Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A


Jahon iqtisodiyoti globallashuvi to‘g‘risidagi ilmiy konsepsiyalarning asosiy yo‘nalishlari



Download 0,95 Mb.
bet29/182
Sana05.11.2022
Hajmi0,95 Mb.
#861056
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   182
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,

Jahon iqtisodiyoti globallashuvi to‘g‘risidagi ilmiy konsepsiyalarning asosiy yo‘nalishlari




Zamonaviy sharoitda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning barcha shakllarining rivojlanishini belgilovchi va bir vaqtning o‘zida sintez qiluvchi asosiy yo‘nalishlardan biri iqtisodiy globallashuv jarayonidir. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ekspertlari globallashuvni “...tovarlar, xizmatlar va global kapital oqimlaridagi xalqaro bitimlarning ko‘payishi va xilma-xilligi natijasida dunyodagi mamlakatlarning o‘sib borayotgan iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, texnologiyaning tobora tez va keng tarqalishi” sifatida talqin qilishadi. Umuman, globallashuv jarayoni umumbashariy bo‘lib, nafaqat iqtisodiyotni, balki jamiyat hayotining deyarli barcha sohalarini: siyosat, ijtimoiy soha, axborot tizimi, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarni qamrab oladi. Amalda globallashuv ko‘rsatib o‘tilgan sohalarda rivojlanayotgan turli xil, ammo o‘zaro chambarchas bog‘liq globallashuv jarayonlarining murakkab majmuasidir. Shuning uchun ham uning turli jihatlari ko‘pgina fanlarning o‘rganish ob’ekti bo‘lib, globallashuv tom ma’noda fanlararo tadqiqot ob’ektidir. Masalan, texnika fanlari vakillari alohida mamlakatlarda yuzaga keladigan yangiliklar va yangi texnologiyalarni texnik bilimlarning yagona global majmuasiga birlashtirishda namoyon bo‘ladigan “texnoglobalizm” tushunchasini ko‘rib chiqadilar. Ular energetika, aloqa, telekommunikatsiya, transport va shu kabi qator sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari va boshqa sohalarda mohiyatan global “texnologik makrotizimlar” ning paydo bo‘lishini tahlil qiladilar. Sotsiologlar va faylasuflar globallashuv konsepsiyasini madaniyat va insoniy qadriyatlarning universallashuvi ta’sirida turli mamlakat va mintaqalarda yashovchi odamlarning turmush tarzida kechadigan yaqinlashish tendensiyalari bilan bog‘lashadi. Globallashuv jarayonlari siyosat sohasida (shu jumladan, harbiy-siyosiy sohada) ham yuz berib, bu yangi globallashuv muammolari jarayonida yuzaga keladigan yirik xalqaro institutlarning (birinchi
navbatda, BMT) o‘rni va roli masalasini ko‘taradi.
Lekin globallashuvning eng harakatchan jarayoni iqtisodiy sohada yuz beradi. Shu bilan birga iqtisodiy globallashuvning ob’ektiv va sub’ektiv jihatlari yoritib beriladi. Darhaqiqat, bir tomondan, iqtisodiyotning globallashuvi – bu yagona global iqtisodiy yaxlitlikka tomon tabiiy, ob’ektiv ravishda belgilangan harakat jarayoni, iqtisodiy hayotning sifat jihatidan yangi, yuqori baynalmilallashuvi bosqichidir. Boshqa tomondan, iqtisodiyotning globallashuvini dunyoning yetakchi mamlakatlari, yirik transmilliy korporatsiyalar (TMK) va transmilliy banklar
(TMB), jahon moliyaviy markazlari o‘z manfaatlari uchun amalga oshirilayotgan aniq iqtisodiy siyosat shakli sifatida baholash mumkin.
Albatta, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqa sub’ektlari (iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lmagan mamlakatlar va ularning uyushmalari, korporativ biznes va boshqalar) iqtisodiy globallashuv jarayonida ham o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarmoqchi bo‘ladi. Shuning uchun ham iqtisodiy globallashuv jarayoni muqarrar ravishda keskin ziddiyatlar bilan kechadi.
Bu jarayonlar iqtisodiy globallashuv nazariyasi alohida o‘rin tutgan jahon iqtisodiyoti nazariyalarining rivojlanishida o‘z aksini topishi zarur.
Iqtisodiy globallashuv muammolari bo‘yicha shakllangan nazariy qarashlarni baholash so‘nggi yillarda olimlar turlicha yondashuvlarga asoslanadilar. Shartli ravishda ularning uchta asosiy yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin:

      1. Giperglobalistik yo‘nalish (giperglobalizm)

      2. Shubha yo‘nalishi (skeptitsizm).

      3. Transformatsion yo‘nalish.

Ulardan birinchisi bo‘lgan giperglobalizm yo‘nalishi milliy chegaralarni yo‘q qilishning mutlaq jarayoni va mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy farqlarning yo‘qolishi bilan bog‘liq. XX asrning 70-yillaridan boshlab shakllanib kelayotgan yagona jahon bozori doirasida kapital, tovarlar va axborotlarning erkin harakati bu yerda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ushbu yo‘nalish vakillarining fikricha bu yangi sharoitda, “milliy egoizm” tushunchasi ma’nosiz bo‘lib qoladi. Giperglobalizmning eng taniqli namoyandalari qatoriga K.Omai, F.Fukuyama va R.Rayxlarni kiritish mumkin.
“Globallashuv” atamasining dastlabki mualliflaridan va targ‘ibotchilaridan biri K.Omai bo‘lib, u o‘zining bir nechta asarlarini shu masalaga bag‘ishlagan.
U o‘z asarlarida “an’anaviy milliy davlatlar biznes nuqtai nazaridan, global iqtisodiyotdagi birliklar” yoki “dunyoning sobiq xaritasi illyuziyadan boshqa narsaga yaramay qoldi” degan fikrlarni ilgari surdi.
K.Omai tomonidan zamonaviy davlatlar rivojlanayotgan global tizimda mahalliy hokimiyat birliklariga aylanib borayotganligi, unda moliyaviy bozorlar va transmilliy korporatsiyalar hal qiluvchi rol o‘ynay boshlaganligi ta’kidlanadi.
K.Omai davlatlarni global iqtisodiyotning “g‘ayritabiiy” birliklariga aylangan “o‘tmishning ixtiyoriy debitorlari” deb baholaydi. K.Omai fikriga ko‘ra, “mintaqaviy davlatlar”, “tabiiy iqtisodiy zonalar”, “tabiiylik” va uning ko‘lami global iqtisodiyotning ehtiyojlariga ko‘ra shakllantiriladi.
Mashhur futurist F.Fukuyama asarlarida ham giperglobalizmning ba’zi qoidalari ishlab chiqilgan. F.Fukuyama o‘zining “Tarixning oxiri va so‘nggi odami” (1992 yil) nomli monografiyasida giperglobalizm nuqtai nazaridan dunyoda yuz berayotgan globallashuv jarayonlarini o‘rganadi. Uning fikricha,
hozirgi kunga kelib barcha rivojlangan davlatlar mohiyatan liberal-demokratik siyosiy institutlarni yaratdilar, boshqa mamlakatlar esa bozor iqtisodiyoti yo‘nalishida isloh qilinib, global iqtisodiy tizimga yanada jadal integratsiyalashmoqda. Zamonaviy texnologiya alohida mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga ta’sir etib, ularni yagona global iqtisodiy tizimiga bog‘lashga xizmat qiladi.
F.Fukuyama o‘z tadqiqotlarida jahon iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan integratsiya jarayonlarining madaniy jihatiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha, rivojlanayotgan integratsion hamjamiyat a’zolari o‘z faoliyatlarini mavjud institutlar, normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshirishlari o‘zaro ishonchni anglatadi. Bu nuqtai nazardan ularning xatti-harakatlari oldindan taxmin qilinadi. Shunday qilib, globallashuv jarayonlarini faol joylashtirish deyarli butun dunyoda liberal demokratik qadriyatlarning faol tarqalishiga asosan amalga oshiriladi.
Ko‘rinib turibdiki, giperglobalizm vakillari mohiyatan o‘zlarining asosiy funksiyalaridagi davlatlarning yo‘qolishi va kelajakda – umuman milliy davlatlarning yo‘q bo‘lishi bilan birga to‘liq madaniy diffuziyani bashorat qiladilar. Giperglobalizm o‘ta qutbli pozitsiya bo‘lib, uning ichida jamiyat zamonaviy taraqqiyotining ayrim real jihatlari mutlaqlashtiriladi, deb aytish mumkin.
Giperglobalizmni ko‘p jihatdan tanqid qilish natijasida skeptitsizm (shubha- gumon) yo‘nalishi vujudga keldi. Bu yo‘nalishda ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirildi. S.Xantington, P.Xirst, G.Tompson va S.Krasnerlarni skeptitsizmning faol tarafdorlari qatoriga kiritish mumkin. Bu mualliflarning ilmiy qarashlarini umumlashtirib, ularda aks ettirilgan g‘oyalarni quyidagi asosiy tezislar ko‘rinishiga keltirish mumkin:

  • oxir-oqibatda umumiy madaniy yaqinlashishga erishish mumkin emas;

  • zamonaviy sharoitlarda ro‘y berayotgan tovarlar, mehnat va kapitalning transmilliy harakati o‘z tarixiga ega bo‘lib, bu tarixda o‘zining yuksalish va pasayish, taraqqiyot va retsessiyasiga ega bo‘lgan;

  • garchi tarix davlatlar rolining muayyan darajada cheklanganligini ko‘rsatsa- da, millatlar va milliy davlatlarga hech qanday tahdid yo‘q.

S.Xantingtonning qayd etishicha, zamonaviy dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlar dunyo madaniy gomogenligidan ko‘ra ko‘proq bo‘linish va mojarolarga sabab bo‘ladi. Aslida uning o‘zi asosiy asarlaridan biri bo‘lgan “Tamaddunlar to‘qnashuvi va jahon tartibini qayta tiklash” asarida birinchi marta vaziyatni shu tarzda baholadi13.


13 S.Huttington. The Clash of Civilizations and the Remaking of the World Order. — N.Y., 1996.
S.Xantington fikriga ko‘ra, jahonda sotsialistik tuzum parchalangandan so‘ng ikki qutbli dunyo o‘rnida paydo bo‘lgan yangi dunyoda odamlar va xalqlar o‘rtasida nafaqat siyosiy yoki mafkuraviy, balki madaniy farqlar yuzaga kelganligi aniq ko‘rinib qoldi.
S.Xantingtonning fikricha, zamonaviy dunyoda “mintaqaviy siyosat etnik munosabatlar darajasida amalga oshiriladi va global siyosat sivilizatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar darajasida amalga oshiriladi. Superkuchlarning raqobati sivilizatsiyalar to‘qnashuviga yo‘l beradi”. Uning fikricha, sivilizatsiyalar to‘qnashuvi jahon miqyosida ikki shaklda – mikro va makro darajadagi o‘zaro aloqador ziddiyatlar sifatida yuzaga kelishi mumkin.
Bunday mojarolarning sabablari sifatida S.Xantington zamonaviy xalqaro siyosatning bir qator muammolariga ishora qiladi:

  • global siyosatning shakllanishi va BMT, XVJ, Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar faoliyatiga ta’sirning ortishi;

  • harbiy sohadagi raqobat;

  • xalqaro savdo, xorijiy investitsiyalar va boshqalar bo‘yicha kelishmovchiliklarning ortishida o‘z aksini topuvchi mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatlariga bo‘lgan munosabatlaridagi o‘zgarishlar;

  • millatlararo nizolar (xususan, bir sivilizatsiyani ifodalovchi davlatlarning turli sivilizatsiyaga mansub mamlakatlarda o‘z aholisini himoya qilish uchun urinishlarida namoyon bo‘ladi);

  • qadriyat va madaniyatlar muammolari (ma’lum bir davlatlar o‘z qadriyatlari va madaniyatini boshqa sivilizatsiyaga mansub kishilarga sun’iy ravishda yuklashga harakat qilganda yuzaga keladigan ziddiyatlar);

  • dunyoning yetakchi mamlakatlari ishtirokida ayrim hollarda yuzaga keladigan hududiy muammolar.

S.Xantington zamonaviy dunyoning mamlakatlar va ayrim ta’limotlar kesimidagi sakkiz sivilizatsiyasini o‘rganib chiqadi: g‘arb, konfutsiylik, yapon, musulmon, hind, slavyan-pravoslav, lotin Amerikasi va Afrika sivilizatsiyalari. Shu bilan birga, xalqaro mojarolarning asosiy yo‘nalishi, uning fikricha, kelajakda G‘arb va boshqa sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ziddiyatdan iborat bo‘ladi.
Umuman olganda, S.Xantington fikrlari aslida madaniy mintaqalashuv jarayoniga qarshi bo‘lib, giperglobalizm vakillariga xos global madaniy “diffuziya” va gomogenazatsiya ehtimolini rad etadi.
1990-yillar boshidan buyon giperglobalizm qoidalarini tanqid qiluvchi boshqa bir qator tadqiqotlar chop etilgan. Bular qatoriga P.Xirst, G.Tompson va S.Krasner kabi mualliflarning asarlarini kiritish mumkin.
P.Xirst va G.Tompsonning fikricha, XX asrning 90-yillari oxirigacha erishilgan iqtisodiy hayotning baynalminallashuv darajasi yuqori bo‘lishiga
qaramay, jahon iqtisodiyoti hali to‘la globallashmagan. Ushbu fikrni asoslash uchun yetakchi bo‘lgan haqiqiy ko‘p millatli korporatsiyalar soni hali nisbatan kam; xalqaro tovarlar va kapital xizmatlar oqimlari bozor iqtisodiyoti rivojlangan yetakchi mamlakatlar guruhida nisbatan ko‘proq jamlangan.
P.Xirst va G.Tompsonning fikriga ko‘ra, zamonaviy sharoitlarda iqtisodiyotni boshqarishning shakl va usullari o‘zgarib bormoqda. Bu sohada siyosat markazllashib bormoqda, milliy davlatlar esa parallel va raqobatlashuvchi boshqaruv organlarining murakkab tizimi unsurlaridan biriga aylanmoqda. Ularning fikricha, boshqaruv samarali bo‘lishi uchun xalqaro va milliy darajadagi boshqaruv organlarini yagona, yaxshi integratsiyalashgan tizimga birlashtirish zarur.
P.Xirst va G.Tompson uchta darajadagi boshqaruv organlari o‘zaro munosabatlarining quyidagi shakllarini belgilaydi:

  • dunyoning yetakchi mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni shartnomalar tuzish orqali boshqarish, masalan, valyuta kurslarini barqarorlashtirish yoki qisqa muddatli spekulyativ moliyaviy operatsiyalarni cheklash vazifasini hal etish mumkin;

  • dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan iqtisodiy faoliyatning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro tartibga solish organlarini tashkil etish orqali samarali boshqaruv (masalan, GATT / JST tizimi);

  • savdo bloklarini yaratishga asoslangan yirik iqtisodiy makonlarni boshqarish (masalan, “umumiy bozor” vazifalaridan uzoqlashtirilgan Yevropa Ittifoqi), bunday guruhlar global iqtisodiy bosimga muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatishi mumkin;

  • bu sharoitda milliy davlatlar xususiy va davlat manfaatlari o‘rtasidagi raqobatni muvofiqlashtiruvchi siyosat olib boradilar. Natijada “yarim ixtiyoriy” iqtisodiy hamkorlik va muvofiqlashtirish maqsadlaridagi qo‘llab-quvvatlash tizimi shakllanadi;

  • mintaqaviy miqyosda ularni tashqi zarbalardan himoya qilish va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida sanoat hududlarini qo‘llab-quvvatlash vazifalari hal etilishi mumkin.

P.Xirst va G.Tompsonning qarashlaridagi eng muhim jihat sifatida milliy davlatlarni zamonaviy jahon iqtisodiyotining markaziy elementi va predmeti sifatida baholashini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Ushbu masaladagi P.Xirst va G.Tompsonning yondashuvlari ko‘p jihatdan S.Krasner tomonidan ishlab chiqilgan fikrlarga mos keladi. Uning fikricha, globallashuv jarayoni davlat faolligini oshirish jarayoni bilan parallel ravishda ishlaydi.
Bir tarafdan, giperglobalizm tarafdorlari, ikkinchi tomondan, skeptitsizm tarafdorlari fikrlari bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan yana bir yetakchi g‘oya globalistik yo‘nalish asoschilari J.Rozenau, D.Xeld, A.Mak-Gryular boshlab bergan “transformatsion” yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalish tarafdorlari globallashuvni bir tomonlama va soddalashtirilgan tushunchalar sifatidagi qarashlarga qarshi bo‘lib, globallashuvni jamiyatning barcha sohalarida yuz beruvchi murakkab va serqirra jarayon sifatida talqin etadilar.
Globallashuvga giperglobalizm, skeptitsizm va transformatsion yondashuvlarni talqin qilish jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayoni naqadar murakkab, noaniq va ziddiyatli ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Uning o‘z mantig‘i va rivojlanish dialektikasi mavjud. Shu bilan birga, milliy davlatlar faoliyatida ham, zamonaviy xalqaro tashkilotlar tizimida, shakl va faoliyatida ham tegishli o‘zgarishlar ro‘y berishi kerak.
XX asrning 50–60-yillarida G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish va aholi turmush darajasining tez sur’atlar bilan o‘sishi kuzatildi. Biroq, farovonlikning o‘sishi bilan bir vaqtda global ekologik, demografik va oziq-ovqat muammolari tobora chuqurlasha boshladi. 60-yillarning oxiri va 70-yillarning boshlarida o‘tkir global muammolarning paydo bo‘lishi insoniyatni bu muammolarni hal etish yoki yumshatish yo‘llarini topishga mo‘ljallangan yangi g‘oya va tushunchalar ishlab chiqishga majbur qilib qo‘yganini kam sonli kishilargina anglab yetdilar. Aynan shu davrda global inqirozdan chiqish yo‘lini qidirish bilan shug‘ullanuvchi jamoat tashkilotlari paydo bo‘la boshlaydi.
Rim klubi ana shunday jamoat tashkilotlarining eng mashhurlaridan hisoblanadi. Doimiy tuzilmaga va budjetga ega bo‘lmagan holda Rim klubining faoliyati zamonaviy jamiyatda keng aks-sado beradi. Rim klubini yaratish g‘oyasi italiyalik sanoatchi, iqtisodchi Aurelio Pechcheiga tegishli. Uning asl g‘oyasi jahon muammolarini muhokama qilish va ularni hal qilish yo‘llarini topish uchun kichik bir doirani yaratishdan iborat edi.
1968 yilning aprelida insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish maqsadida Rimda 30 nafar olim, iqtisodchi, pedagog va xodimlardan iborat guruh to‘plandi. Bu uchrashuv a’zolari 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan norasmiy, moliyaviy jihatdan mustaqil tashkilot hisoblangan Rim klubining shakllanishini belgilab berdi.
Ushbu yig‘ilishda klub amalga oshirishi kerak bo‘lgan ikkita asosiy vazifa belgilandi: odamlarni “insoniyat qiyinchiliklari”ni iloji boricha aniqroq doirada bilishga yordam berish; mavjud holatni to‘g‘rilashga yordam beruvchi barcha bilimlardan foydalanish, mavjud vaziyatga hissa qo‘shadigan yangi munosabatlar, siyosat va institutlarni tashkil etishga undash.
Shunday qilib, Rim klubining yaratilishi turli ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga bog‘liq bo‘lib, ulardan asosiysi global muammolarning paydo bo‘lishi va ularni hal etishda global hamkorlik g‘oyalarining zaruriyati edi.
Rim klubi a’zolari tomonidan o‘z faoliyati davomida iqtisodiy o‘sish va global muvozanat masalalari o‘rganilib, tadqiqot natijalari va yangiliklar ma’ruzalar ko‘rinishida taqdim etib borilgan (2.2-jadval).

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish