Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A


-jadval Moliya-sanoat guruhlarining jahon moliya muassasalari umumiy



Download 0,95 Mb.
bet130/182
Sana05.11.2022
Hajmi0,95 Mb.
#861056
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   182
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,

9.8-jadval Moliya-sanoat guruhlarining jahon moliya muassasalari umumiy


aktivlaridagi ulushi179





Moliyaviy muassasalar

2006
yil

2011
yil

2012
yil

2013
yil

2014
yil

2015
yil

1

Banklar

26

25

25

26

25

26

2

Investitsiya fondlari

21

22

22

23

22

23

3

Moliya-sanoat guruhlari

19

20

20

21

20

21

4

Pensiya fondlari

10

9

11

10

12

13

5

Sug‘urta kompaniyalari

7

10

12

11

9

9

6

Boshqalar

17

14

10

9

12

8

Jami

100

100

100

100

100

100

Jahon amaliyotida moliya institutlariga investitsiya fondlari, moliyaviy konglomeratlar, pensiya fondlari, investitsiya paychilari, sug‘urta kompaniyalari, kredit uyushmalari va boshqa tashkilotlar kiradi. Quyidagi jadval ma’lumotlari ko‘rsatishicha, moliya-sanoat guruhlarining jahon moliya muassasalari umumiy aktivlaridagi ulushi 2006 yilda 19 foizga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib mazkur ko‘rsatkich 21 foizni tashkil qilgan holda 2 foizli punktga oshgan. Yuqoridagi jadvaldan ko‘rish mumkinki, moliya-sanoat guruhlari aktivlari salmog‘iga ko‘ra banklar va investitsiya fondlari aktivlaridan keyingi o‘rinni egallagan. Mazkur holat, jahondagi moliya muassasalari tarkibida moliya-sanoat guruhlari faoliyatining sezilarli darajada rivojlanganligi va pirovardida ular aktivlari hajmining oshganligi bilan izohlanadi.


Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, jahon iqtisodiyotida moliya-sanoat guruhlari rivojlanishining quyidagi modellari keng tarqalgan, ya’ni: anglo-amerika, germaniya, lotin va yapon.
Anglo-amerika modeli, Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya va Kanada mamlakatlarida amal qiladi. Ushbu mamlakatlarda sanoatlashtirishning negizi bo‘lib tadbirkorlik asosida kapital to‘plash mexanizmi hisoblanadi.
179 Ataniyazov J. X. Moliya-sanoat guruhlarini shakllantirish modellari va ulardan O‘zbekistonda foydalanish imkoniyatlari. “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. №3, iyun, 2017 yil.
Kapital institutsional aksiyadorlarning (banklar, sug‘urta kompaniyalari va pensiya fondlari) mablag‘lari hisobidan shakllanib alohida va mustaqil aksiyadorlar mexanizmi orqali faoliyat yuritadi.
Moliya-sanoat guruhlari rivojlanishining anglo-amerika modeliga xos bo‘lgan yana bitta xususiyatli tomon – ulardagi aksionerlik kapitalining birmuncha tarqoqligidir. Ushbu mamlakatlardagi moliya-sanoat guruhlari korporativ kapitalning unchalik katta bo‘lmagan qismiga ega bo‘lgan ko‘p sonli mulkdorlarga ega.
Germaniya modeli Germaniya va Avstriyada amal qilib, yirik hamda o‘rtacha korporatsiyalarning moliyaviy asosini bank tizimi tashkil qiladi, bunda alohida aksiyadorlarning roli unchalik ahamiyatli emas. Germaniya modelining bank mexanizmi korporativ munosabatlar tuzilmasida moliya va sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi uzoq muddatli investitsiya munosabatlariga yo‘naltirilgan. Ushbu modelda banklar tashqi moliyalash manbalariga ehtiyoj sezayotgan kompaniyalar uchun qarz kapitalini yetkazib beruvchi hisoblanadilar.
Germaniyada yirik banklar ko‘plab yuqori integrallashgan nemis korporatsiyalari kapitalining katta qismiga egalik qiladi. Jumladan, Germaniyaning yirik banklaridan hisoblangan «Doyche bank» yetakchi milliy korxonalarning
«Daymler-Bens» (28,34%), «Filipp Xolzman» (30%), «Karlstadt» (25,08%) aksiyalariga egalik qiladi. Mazkur banklar faqatgina ularning innovatsion rivojlanishidagi ehtiyojlarini moliyalashtirib qolmasdan, balki bankning moliyaviy barqarorligini ham oshirib boradi180.
Germaniya moliya-sanoat guruhlarining muvofiqligi birdaniga bir nechta mexanizmlarni ta’minlaydi. Birinchidan, bir vaqtning o‘zida mazkur guruhga kiruvchi turli kompaniya va firmalarning boshqarma a’zosi bo‘lib hisoblangan mansabdor shaxslarning nisbatan kichik doirasini mavjudligi; ikkinchidan, moliya- sanoat guruhiga kiruvchi moliya-kredit institutlari muvofiqlashtiruvchi rolni bajarishi (bugungi kunda ularga mamlakatdagi 25 ta yirik sanoat korxonalarining 30% aksiyasi tegishlidir)181; uchinchidan, guruhlar ichidagi integratsiya, shuningdek, o‘zaro kesishgan aksiyalashtirishga (kapitalda ishtirok etish) xizmat qilishi.
Germaniya an’analarining muhim xususiyati bank bilan sanoatning o‘zaro uzviy aloqalari bilan belgilanadi. Moliyaviy, aksiyadorlik, shuningdek, ish aloqalari asosida moliya institutlari bilan sanoat korxonalarining tarmoqlararo integratsiyasida barqaror gorizontal moliya-sanoat birlashmalari sodir bo‘ladi. O‘z navbatida, konsernning bir muncha barqaror negizi atrofida ko‘pgina yirik va o‘rta


180 Бабаева Н.М. Пути повышения эффективности участия банков в деятельности высокоинтегрированных корпоративных структур: автореф. дис…канд. эконом. наук. – Ташкент, 2010.– С. 8.
181 Mirzayev F.I. Banklararo raqobat: mohiyati, shakllanishi va rivojlanish bosqichlari. –T.: «Moliya», 2008. –197 b.
kompaniyalar guruhlanadi. O‘rta hisobda guruhlarning bosh xoldingi aksiyalarga egalik qiladi va taxminan 150 kompaniya faoliyatini nazorat qiladi. Banklar nafaqat investitsion loyihalarni moliyalashtirishda, balki korxonalarni boshqarishda ham ishtirok etishini qabul qilishadi. Shuning uchun ham, Germaniyada moliya- sanoat guruhlarini tashkil etishning markazi mavjud bo‘lib, odatda, bu vazifani yirik banklar bajarishadi. Uchta yetakchi moliya-sanoat guruhlari boshida turuvchi yirik banklar bo‘lib, “Doyche Bank” AG, “Drezdner Bank” AG va “Kommersbank” AG hisoblanadi. Ularga mamlakat aksiyadorlik kapitalining mos ravishda 1/3, 1/4 va 1/8 qismi to‘g‘ri keladi182.
Lotin modeli esa, Fransiya, Belgiya va Italiya mamlakatlarida amal qiladi. Bu modelda yakka tartibdagi va oilaviy korporatsiyalar investitsiya kompaniyalari va investitsiya banklari xoldinglari tomonidan birlashtirilishi natijasida erkin korporativ tarmoqlar shaklida yuzaga kelgan. Kapitalning qarama-qarshi munosabatlari iqtisodiy aloqalarning murakkab tarmoqlarini yuzaga keltirdi. Ushbu tarmoqlarda davlat korxonalarining roli tobora oshib bormoqda.
Yapon modeli esa, investitsiyalarni sanoatga uzoq muddatga yo‘naltirilganligi, moliya va sanoat tarmoqlari o‘rtasida yaqin aloqalarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Mazkur modelning o‘ziga xos xususiyati guruhlashish tendensiyasidir. Xo‘jalik birliklari korporativ guruhlarni tashkil etgan holda aksiyalarga qarama-qarshi egalik qilish mexanizmi orqali bir-biri bilan yaqin aloqa o‘rnatgan. Har bir guruhning kapitalni to‘plash mexanizmi guruh banki yordamida amalga oshiriladi.
Yapon moliya-sanoat guruhlarining muhim xususiyati – bosh bankdan moliyalashtirishdir. Guruh ichidagi bitimlar bosh savdo kompaniyasi orqali amalga oshiriladi, bu savdo kompaniyasi guruh a’zolari bo‘lgan kompaniyalar ishlab chiqargan mahsulotlarni sotadi va xomashyolarni sotib oladi.
Yaponiyaning 49 ta kompaniyasi kapitallashuv darajasi bo‘yicha dunyoning yirik 500 ta kompaniyalari ro‘yxatiga kiritilgan. Quyidagi 9.9-jadvalda ulardan eng yiriklari keltirilgan. Hozirda Yaponiyaning yirik moliya-sanoat guruhlaridan biri moliyaviy markazi yirik yapon banki Mitsubisi YuFJ Faynenshl Grupp bo‘lgan Mitsubisi guruhi hisoblanadi. Guruhning tarkibiga 29 ta kompaniya kiradi, dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Mitsubisi Xevi Industriz, Mitsubisi Motors Korporeyshn, Nikon Korporeyshn, Kirin Brevery Ko. kabilar mavjud. Mitsui Sumitomo guruhida, Sumitomo Mitsui Banking Korporeyshn uning asosini tashkil etadi. Jumladan, uning tarkibiga Sumitomo Xevi Industriz, Sumitomo NYeK Korporeyshn, Sumitomo Mitsui Konstrakshn Ko. kabi kompaniyalar kiradi.




182 Цветков В.А. Финансово-промышленные группы в современном мире // Промышленная политика в РФ.
№6, 2000. - С. 36-47.
Yaponiyada moliya-sanoat guruhlari o‘zagini banklar va bosh savdo kompaniyalari tashkil etadilar. Yapon moliya-sanoat guruhlarida barcha a’zolar tomonidan ta’sis etilgan kompaniyalar mavjud. Masalan, xorijdagi neft manbalarini rivojlantirish uchun, axborot texnologiyalari bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun, kosmik aloqalar uchun tuzilgan kompaniyalar. Guruh qatnashchilari umumiy axborot manbaidan foydalanadilar.
Yaponiya banklari faqatgina kredit berish bilan cheklanib qolmasdan moliya- sanoat guruhlarini moliyalashtirish va o‘zaro hamkorlik uchrashuvlarini tashkil etish faoliyatini ham bajaradi. Shuningdek, bank o‘z mijozlariga o‘zaro hamkorlik qilishi uchun sheriklar topishda hamda biznes xizmatlar ko‘rsatishda yordamlashadi. Guruhga kiruvchi kompaniyalar faoliyati barqaror bo‘lgan sharoitda bosh bank uning faoliyatiga aralashmaydi. Mabodo kompaniyaning moliyaviy holati yomonlashsa, bosh bank riskli operatsiyalarni kamaytiradi hamda bu holatni yaxshilashga yordam beradi.

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish