Xamsa alisher Navoiy xamsa


Ne amr etganing toki bor jonimiz



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Ne amr etganing toki bor jonimiz,

Tag‘oJul qilurg‘a ne imkonimiz.

Chu bizdin duo aylading muddao,

Ne ish ilgimizdin kelur, ju z  duo!».

Safar  chog‘i  ob-u  havo  yetishgan  kunlaming 

birida Iskandar Suqrotga murojaat qilib:  «Dengiz 

yurishini boshlasak, xato bolmasmikan? Sen bu 

muammolardan yaxshi xabardorsan, sendan ilti­

mos qilib so'rajoniz.  Sen bizga peshvolik qilasan. 

Agar  elni  qayoqqa  boshlasang,  hammamiz  don- 

ishing payravi bolamiz», -  dedi.  Suqrot ularning




shartini qabul qilib, yol boshladi. Bir to‘da olimlar 

Jazoyir  tomondan  yurishni  ma’qul  qildilar.  Bir 

necha kun shu suvda yurildi.

Yana bir kuni Iskandar barcha donishmand-u 

allomalami yiglb, dedi: «Dengiz kayfiyatini aytin- 

giz.  Ki ne vaz’ iladur yer ila dengiz?» Donolar bir 

necha  zamon  tafakkur  dengiziga  botdilar-da, 

dedilarki: «Suqrot bayon qilsun. Chunki u hikmat 

ahlining ustodidir, zamiri xirad hikmatobodidir». 

Keyin Suqrot bu savolga shunday javob bera bosh­

ladi:  «Yer jismi yumaloq shaklda. Yaratuvchi uni 

kurra shaldiga kiritgan. Lekin ul kurra suv ichida 

nihon  bolib,  ochiq  qismini jahon  deb  ataydilar. 

Unda shaharlar, toglar, qir, sahro, dala, dashtlar 

joylashgan. Ammo uni suv ihota qilib turadi. Biroq 

yetti iqlim ochiq qolgan. Ammo ular ham tamom 

ochiq emas, balki har tarafdan dengiz bilan o‘ral- 

gan.  Muhiti charxpalaksimon bolib,  uning atro­

fida yetti daryo,  16 dengiz bor. Bulardan tashqari 

yuztacha  daiyo  bor.  Har birining  o'zgacha ismi, 

xalq  shu  nomlari  bilan  taniydi  ularni.  Nechuk- 

ki,  Koliak,  yo'qsa rudi  Hirot va yo  Nil yo  Furot. 

Ulardan jahon obod boladi, dengizlar boshlanishi 

nuqtasi ham shular.

Haligi  yetti  daiyo  ko'plab  orollami  o‘z  ichiga 

oladi.  Hammasi  Muhit  bahridan  ayriladi.  Muhit 

olti yuz orolli, olti daiyodan biri Bahri Rum. Unda 

ham 600 orol bor, Bahri Mag‘rib shimoli sharqisi 

obod, ul suvda  1  000 orol mavjud.

Uchinchisi Bahri Zang-u Habash.  1300 orolni 

o‘z  ichiga  oladi.  Hisobda  to'rtinchisi  Bahri  Hind 

bolib, janubida bir  soy bor,  oti  Sind.  Beshinchi 

dengiz keldi  Daxyoyi  Chin.  U  suvda ham orollar 

va yarim  orollar  ko‘pdan  ко‘p.  Oltinchi  Nil,  ikki




mingga yaqin oroli bor. Yettinchi suv Mashriq suvi 

bolib, tuman ming kema suzib yuradi.  Unda o‘n 

ikki ming orol bor. Buning birla o‘n oltita, vassa- 

lom.  Bulardan  boshqa yana  Hazar  dengizi  ham 

bor, suvi vahimali, ayniqsa, shamol paytida. Unda 

ham orollar ko‘p bolib, hadsiz-hisobsizdir. Muhit 

bulaming  barchasining  manbayidir.  Lekin  uch 

tomoni  quruqlikdadir.  Ular juda  chuqur  bolib, 

osmon unga tushsa, botib ketadi. Lekin ularning 

orollari yo‘q. Ammo katta jussalijonivor shu suvda 

suzib yuradi.

Dengiz ishi asoslarini aytib o'tdim, lekin uning 

yanada  nozik  tomonlarini  sayr  etib  ko‘rganda 

puxtaroq anglash mumkin*.

Iskandar Suqrot suhbatidan xursand bolib, unga 

minnatdorchilik elon qildi. Oldin yetti daryo ichiga 

kirish, so fag Muhit sari azm qilishga ahd qildi.

Iskandar dengiz kayfiyati, turlari, nomlari, orol­

lari  tabiatini  bilib  olgach,  Suqrotdan  so'radiki: 

«Suvda ko‘p  suzib, juda hadisini olibsan.  Iltimo- 

simiz: bu uzoq va mashaqqatli safarga ham о‘zing 

peshvolik qilsang.  Barcha mallohlar-u  sayyohlar 

sening so‘zing bilan ish qiladilar.  Sen bizni qayo- 

qqa boshlasang, sening so‘zing so‘z boladi».

Suqrot qabul qilib yol boshladi, ulus u boshlagan 

yoldan  chiqmay  ehtiyotlik  bilan  suzisha  ketdi. 

Ilyosning  ruhi  hamroh  bolib,  kemalami  qush- 

dek uchirib ketdilar. 0 ‘zlariga malum bolmagan 

Afranj-u Rum daiyosidan ham omon-eson chiqib 

oldilar. Hamma kemalaming ahllari qattiq harakat 

qilib, Orollar olkasini fath etishga kirishdilar. Bir 

necha kema olkaning hududi, qirg‘oq uzunligini 

olchash bilan band edi. Baland togli yoki cho'qqili 

orollar  duch  kelsa,  balandligini  aniqlash  ancha




qiyin bolar,  orol atrofini esa kema bilan aylanib 

chiqib  olchab  olar  edilar.  Orolda  yollar  bolsa, 

tanobchilar usuli bilan uzunligini aniqlar edilar. 

Bir kema ichidagi olchash hisobotlari to'plansa,

12 000 qari chiqdi.

Dengiz masofasini aniq qilib olchash uchun bir 

kemani langar toshi bilan mahkamlab, ipining yana 

bir boshini ikkinchi bir kema tortib ketar, olchov 

tugagach,  unga  langami  tushirib,  bu  yog'idagi, 

olchov  boshlanishidagi  kemachilar  esa  langami 

chiqarib, oldingi kema tez yurib, belgilangan maso- 

fada to'xtab, yana tanobni tortib, bir kema turib, 

ikkinchisi tortib shu tarzda kemalar almashinib, 

har almashuvdagi masofa aniqlanib, yozilib borar- 

di. Biron orolni oYganguncha, hisobchilar olingan 

malumotlami qo'shib, ko'paytirib har tomonlama 

malumotni tayyor qilib qo'yishar,  shu dengiz, yo 

orol haqidagi toliq malumotlami o'sha ondayoq 

Rumdan  keltirilgan  uchqur  kabutarlar  oyoglga 

mahkam  qilib  boglashib,  uchirib  yuborishar, 

xatlar  Rum xalqiga yetib  borib,  shohning qilgan 

va  qilayotgan  ishlaridan  mukammal  malumot 

berib turardi.

Dengiz yollaridagi jami  12  000  orol va yarim- 

orolni  hakimlar  har jihatdan  o'rganishar,  hatto 

mahalliy aholi tilini ham o'zlashtirar edilar. Muhit 

dengizi ham atroflicha o'rganilgach, hujjatlar xat 

tashuvchi kabutarlar orqali yana to'xtovsiz Rumga 

jo ‘natildi.

Iskandar ilmiy ishlar bilan  12 yil shug4illandi. 

Endi Farang dengizigina qolgan edi.  Shoh bir or­

olda makon qurib, dam olishga ruxsat berdi.

Ushbu  buyruqdan  shodlikka  tolib-toshgan 

sipohlar o‘z vatanlari tomon y o l oladigandek xur-




sand bolib ketishdi. Lekin shoh kitoblar, hisob-ki- 

toblar yuklangan bir kemani olib keldi.  Sipohlar 

kitob va qog'ozlar solingan sandiqlami tozalash- 

di.  Qog'ozga nam o‘tsa,  raqamlarni o'qib bolmay 

qoladi deb, qo'rqishgan edi. Sandiqlarni birma-bir 

ochib qarashsa, qog‘ozlarga nam o'tmabdi. «Olin- 

gan daftar-u qog'ozlardagi yozuvlami hisobchilar 

hisoblab ko'rishsin», degan farmon berilgach, hi­

sobchilar hisobdan o‘tkazdilar. Olimlar u sonlami 

yana  bir  tekshirib,  bu  kitoblami  shohga  taklif 

etdilar.  Shoh  tavakkal  misolida  bir-ikki  daftar 

hisoblarini tekshirib ko‘rdi va qoniqish hosil qildi.

Iskandar hamma hisob-kitoblami ko‘zdan ke- 

chirib, ularning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgach, 

shunday xulosaga keldi:


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish