
1989
Ochlikni yenggan Afrika
A.Lemma, P.Malaska
1991
Birinchi global inqilob
A.King, B.Shnayder
1994
Boshqaruv qobiliyati
Ye.Dror
1995
Janjal va uyat: qashshoqlik va rivojlanmaganlik
B.Shnayder
1995
Hayotni ta’minlovchi milliy boylikda tabiatni
e’tiborga olish
V.Van Diren
1997
To‘rtinchi omil: boylikning ikkilanishi, resurslarni
ikki marta tejash
Z.Vayszekker, E.Lovins, L.Lovins
1997
Ijtimoiy birlik chegaralari: ziddiyatlar va xilma-
xillik sharoitida tushunish
P.Berger
1998
Biz qanday ishlashimiz kerak
O.Jarini, P.Lidtke
1998
Dengizlarni global resurs sifatida boshqarish
E.Mann-Borgaze
1999
Tarmoqda: farazli jamiyat
J.L.Sebrian
2000
Insoniylik g‘alaba qiladi
R.Mon
2001
Axborot jamiyati va demografik inqilob
S.kapitsa
2002
San’at o‘ylashga majbur qiladi
F.Fester
2003
Ta’lim va ishning ikkilangan spirali
O.Jarini, M.Malitsa
2004
O‘sish chegaralari – 30 yildan so‘ng
D.Medouz va boshqalar
2005
Xususiylashtirish chegaralari
E.Vayszekker
Taqdim etib borilgan har bir ma’ruzada jahonni siyosiy, iqtisodiy, madaniy yoki ekologik jihatdan taraqqiy ettirishdagi alohida va global muammolar o‘rganilib, yakunda ushbu muammolarni hal etishning muqobil variantlari tavsiya etilgan. Rim klubi tomonidan ishlab chiqilgan traktatlar so‘nggi yillarda jahon taraqqiyotidagi muammolarni yechishda yetakchi manbalardan biri bo‘lib kelmoqda.
Shunday qilib, Rim klubi taraqqiyot va rivojlanish (shu jumladan, barqaror rivojlanish konsepsiyasi) bo‘yicha zamonaviy qarashlarni shakllantirishda muhim rol o‘ynadi. Rim klubi g‘oyalarining asosiy kamchiligi zamonning keskin siyosiy vaziyatida ularni amalga oshirish imkoni yo‘q edi.
1983 yilda Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiya (ARXK) tashkil etildi. Ushbu tadqiqot guruhining faoliyati BMT Bosh Assambleyasi qarori bilan yaratilgani bois tashkil etilgandan buyon jahon hamjamiyati e’tiborini tortib kelmoqda. Komissiya ishining maqsadi jahon taraqqiyoti tamoyillarini izlashdan iborat bo‘lib, ular asosida birgalikdagi xalqaro harakatlar amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. 1987 yilda Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiyaning “Umumiy kelajagimiz” nomli hisobotida chop etilgan asosiy postulatlari jahon taraqqiyoti Barqaror rivojlanish konsepsiyasi nomli tamoyiliga aylandi. Konsepsiya iqtisodiyot va atrof-muhit o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etish, ilmiy-texnik portlashlarning salbiy oqibatlarini oldini olish uchun mo‘ljallangan.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasining paydo bo‘lishining asosiy sabablari iste’mol falsafasining hukmronligi, resurslarni yo‘q qilish texnologiyalarining ustunligi va global iqtisodiy muammolar edi.
Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiya jahon iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish maqsadida quyidagi asosiy vazifalarni belgiladi:
O‘sish jarayonlarini jonlantirish. Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi jon boshiga iqtisodiy o‘sishni yiliga 5-6% ga, rivojlangan mamlakatlarda esa 3-4% ga oshirish.
O‘sish sifatining o‘zgarishi, ya’ni foydaning yanada adolatli taqsimlanishiga o‘tish hamda kam resurs talab qiladigan sifatli texnologiyalarni amaliyotga joriy etish. Iqtisodiy o‘sish ekotizimlarning ko‘payish qobiliyatiga putur yetkazmasligi kerak. Konsepsiya mualliflarining fikricha, iqtisodiyotning miqdoriy o‘sishini uning rivojlanish sifati bilan almashtirish zarur.
Yer yuzidagi barcha aholining asosiy ehtiyojlarini qondirish. Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiya bandlik, oziq-ovqat, energetika, uy-joy, suv, sanitariya, ta’lim va sog‘liqni saqlashni asosiy ehtiyojlar sifatida belgilab berdi. Insoniyatning asosiy vazifalaridan biri – bu ehtiyojlarni har kim qondira olishi uchun iqtisodiy tizim yaratishdir.
Aholi sonining barqaror, ya’ni ekotizimlarning mahsuldor sig‘imiga mos keladigan darajasini ta’minlash.
Resurs bazasini saqlash va mustahkamlash.
Texnologiyaning qayta yo‘naltirish va inqirozlar yuzaga kelishining oldini olish.
Qaror qabul qilishda ekologik-iqtisodiy jihatlarni birlashtirish. Barqaror rivojlanish bilan iqtisodiy o‘sish ekologik muammolarni keltirib chiqarmasligi kerak. Bu barqaror rivojlanish tushunchasining asosiy g‘oyasi hisoblanadi. Global ekologik va iqtisodiy tizimlar o‘rtasidagi munosabatlar zamonaviy dunyodagi eng muhim muammo sifatida ko‘rib chiqildi.
Barqaror rivojlanishga erishish dunyoning alohida mamlakatlari va mintaqalarida, ayniqsa, butun dunyoda ijtimoiy va siyosiy keskinlikni to‘liq bartaraf etish imkonini bermaydi. Shunday bo‘lsa-da, barqaror rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirish global vazifa hisoblanadi, ammo har bir mamlakat konsepsiyaning g‘oyalarini amalga oshirish uchun o‘z faoliyat dasturini ishlab chiqishi lozim.
Shunday qilib, globallashuvning rivojlanishida va xususan, barqaror rivojlanish bo‘yicha zamonaviy qarashlarning shakllanishida Rim klubi faoliyati katta rol o‘ynadi. Rim klubi, shuningdek, boshqa shu kabi tashkilotlarning shakllanishi dunyoda global muammolarning paydo bo‘lishi va avj olishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Biroq Rim klubi nafaqat global muammolarni, balki ularning bir- biri bilan aloqalarini tadqiq qilgan birinchi tashkilot edi. Global muammolarning o‘zaro bog‘liqligi g‘oyasi asosida Rim klubining eng mashhur ma’ruzasi – “O‘sish chegaralari” hisoboti yaratildi.
Ushbu hisobotning paydo bo‘lishi globalistika va global prognozlash rivojlanishida butunlay yangi bir bosqich bo‘ldi. Hisobot mualliflari ijtimoiy- iqtisodiy omillarning global muammolarning rivojlanishi va o‘zaro aloqasiga ta’sirini hisobga olmaganiga va tadqiqot usulida xatolar ehtimoli borligiga qaramay, hisobot mualliflari asosiy maqsadga erishishga muvaffaq bo‘ldilar. Hisobotni nashr etishning eng muhim natijalarini global muammolar haqidagi munozaraning boshlanishi va G‘arb mamlakatlaridagi ziyoli insonlar orasida dunyo masalalariga qiziqish kuchayishi deyish mumkin. Bundan tashqari Rim klubi “iste’mol falsafasi”ni jiddiy rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldi, uning hukmronligi global muammolarning paydo bo‘lishi va avj olishining eng muhim sabablaridan biridir.
“O‘sish chegaralari” hisoboti chop etilgandan so‘ng nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlar uchun ham yerni saqlab qolish va global muammolarni hal qilish yoki hech bo‘lmaganda ijobiy tomonga siljitish yo‘llarini izlash insoniyat rivojlanishining asosiy kun tartibidan o‘rin oldi.