Xamsa alisher Navoiy xamsa



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Iskandar va Doro

Iskandar bilan bolgan ajoyib ishlardan biri un­

ing Eron shohi Doro bilan bolgan munosabatlari 

edi.  Doro jahon shohi ekanligida,  Faylaqus  Rum 

mamlakatining  hukmdori  bolib,  u  ham  boshqa



hokimlar qatori  har yili  zarur xirojni  o‘z vaqtida 

hech qanday vaj-bahonasiz tolardi. Xiroj miqdori 

muqarrar bolib, tuxum ko'rinishidagi ming oltin 

edi. Faylaqus vafotidan so‘ng bu xirojni Doroga o‘z 

vaqtida yetkazish vazifasi ham o‘z-o‘zidan Iskan­

darga otgan edi.

Rum  mamlakati  ikki-uch  yil  davomida  Zang 

shohi bilan qattiq janglar olib borganidan Doroga 

yuborishi kerak bolgan mablagi yetarli emas edi. 

Xirojni o‘z vaqtida yubormasa, Iskandarga Doroning 

dushman bolib qolishi aniq edi. Xiroj yuborish vaqti 

yetganida, Doroning maxsus navkari kelib, olib keti- 

lishi kerak bolgan oltinlami talab qildi.  Shoh uni 

huzuriga chaqirtirdi. Kirib, ta’zim qilib, Iskandarga 

sajda  bajo  qilgan  navkar  duo  qilib,  yerga  qarab 

otirdi. Iskandaming ko'rinishi navkarga vahm solib 

qoVgan edi. Iskandar vakildan: «Doro shohi komron 

xushmudur? Anga mulk oyini dilkashmidur (Mam- 

lakat ahli u kishidan xursandmilar?)» -  deb so‘ragan 

edi,  navkar 



0

‘midan  turib javob  berdi.  Iskandar: 

«Kelishingdan  maqsadingni  ayt,  Doro  ne  degan 

bolsa  tola-tolds  aytaver»,  -   degach,  navkar:  «Ey 

shahanshohi oliymaqom! So'zimni so'rading, javob 

bersam,  senga farmon bergandek bolib qolaman. 

Malik Faylaqus Rum ahliga shoh bolganda, har yili 

ming oltin tuxumni xiroj qilib tolashga vada bergan 

edi. Uch yildan beri o‘sha xiroj yuborilmayapti. Shu 

uch yillik xiroj yuborilsa, do'stligimiz yana rivojla- 

naverardi.  Agar bersalaringiz,  hisoblab ко‘rib olib 

ketay, bolmasa, qanday javob aytsalaringiz, shuni 

yetkazaman», -  dedi.

Iskandarga bu so‘z qattiq botdi, g‘azabi kelgani- 

dan so‘zlari ham darg‘azab chiqdi. Yuzi rangidan 

o‘t nishoni ko'rinib, xuddi butun jahonni yondirib




yuboradigandek bolib, yana bir lahza boshini quyi 

solib,  u o‘tga hikmat  suvini urdi.  Ilmi,  aql-u ka- 

molining ko'pligi g‘azab askarlarining andishasini 

rad  qildi.  So‘ng  shoh  so'zga  oglz  ochib,  boshini 

ko'tardi, navkaming so'zlariga javhar durdonalari 

bilan javob berib, shunday dedi:

«Doroga  mendan  salom  ayt!  Salomdan  so'ng 

mening  ushbu  javobimni  yetkaz!  Shohlikning 

baqosi yo‘q,  fano oxiratdan boshqa natijasi yo‘q. 

Bugun ertalik umr uchun ranj chekmaki, albatta, 

ganj uzra ganj qotygaysan, xolos. Sen haddan or- 

tiqcha xazinalar yig‘ding. Ular sen uchun haddan 

tashqari  ranj  olib  keldi.  Senga  ham,  bizga  ham 

bu  xazinalardan  foyda  yo‘q.  Tuxum  tilab  ko‘p 

mehnatga urinaverma. Tuxum tug'adigan qushlar 

allaqachon uchib ketib bolgan.

Sening ishing kuchsiz  shohlar bilan tushgan, 

meningdek kishi bilan tushmagan. Oqillik xursandlik 

olib keladi,  zo'ravonlik esa bekorchi tama, xolos. 

Bekorga  oramizga  xusumat  solmagin.  Urush 

bolsa, mol-u davlating menga panoh boladi, deb 

о“у1ата.  Sipoh  senda  ko‘p,  menda  ozroq  bolsa, 

oz-u ko‘pga berguvchi yolglz Allohdir».

Bu  so'zlarni  eshitayotgan  navkar  suv  bolib 

ketdi.  O'midan turib,  na olik,  na tirik bir holda 

vataniga y o l oldi. Otda tez-tez yurib, Doro huzuri­

ga yetib  bordi-da,  Iskandar javobini  shohga yet- 

kazdi. Javobini eshitgan Doro tamoman hayratda 

navkardan so'radi: «Har kim bu bolmagtir gaplar- 

ni  eshitsa,  devonaning  so'zlari bolsa kerak,  deb 

oyiaydi.  Yo  bu  so'zlarini  so'zlayotganida  mast 

edimikanki, gapirayotgan chog'da o‘zini unutgan 

bolsa, yo hali aqli kirmagan yosh bola u, chunki 

so‘zlaridan  aql  isi  kelmayapti.  Men  uni  telba yo




mast  fahm  etdim.  Yo  bolmasa,  aqli  kirmagan 

yosh  bola,  deb  o'yladim.  So‘zlari  ma’nosini  uqib 

ko'raylik.  Shukuhi  bilan  savlatidan  biron  belgi 

topolmadim. Uning fikri o^lamay aytilgandur».

Bu  so‘z  Doroni  shu qadar diqqat qildiki,  g'azab 

oti qaynab, bu ot davronga ot solgandek, yo‘q, yo‘q, 

butun falakka ot solgandek boldi. Maktub keltirgan 

vakilni boglab, chuqur zindonga tashladilar.

«Mening nevaram tengi, ota-onalari saroyimda 

xizmat qilib yurgan bu go‘dak shunday so'zlarni 

aytishga jur’at qilibdiki, ulami so‘z deb hisoblab 

ham bolmaydi. Mendan ham, elimdan ham uyal- 

may, bu so‘zlarni bitgan ekan, uni daf etishim va 

uning  kim  ekanligini  ko‘rsatib  qo'yishim  kerak. 

Shunday javob berayki, har bir buzuqi bu javobni 

yodidan chiqarmaydigan, uni eslaganida es-hushi 

o‘ziga keladigan bolsin».

Avvalo,  so‘zamol  bir  odam  topib,  o'zining 

otkir  o'roqdek,  yo‘q  olmosdek  so'zlarini  aytib, 

«chavgon-u  goy»  bilan  bir  idishda  kunjut  berib 

yolga uzatdi-da,  sabrsizlik  bilan  kuta  boshladi. 

Doro  yuborgan  vakil  uzoq  masofani  bosib  otib, 

qizil  tilini  o‘z  boshiga  ofat  qilib,  Iskandarga 

o‘zining  kimligini  bayon  qildi.  Shoh  buyurgach, 

qosid elchini saroyga kiritishib, hukmdorga ro‘pa­

ra  qildilar.  Shahanshohga  ko‘zi  tushgan  vakil 

aytmoqchi  bolib  turgan  so'zlarini  ham  unutdi. 

Jismidagi jon  zaiflashb,  yer  o'pib,  duo  qildi-da, 

xatdagi  gaplarni  so‘zlay  boshladi.  Shoh  dediki: 

«So‘zingning barchasini arz qil, dilingdagi barcha 

gaplami aytaver!».

Elchi  shoh  oldida  bosh  qo'yib  dedi:  «Joning- 

ga  haqdan  ming  tuman  maqtov  bolsin.  Sening 

oldingda  so‘z  aytishga  haddim  yo‘g‘-u,  senga




Doro  so'zlarini yetkazishga majburman.  U  nima 

degan bolsa, aytay. Yo‘q desang, qayerdan kelgan 

bolsam, qaytib ketayin».

Iskandar uning gapini tinglab: «Keltirgan so'zlari 

muhim bolsa kerak», -  deb o^ladi. Elchi xatni o'qiy 

boshladi:  «Xiroj  degan  qadimgi  rusumimiz  bor. 

Otang  tirikligida  bu  xizmatni  o‘z  vaqtida  bajarib 

keldi. Sen uning о‘mini egallagach, otang yolidan 

borishing kerak edi. Ammo sen itoat qilishni, otang 

yolidan  borishni  istamading.  Qarzingni  eslatib, 

qoshingga  odam  yollasam,  hadding  bolmagan 

so'zlami  aytib  yuboribsan.  Lekin  yoshing  kichik 

bolgani uchun,  boshing haligacha toshga tegma- 

gani uchun bu ish bilimsizligingdan, senda jaholat 

ko'p-u,  aql  ozligidan,  deb  bildik.  Shuning uchun 

seni kechirdik. Endi o‘sha pullarni olib, qoshimga 

kelasan-da,  ostonimni  o'pasan.  Agar  vahmdan 

qo'rqsang,  buyruglmni  bajarmasang yoki  yana 

ilmsizliging,  o‘jarligingni  davom  ettirsang,  o‘zing- 

ning hali  ham yoshligingni  unutmagan  bolsang, 

senga  munosib  narsa yubordim,  undan  bo^un 

toblama», -  dedi-da elchi bir chavgon bilan bir to‘p 

keltirib, shoh ro'parasiga qo^di va gapini davom et- 

tirdi: «Agar go‘dakliging hali ham davom etayotgan 

bolsa, senga goty-u chavgon munosibdur. Bu ikkisi 

boshqa-yu,  davlat ishi boshqa ish.  Agar aybingni 

tushunib yetib, kechirim so'ramasang, men bilan 

nizo qilishni xohlayotgan bolsang, jahlingni qo^ib, 

o‘z joningga rahm qil.  Sipohim hisobini shu kun- 

judcha bil!» -  deb elchi o'midan turdi-da, borib o‘zi 

keltirgan yuklar ichidan bir idishni keltirdi va og‘zi- 

ni ochib, ichidagilami yerga toldb dedi:  «Shohdin 

har kim qo'rqmasa,  sipohini bu  kunjuddin  qiyos 

etsin*. So'zini tugallagan elchi javobni kutib yerga




boqib  turardi.  Uning gaplarini nihoniy tabassum 

bilan tinglagan Iskandar asta so‘z boshladi: «Doroyi 

davron  shohi pokzod ajab  so'zlarni izhor aylabdi. 

So'zlashda ixtiyorini yo'qotib, ajab hikmatlami os- 

hkor aylabdi: shohlami o‘zining bandasi deb atabdi 

uluglaming ulug‘i,  bu guruhni Iloh o‘z lutfi bilan 

ulusga shoh qilgan. Ulami o'ziga banda deb xitob 

qilish yaxshi emas. Ularning qulligl haqqa odatdir, 

agar Tangri bandam desa chin erur.

Yana ul meni: «Mast, telbalik zanjirig'a poybast 

■\. bola», -  debdi. Bu uch so‘zga o‘zi javob berishi ke­

rak. Chunki bu so'zlari kufrga tengdir. Bolmasa, 

ikki obroli shohlar mamlakat uchun nizo etsalar, 

biri bolsa farzand ulug‘ bir kichik, bu so‘z demas 

о Isa ulug‘da bilik. Qo'tonni1 katta qushlar soniga 

kiritamiz, lekin uning sung4ar2 oldida ne joni bor?

Yana bir narsa: shoh menga ehson qilib go У bi­

lan chavgon yuboribdi. Bunda ham nozik bir ma’no 

bordir.  Yer yuzini  dumaloq  deb  bilgan  shoh  uni 

go У (to'p)ga o'xshatibdi-da, uni menga butunisicha 

tutibdi. Demak, Haq olamni menga beribdi. Qolim- 

ga chavgonini olganim esa shoh menga maydonini 

tutibdi,  ochiq  qoldiribdi,  degan  ma’noni  bildiradi. 

Shoh yuborgan bu sovg‘alardan mamnunman.

Bu kunjudki, u yuborgan ekan. Ramzini bayon 

aylasam, ulami shoh o‘z sipohlariga qiyos qilibdi. 

Mening sipohimni esa qushlarga o'xshatib, ular­

ga rahbarlik qilish uchun hali yosh ekanligimga 

bashorat  qilibdi».  Shundan  so‘ng  Iskandar  shu 

kunjut hisobiga yaqin bolgan qushlarni haydab 

shu  maydonga olib keltirgan  edi,  ular bir pasda


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish